Boboev L. B., Abduraxmanova N. N. Dasturiy loyihalarni boshqarish fanidan
Dasturiy loyihalarni boshqarish -типография Мажмуа
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaxkamlik
Saqlash
|
Tushunuvchanlik | |
Mobillik | ||
Xavfsizlik |
Tekshiruvchanlik |
Ishlatishga qulayligi |
Mustaxkamlik |
Mosalshuvchanlik |
Ko‘p marotaba ishlatish mumkinligi |
Moslashuvchanlik |
Modullik |
Samaralilik |
Chidamlilik |
Murakkablik |
O‘rganuvchanlik |
3.2- rasm. Dasturiy ta‘minot sifatini atrebutlari
Dasturiy ta‘minot sifatini boshqaruvi tizim uning talablari bo‘yicha tekshirishni o‘z zimmasiga oladi. Bu sinovlar natijasiga ko‘ra talab etilgan fuksionallik bajarilishi haqida xulosa chiqariladi. Shuning uchun sifat kafolatlovchi jamoa ishlab chiqilgan testlarni ko‘rib chiqishi va testlar kerakli tarzda bajarilganligini tekshirish uchun test xisobotlarini o‘rganib chiqadi. bazi tashkilotlarda tizimni testdan o‘tkazishga sifat boshqaruvi javobgar lekin bazida bu ishni alohida tizimni testlash guruhi bajaradi.
Dasturiy ta‘minot tizimining subyektiv sifati ko‘p miqdorda uning funksional bo‘lmagan xususiyatlariga asoslanadi. Bu foydalanuvchi amaliy tajribasida aks ettiriladi – dastruriy ta‘minotning funksionalligi kutilgan darajada bo‘lmasa faydalanuvchilar o‘z ishlarini bajarish uchun boshqa yo‘llarni topadilar. Lekin agar dasturiy ta‘minot ishonchsiz bo‘lsa yoki juda sekin ishlasa, ular o‘z maqsadlariga umuman yetisha olamaydi.
Shuning uchun dasturiy ta‘minot sifati faqat uning funksionallagi to‘g‘ri amalga oshirilganligi emas balki tizimning funksional bo‘lmagan xususiyatlariga ham bog‘liq. Boehm va boshqalar (1978) dasturiy ta‘minot sifatining 15 ta muhim belgisini taklif etti, ular 3.2- rasmda ko‘rsatib o‘tilgan. Bu belgilar dasturiy ta‘minotning ishonchliligi, qulayligi va ishlatish osonligi, samarasi va tuzatish mumkinligiga oiddir. Yuqorida aytganidek ishonchlilik belgilari odatda tizim sifatining eng muhum ko‘rsatkichlaridir. Lekin dasturiy ta‘minotning ishlashi ham juda muhim. Foydalanuvchilar juda sekin ishlaydigan dasturiy ta‘minotni rad etadilar.
Har qanday tizim uchun bu hamma belgilarini aptimallashtirishning ilojisi yo‘q-masalan ishonchlilikni oshirish natijasida ishchanlikni pasaytirish mumkin. Shuning uchun sifatni rejalashtirishda yaratilayotgan dasturiy ta‘minot uchun eng muhim sufat xususiyatlarini belgilash kerak. Samaradorlik muhim bo‘lganda bunga erishish uchun bishqa omillardan vos kechish kerak bo‘ladi. Siz bu haqda sifat rejasida aytib o‘tsangiz muhandislar bunga erishish uchun hamkorli qilishlari kerak. Reajada shuningdek sifatni baxolash jarayoni belgilanishi kerak. Maxsulotda tuzatish mumkinligi yiko ishonchlilik kabi sifat borligini tekshirish bo‘yicha usul kelishuv asosida ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak.
Dasturit ta‘minot sifatini boshqarish asosida dasturiy ta‘minot sifati bevosita dasturiy ta‘minotni ishlab chiqarish jarayonining sifati bilan bog‘liq ekanligi haqidagi g‘oya yotadi. Bu yana sanoat tizimlarida kelib chiqadi, ularda maxsulot sifati ishlab chiqarish jarayoni bilan chambar-chas bog‘liq.
Ishlab chiqarish jarayoni ichiga jarayonda qatnashadigan mashinalarni shakillantirish, o‘rnatish va ishga tushirish kiradi. Mashinalar to‘g‘ri ishlasa maxsulot sifati ham yaxshi bo‘ladi. Siz maxsulot sifatini tekshirasiz va sizga kerak bo‘lgan sifat darajasiga yetmaguncha jarayonga o‘zgartirish kiritaverasiz. 24.3-rasmda maxsulot sifatiga yetishishda jarayonga asoslangan yondashuv ko‘rsatilgan.
3.3- rasm. Jarayon bajarilishiga bog‘liq bo‘lgan sifat
Ishlab chiqarishda jarayon va maxsulot sifati o‘rtasida aniq bog‘liqlik bor chunki jarayonni standartlashtirish va nazorat qilish nisbatan oson bo‘ladi. Ishlab chiqarish tizimlari kalibrovka qilingandan keyin yuqori sifatli maxsulotni chiqarish uchun ularni boshqarish mumkin. Lekin dasturiy ta‘minot ishlab chiqilmaydi u yaratiladi. Shuning uchun dasturiy ta‘minot yaratishda jarayon sifati va maxsulot sifati o‘rtasidagi munosabatlar murakkobroqdur. Dasturiy ta‘minotni yaratis-mexanik emas balki ijodiy jarayondir va unda alohida ko‘nikma va tajtibaning ta‘siri muhimdir. Ilovaning yangiligi yoki maxsulotni ertaroq chiqarish niyatida tijorat bosimi kabi tashqi omillar ham ishlatilayotgan jarayonga bog‘liq bo‘lmagan holda maxsulot sifatiga ta‘sir etadi.
Shubxasiz yaratishda foyadalanilgan jarayonlar dastiruy ta‘minot sifatiga katta ta‘sir o‘tkazadi va yaxshi jarayonlar gumonsiz dasturiy ta‘minotning yaxshi sifatini ta‘minlaydi. Jarayonni sifatini boshqarish va mukammallashtirish natijasida yaratulayotgan dasturiy ta‘minotning defektlarini kamaytirishi mumkin. Lekin dasturiy ta‘minotning uzoq vaqt mobaynida foydalanmasdan turib uning tuzatish mumkinligi kabi sifat ko‘rsatkichlarini baxolash qiyin. Bundan kelib chiqadiki jarayon xususiyatlari sifat belgilariga qanday ta‘sir etishini aytish qiyin. Undan tashqari jarayonni standartlashtirish ijodiy patensialga to‘sqinlik qilishi mumkin va natijada dasturiy ta‘minot sifatiga zarar yetishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham:
ma'muriyatiga murojaat qiling