Boboqulova zarinaning jahon tarixi fanidan


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana13.12.2021
Hajmi0.57 Mb.
#180595
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10 QADIMGI MISR MADANIYATI

1. Qadimgi Misr yozuvi.  

 

Misr insoniyat madaniyatining eng qadimgi markazlaridan biri hisoblanadi. 



Yozuv  ma`naviy  madaniyatning  ajraljnas  qismidir.  Qadimgi  misrliklar  bundan 

6–7  ming  yillar  muqaddam  belgi-rasmlar  shaklidagi  iyeroglif  yozuvini  kashf 

etganlar. Bu yozuvlar 750 belgi-rasmlardan iborat bolgan.   

Misr yozuvida narsa va hodisalar har turli rasm va belgilar yordamida ifoda 

etilgan. Masalan, suv so`zi uch qator to`lqinsimon chrziq, tog` so`zi  ost tomoni 

tekis, yuqori tomoni qabariq, o`rtasi botiq shakl bilan ifoda etilgan. Qo`lida o`q-

yoy  ushJab  turgan  odam  rasmi  jangchi,  o`roq  ushlab  turgan  kishi  tasviri  esa 

o`rmoq  degan  ma`noni  bildirgan.  Keyinchalik  belgi-rasm  shaklidagi  yozuv 

takomillashib  soddalashtirilgan.  Zamonlar  o`tishi  bilan  belgi-rasm  shaklidagi 

yozuvlar  alifbo  belgilariga  aylangan.  Qadimgi  podsholik  davrida  misrliklar 

yozuvida  24  ta  asosiy  tovushni  bildiradigan  alifbo  tizimi  paydo  bolgan. 

Misrliklar  dastlab  alifbo  va  xatlarni  tosh,  sopol,  yog`och,  po`stloq,  taxta,  teri 

kabi  buyumlarga  yozganlar.  Nil  sohillarida  o`sadigan  papirus  o`simligining 

barglari  yozuv  qog`ozi  o`rnida  foydalanilgan.  Misrliklar  papirus  barglaridan 

varaqlar  tayyorlab,  varaqlarni  bir-biriga  ulab  uzunligi  45  metrgacha  papirus 

o`ramlari tayyorlaganlar. Zaruriy ma`lumot, hodisa va boshqa narsalar papirusga 

yozib berilgan. Papirusga qamishdan tayyorlangan yozuv asbobi bilan yozilgan. 

Bu  misrliklarning  o`ziga  xos  kitobi  edi.  Misming  turli  joylaridan  arxeolog 

olimlar  qadimgi  «papirus  kitoblar»ni  topishgan.  Qadimgi  Misr  yozuvini  o`qib-



 

o`rganishga  qadimgi  mualliflar  urinib  ko`rganlar.  Lekin  ular  bu  sohada  yaxshi 



natijalarga  erisha  olmaganlar.  Keyingi  davrlarda  tilshunos  olimlar  Misr 

iyerogliflarini  o`qib  chiqishga  harakat  qilib  ko`rganlar.  Lekin  ular  bu  sohada 

muvaffaqiyat qozona olmaganlar.  

Mashhur  fransuz  olimi  Fransua  Shampolon  Misr  iyerogliflarini  o`qib 

chiqib, shuhrat qozongan.  

   



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling