Boboqulova zarinaning jahon tarixi fanidan
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
10 QADIMGI MISR MADANIYATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- REFERAT
- Qadimgi Misr san`ati.
- Sh.Mirziyoyev KIRISH
1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI TARIX VA MADANIY ME`ROS FAKULTETI
5-2 TAR - 20 guruh talabasi BOBOQULOVA ZARINANING
JAHON TARIXI FANIDAN REFERAT
Buxoro – 2020 2
QADIMGI MISR MADANIYATI Reja: 1. Qadimgi dunyo sivilizatsiyalari 2. Qadimgi Misr yozuvi. 3. Qadimgi Misrda maorif va maktab. 4. Qadimgi Misr adabiyoti 5. Qadimgi Misr san`ati. 3 Biz Misrni qadimiy sivilizatsiya beshigi, boy tarix va yuksak salohiyatga ega mamlakat deb bilamiz .Xalqlarimizning madaniy yaqinligi juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Sh.Mirziyoyev KIRISH Qadimgi dunyo tarixida bir qator muhim 'madaniyat o'choqlari bo'lganki, bularning mavjudligi keyinchalik yer yuzida san'at va madaniyatning ravnaqiga, kuchli ta'sir ko'rsatgan. Shunday madaniyat o'choqlari orasida ikki daryo oralig'i (Messopotamiya), Misr, O'rta Yer havzasidagi davlatlar, ayniqsa, Gretsiya, Rim davlatlarining roli benihoyadir. Misrda 5000 yil burun ilk sinfiy jamiyat - quldorlik davlati paydo bo'ldi. Misrning tabiiy sharoiti insonni juda erta hayotga, hayot uchun kurashishga da'vat etdi. Bu hoi, o'z navbatida, uning ongining o'sishiga, tasavvurining kengayishiga olib keldi, aql taraqqiyotini tezlatdi. Meditsina, astronomiya, matematika rivojlan-di. San'at sohasida katta yutuqlar qo'lga kiritildi. Qadimgi Misrda yaratilgan haykaltaroshlik, rassomchilik, amaliy-dekorativ san'ati va me'morchilik yodgorliklari hanuzgacha o'zining badiiy qiymatini yo'qotgani yo'q. Tasviriy san'atda shartli belgilardan foydalanish Misr san'atida juda erta boshlandi va uning xarakterli tomonini tashkil etdi. Misrliklarning bunday badiiy fikrlashlarini ular yaratgan sfinkslarda ham ko'rish mumkin. Odam boshli, sher (arslon) tanali haykallar orqali inson kabi aqlli, arslon kabi kuchli zotlar timsolini yaratganlar. Shu obrazlar orqali fir'avnlarni kuchli va
donishmand siymo
darajasiga ko'tarishga, ilohiylashtirishga harakat qilganlar. Shu bilan Misr san'atida realistik san'at oqimining mavjudligini ham inkor etib bo'lmaydi. Bu hoi, ayniqsa, oddiy xalq hayotiga bag'ishlangan tasvirlarda ko'proq uchraydi. Oddiy turmush voqealari jonli, real va ba'zan yengil yumor bilan ishlangan tasvirlar kishida hamon estetik /;ivq va yengil kulgi uyg'otadi. Turli qushlar, hayvonlar (yovvoyi mushuk, maymun, qo'ng'iz va hokazolar) tasviri realligi va ta'sirchan ishlanganligi bilan kishi xotirasida yaxshi saqlanadi.
4
Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling