Boboev L. B., Abduraxmanova N. N. Dasturiy loyihalarni boshqarish fanidan
Download 1.03 Mb.
|
Dasturiy loyihalarni boshqarish -типография Мажмуа
3.1. Dasturiy ta‘minot sifati
Sifat boshqaruvining asosiy tamoyillari ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar sifatini yaxshilash uchun ishlab chiqarish saboati tomonidan o‘rnatilgan. Shu bilan birga ular “sifat” ta‘rifini rivojlantirishgan, u buyumning batafsil texnik harakteristikasiga (Crosby, 1979) va bardoshlik tushunchasiga asoslangan edi. Bunda asosiy taklif shunda ediki maxsulotlar to‘liq tasniflanib ishlab chiqilgan maxsulotni spetsifikatsiyasiga ko‘ra tekshirish tartiblarini o‘rnatish mumkin edi. Albatta maxsulot har doim ham spetsifikatsiyasiga to‘liq javob bermaydi, shuning uchun qabul qilna veradi. Agar maxsulot “deyarli to‘g‘ri” bo‘lsa u yaxshi deb olinadi. Dasturiy ta‘minot sifati ishlab chiqarish bilan bevosita taqqaslash mumkin emas. Raqamli tizimlarga nisbatan tolerantlik g‘oyasini qo‘llab bo‘lmaydi va quyidagi sabablarga ko‘ra dasturiy taminot tizimi o‘z spetsifikatsiyasiga mos kelganligi haqida obyektiv xulosaga kelish mumkin emas: Talablarni ishlab chiqish haqida 4 bobda gapirilgan edi, unda aytilganki dasturiy ta‘minotning to‘liq va bir ma‘noliy texnik talablarini yozish qiyin masala. Yaratuvchi va mijozlar dasturiy ta‘minotga qo‘yilgan talablarni har-xil tushunishlari munkin va dasturiy ta‘minot o‘z spetsifikatsiyasiga mos kelishi to‘g‘risida bitta to‘xtamga kelishi qiyin. Texnik talablar odatda qiziqqan shaxslarning bir nechta sinfdan berilgan talablarni o‘z ichiga oladi. Bu talablar ilojsiz murosadir va qiziqqan shaxslarning hamma guruhini talablarini o‘z ichiga olmaydi. Tablari inobatga olinmagan shaxslar tizim kelishilgan talablarni amalga oshirsa ham sifatini past deb xisoblashadi. Bazi sifat xususiyatlarini (masalan tuzatish mumkinligini) bevosita o‘lchash mumkin emas. Shunday qilib ular bir ma‘noli usulda aniqlanmaydi. O‘lchash muammolarini men 3.4 bo‘limda muhokama qilganman. Shu muammolarni deb dasturiy ta‘minot sifatini baxolash subyektib jarayon, bunda sifat boshqaruv jamoasi kerakli sifat darajasiga erishilganligi haqida o‘z fikrini bildiradi. Sifatni boshqarish jamoasi dasturiy ta‘minot belgilangan maqsadga mos kelishini ko‘rib chiqadi. bunda tizim xususiyatlari haqida savollarga javob berish kerak bo‘ladi. Masalan: Yaratish jarayonida dasturlash va hujjatlar yuritilishi standartlar asosida bajarilganmi? Dasturiy ta‘minot kwraklilik tarzda tekshirildimi? Dasturiy ta‘minot ishlatilishga berilish uchun ishonchliligi yetarlimi? Dasturiy ta‘minotning ishlashi yaxshimi? Haqiqatan ham dasturiy ta‘minot foydalanishga tayyormi? Dasturiy ta‘minotni tushunish va tuzilishi yaxshimi?
Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling