Boboev L. B., Abduraxmanova N. N. Dasturiy loyihalarni boshqarish fanidan
Download 1.03 Mb.
|
Dasturiy loyihalarni boshqarish -типография Мажмуа
2.5.1. COCOMO II modeli
Dasturiy ta‘minot loyihasiga ketadigan xarakat grafig va sarf-xarajatlarni baxolash uchun bir nechta modellar taklif etilgan edi. Men bu yuerda muhokama qilayotgan model COCOMO II. Bu dasturiy ta‘minot loyihalarining ko‘p miqdordan olingan ma‘lumotlar asosida yaratilgan empirik model. Bu ma‘lumotlar taxlil qilinib kuzatuvlarga mos keluvchi formulalar topilgan. Bu formulalar tizim o‘lchami va maxsulotni loyiha va jamoa omillarini tizimni rivojlantirishga ketadigan harakatlarga bog‘lab beradi. COCOMO II hujjatlari yaxshi rasmilashtirilgan va nomulkiy baxolash modeli. COCOMO II modeli birinchi COCOMO narxni baxolashning modeli asosida ishlab chiqilgan, bu model asosan arginal koddan iborat edi (Boehm , 1981, Boehm and Royce, 1989). COCOMO II modeli tezkor rivojlantirish, dinamik tillar, tarkibiy rivojlantirish va ma‘lumotlar bazasiga asoslangan dasturlash kabi zamonaviy yondashuvlarni inobatga oladi. COCOMO II modeli II bo‘limda tasnif etilgan rivojlantirishning spiral modelini qo‘llab-quvvatlaydi va ko‘proq detallashtirilgan baxolashlarni bajaruvchi ost modellardan iborat. COCOMO II modeli tarkibiga kiruvchi ost modellar (3.10 rasm): Amaliy tarkibli model. Bu model ko‘p marotaba ishlatiladigan komponentlardan script yoki ma‘lumotlar bazasini dasturlashdan iborat tizimlarni rivojlantirishga ketadigan harakatlarni baxolash modeli. Dasturiy ta‘minot o‘lchamini baxolash punktlarini belgilashga asoslanadi va kerak bo‘lgan harakatni baxolash uchun oddiy o‘lcham / unumdorlik formulasi ishlatiladi. Dasturdagi amaliy punklar miqdori – bu ko‘rasatiladigan aloxida ekranlarning miqdorini, taqdim ettilgan xisobotlar miqdorini, Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillarida (Java kabi) modular miqdori, til skriptini chiziqlari miqdori yoki ma‘lumotlar bazsini dastur kodini baxolashdur. Dastlabki dizayn modeli. Bu model tizimning dastlabki bosqichlarida ishlatiladi, tizim dizayini talablarga asosan yaratilgan bo‘ladi. Baxolash men kirish qismida muxokama qilgan baxolashning standart formulasiga 7 ta ko‘paytuvchilar soddalsahtirilgan to‘plamiga asoslanadi. Baxolash funksianallik birliklariga asoslangan bo‘lib ular bunda dastlabki kodning chiziqlariga o‘zgartiriladi. Funksionallik birliklari dasturning ishlash sifatini tekshirishning tilga bog‘lanmagan usuli. Funksionallik birliklarining umumiy birliklarini xisoblash uchun siz tizimdagi tashqi kirish va chiqish, foydalanuvchilarning o‘zaro muloqatlari, tashqi interfeyslari, ma‘lumotlar bazasining fayl va jadvallarni miqdorini baxolash yoki o‘lchamlarini bilishingiz kerak. Takroriy foydalanish modeli. Bu model ko‘p ishlatiladigan component yoki aftomatik ravshda yaratiladigan dasturiy kodlarni birlashtirishga ketadigan harakatni xisoblash uchun ishlatiladi. U odatda post-arxitekturali model bilan ishlatiladi. Kuzatov arxitektura modeli. Agar tizim arxitekturasi ishlab chiqilgan bo‘lsa dasturiy ta‘minot o‘lchamining aniq baxolash imkonmi bo‘ladi. Bunda yana yuqorida muhokama qilingan narxni baxolashni standart formulasi ishlatiladi. Lekin bunda kengaytirilgan 17 ta ko‘paytiruvchi to‘plami ishlatiladi: xodimlar qobilyati, maxsulot va loyiha xususiyatlari. Albatta katta tizimlarda tizimning har-xil qisimlarini rivojlantirish uchun har-xil texnologiya ishlatirlishi mumkun va siz hamma qisimlarni bir xil aniqlikda baxolay olmaysiz. Bunday xolatlarda siz tizimning har bir qismi uchun tegishli ost modelni ishlatishingiz mumkun va natijarni murakkab baxolashga birlashtirishingiz mumkun.
Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling