Boborahimov sardorning


O`zbekistoning iqtisodiy xaritasi


Download 1.35 Mb.
bet6/12
Sana24.03.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1290144
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
SArdor uzb

O`zbekistoning iqtisodiy xaritasi.
Xulosa o‘rnida aytish joizki,erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini rivojlantirish bugungi kunda mamlakatimizning oldiga qo‘ygan ustuvor vazifalardan biri bo‘lib turibdi.Sababi hozirda respublikamizga yuqori investitsiyalar oqimini olib kirish,shuningdek sharoiti og‘ir bo‘lgan hududlarni kompleks rivojlantirish,ish o‘rinlarini ko‘paytirish hamda iqtisodiyotimizni jadal sur’atda rivojlantirish va YaIM da mazkur zonalarda yaratilgan mahsulotlar(ishlar,xizmatlar) ulushini oshirish zarur.Shuning uchun ham bu hududlarni rivojlantirish uchun hozirda mamlakatimizda qator ishlar amalga oshirilmoqda.
1.3. O`ZBEKISTONDA ERKIN IQTISODIY HUDUDLARNI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY ASOSLARI
O`zbekiston Respublikasida EIHlar faoliyati O`zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-apreldagi “Erkin iqtisodiy zonalar to`g`risida”gi 220-I-sonli Qonuni bilan tashkil etiladi, tartibga solinadi va muvofiqlashtiriladi. Mazkur qonun tarkibiga ko`ra, 3 ta bob va 27 ta moddadan iborat.
1-bob “Umumiy qoidalar” deb nomlanib, u 1-10-moddalarni o„z ichiga qamrab olgan. 2-bob “EIZlarning huquqiy tartiboti” nomi ostida 11-19-moddalardan tashkil topgan. 3-bob “EIZlarni boshqarish” nomi bilan 20-27-moddalardan iborat. O`zbekiston Respublikasining “Erkin iqtisodiy zonalar to`g`risida”gi Qonuni 1- moddasiga muvofiq erkin iqtisodiy zona (EIZ) hududida yuridik shaxslar va fuqarolar (jismoniy shaxslar) xo`jalik, moliyaviy va boshqa faoliyatning istalgan turlari bilan shug`ullanishiga yo`l qo`yiladi, O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida man etilgan faoliyat turlari esa bundan mustasnodir.
EIZlar to`g`risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat bo`lib. Agar O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O`zbekiston Respublikasining EIZlar to`g`risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan 50 boshqacha qoidalar belgilangan bo`lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo`llaniladi (2- modda). 3-modda. Erkin iqtisodiy zonani tuzish. EIZ O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etilib, uning maqomi, shuningdek, uning qancha muddatga tashkil etilishi mazkur zonani tashkil etish to`g`risidagi qaror bilan belgilanadi.
EIZning chegaralari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi hamda uning faoliyat ko`rsatish muddatini uzaytirish belgilangan muddat tugashidan kamida uch yil oldin O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi (3-modda). EIZning maqomi uni tashkil etish to`g`risidagi qarorda belgilangan muddat tugaganidan keyin, uni tashkil etish to`g`risidagi qarorda nazarda tutilgan vazifalar bajarilmaganda va maqsadlarga erishilmaganda tugatiladi. Bunda uning maqomini tugatish to`g`risidagi qaror belgilangan muddat tugashidan kamida uch yil oldin O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi (4-modda). Amaldagi qonunchilikka (5-modda) muvofiq, O`zbekistonda EIZlarning quyiagi turlari faoliyat ko`rsatadi:
- erkin savdo zonalari;
- erkin ishlab chiqarish zonalari;
- erkin ilmiy-texnikaviy va boshqa zonalar tarzida tuzilishi mumkin. Erkin savdo zonalari konsignatsiya omborlarini, erkin bojxona zonalarini, shuningdek, tovarlarga ishlov berish, ularni o`rash-joylash, saralash, saqlash zonalarini o`z ichiga oladi. Erkin savdo zonalari chegaraga tutash punktlarda, aeroportlarda, temir yo`l uzellarida yoki O`zbekiston Respublikasi bojxona hududining boshqa joylarida tuziladi.
Erkin ishlab chiqarish zonalari – tadbirkorlikni rag`batlantirish, iqtisodiyotning ustun tarmoqlariga chet el investitsiyalarini jalb etish, istiqbolli texnologiyalarni joriy etish maqsadida xo`jalik-moliyaviy faoliyatning alohida tartiboti joriy etiladigan hududlar. Erkin ishlab chiqarish zonalari eksportga yo`naltirilgan ishlab chiqarish zonalarini, agropolislarni, tadbirkorlik zonalarini, industrial-iqtisodiy zonalarni va boshqa zonalarni o`z ichiga oladi. Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar alohida ajratilgan hududlardan iborat bo`lib, u yerda ilmiy-ishlab chiqarish va o`quv markazlari jamlanadi hamda ular uchun ilmiy va ishlab chiqarish imkoniyatini rivojlantirishga qaratilgan maxsus huquqiy tartibot o`rnatiladi.
Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar yuksak texnologiyalar amal qiladigan zonalar, texnoparklar, mintaqaviy innovatsiya markazlari – texnopolislar shaklida tashkil etiladi (6-8-moddalar). O`zbekiston Respublikasi EIZ hududida faoliyat yuritayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi. EIZlarda investorlarning O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha kafolatlari va imtiyozlariga rioya etilishi ta`minlanadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan qo`shimcha kafolatlar va imtiyozlar nazarda tutilishi mumkin. Davlat organlari va boshqa organlar yohud mansabdor shaxslarning yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatiga asossiz aralashuvi natijasida ularga yetkazilgan zararning o`rni, shuningdek, boy berilgan foyda hamda yetkazilgan ma`naviy ziyon sud tartibida qoplanishi yoki kompensatsiya qilinishi kerak (9-modda). EIZ O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan dasturga muvofiq rivojlantiriladi. EIZni rivojlantirish dasturi ishlab chiqarish va bozor infrastrukturasini yaratishni, alohida huquqiy tartibotni ta`minlashni, yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatini iqtisodiy rag`batlantirish choralarini o`z ichiga oladi.
EIZni rivojlantirish dasturini moliyaviy ta`minlash zonaning o`z resurslari hamda xususiy va boshqa manbalardan mablag`lar jalb etish, shu jumladan, xalqaro dasturlar hisobiga, shuningdek, mazkur hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga respublika budjetidan va mahalliy budjetdan ajratiladigan mablag`lar hisobiga amalga oshiriladi (10-modda). Qonunning 11-moddagiga ko`ra, EIZlarda alohida bojxona, valyuta, soliq tartiboti, shuningdek, fuqarolar kirishi, chiqishi va bu erda bo`lishining, mehnat munosabatlari, moliya-kredit faoliyatining alohida tartiboti hamda investitsiyalarni jalb etishga, tadbirkorlikni rivojlantirishni rag`batlantirishga va zonani ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan boshqacha tartibot o`rnatilishi mumkin.
Yuridik va jismoniy shaxslarning alohida huquqiy tartibotni buzish yo`li bilan olgan daromadi (foydasi) qonun hujjatlariga muvofiq undirib olinadi. Shuningdek: - tovarlarni olib kirish va olib chiqish uchun bojxona bojlarini bekor qilish yoki kamaytirishni; - eksport yoki import uchun tarifdan tashqari cheklashlarni bekor qilish yoki yengillashtirishni; - tovarlarni belgilangan tartibda albatta bayonnomaga kiritgan holda erkin iqtisodiy zonaning bojxona chegarasi orqali olib o`tishning soddalashtirilgan tartibini nazarda tutuvchi alohida bojxona tartiboti ham qo`llaniladi. EIZ hududida alohida bojxona tartibotini O`zbekiston Respublikasining bojxona organlari ta`minlaydi. Bugungi kunga kelib mamlakatimizda jami 21 ta EIZ tashkil etilgan bo`lib, ularning barchalari bir xil nom – erkin iqtisodiy zona nomi bilan nomlanadi.
Shuni ham ta‟kidlash lozimki, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegish hli trartibda EIHlar faoliyatiga doir qabul qilingan qarorlarga ilova sifatida tasdiqlangan Nizomlarda EIHlarning faoliyat ko`rsatish tartibi va jarayonlari, ishlash mexanizmi keltirib o`tiladi. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16- yanvardagi “O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-sonli Qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 29-sonli Qarorining 1-ilovasi bilan “Erkin iqtisodiy zonalar to`g`risida Nizom”, 2-ilovasi bilan “Erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish hamda erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilarini ro`yxatdan o`tkazish tartibi to`g`risida Nizom” hamda 3-ilovasi bilan “Erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilariga er uchastkalari berish tartibi to`g`risida Nizom” tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29- sonli Qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish hamda erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilarini ro`yxatdan o`tkazish tartibi to`g`risida Nizom”ga keltirilgan 1-ilova asosida erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish hamda EIZ qatnashchilarini ro`yxatdan o`tkazish sxemasi (1-ilova) hamda 2-ilova asosida ma`lum hududdagi EIZlar va kichik sanoat zonalari Ma`muriy Kengashi tomonidan tayyorlangan ma`lum bir EIZda investitsiya loyihasini joylashtirish uchun investitsiya buyurtmasini berish shakl (2-ilova), 3-ilova asosida ma`lum bir EIZ Direksiyasi DUK va ushbu EIZga investitsiya kirituvchi investor o„rtasida ma‟lum bir EIZ hududida investitsiyalashni amalga oshirish to`g`risidagi bitim shakli ishlab chiqilgan.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16- yanvardagi 29-sonli Qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilariga yer uchastkalari berish tartibi to`g`risida Nizom”ga keltirilgan ilovada erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilariga yer uchastkalari berish sxemasi (3- ilova) ishlab chiqilgan. Bu kabi me`yoriy hujjatlar EIHlarda tadbirkorlik faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirishda zarur bo`lgan muhim hujjatlar hisoblanadi va ular asosida EIHlardagi faoliyatlar tartibga solib boriladi.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling