Bobomurodov Jahongir
Download 17 Kb.
|
audiomantaj
Shu bilan birga oddiy talaba, kinohavaskor bilishi kerak bo‘lgan ayrim qoidalar borki, ularni bilib qo‘yish aslo zarar qilmaydi. Masalan, uzun fokus masofali ob’ektiv bilan tasvirga olish paytida kamera bilan tez panorama qilish mumkin emas. Bunda ekrandagi tasvirlar chaplanib ketadi (tomoshabin faqat kadrda gorizontal bo‘ylab miltillayotgan chiziqlardan boshqa hech narsani ko‘rmaydi) va stroboskop (kadrning sakrashi) effekti hosil bo‘ladi. Shuning uchun hatto eng oddiy gorizontal panorama ham biror aniq maqsadni ko‘zlagan holda amalga oshirilishi kerak. Tasvirga olishni panorama bilan boshlab panorama bilan tugatish ham mumkin emas. Professional ijodkor har doim olayotgan kadrini boshqa kadrlar bilan montajda qanday ko‘rinishini aniq bilishi shart. Uzluksiz panoramada olingan kadrlarni statik ya’ni turg‘un holatdagi kadr bilan montaj qilinsa bu tomoshabinning ko‘ziga yomon ta’sir qiladi. (Montajning 10 ta asosiy tamoyillarini eslang). Doimo panoramali kadrni tasvirga olishda panorama qilishdan avval kamida 4-5 soniya statik holatda turib keyin panorama boshlash kerak va panorama tugaganidan keyin ham yana 4-5 soniya statik holatda turish va ana undan keyin kadrni to‘xtatish mumkin bo‘ladi.
Download 17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling