Bobosharipov Umidjon Moliya tizimi va ularning asosiy funksiyalari


Download 10.91 Kb.
bet2/4
Sana16.04.2023
Hajmi10.91 Kb.
#1360819
1   2   3   4
Bog'liq
Bobosharipov Umidjon Moliya tizimi va ularning asosiy funksiyala-fayllar.org

Foydalanilayotgan yondoshuvning asosi shuki, mo‘ljal sifatida moliya-viy institut (muassasa)larning o‘z-o‘zlari emas, balki ularning funksiya-lari olingan. Tahlilning bunday uslubini biz funksional yondoshuv deb atadik (functional perspective). U quyidagi dastlabki ikki shartga asoslangan:

moliyaviy tizim funksiyalari uning institut (muassasa)lariga qaraganda


ko‘proq barqarorlik xarakteriga ega. Bu funksiyalar vaqtning oqimi (o‘tishi)ga bog‘liq ravishda kamroq darajada o‘zgaradi va mamlakatdan mamlakatga uncha katta farqlanmaydi.
moliyaviy institut (muassasa)lar shakli mantiqan ularning funksiya -laridan
kelib chiqadi. Moliya sohasidagi innovatsiya va institutlar o‘rtasidagi raqobat oxiroqibat moliyaviy tizim faoliyati samaradorligi-ning oshishiga olib keladi.

Ularni yanada aniqroq tarzda quyidagicha ifodalasa bo‘ladi:


  • iqtisodiy resurslarning vaqt (davr) bo‘ylab (bo‘yicha), davlat chega-rasi orqali va iqtisodiyotning bir tarmog‘idan boshqasiga o‘tish (joyini o‘zgartirish) usulini ta’minlash;

  • • riskni boshqarish (riskiy boshqaruv usullarini ta’minlash;

  • • savdoga imkon yaratadigan hisob-kitobni amalga oshirish va kliringusullarini ta’minlash;

  • • moliyaviy resurslarni birlashtirish va turli korxonalarda egalik-ning bo‘linishi mexanizmini ta’minlash;

  • • iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qaror qabul qilishning markaz lashtirilmagan jarayonini muvofiqlashtirish imkonini beradigan narx-navo (baho) axboroti bilan ta’minlash;

  • • stimullashtirish muammolarini hal qilish usullarini ta’min-lash.

Moliyaviy tizim iqtisodiy resurslarning vaqt (davr, zamon) bo‘ylab


(bo‘yicha), geografik hududning biridan boshqasiga, shuningdek, iqtisodi-yotning bir tarmog‘idan boshqasiga (o‘tish) joyini o‘zgartirish usulini ta’minlaydi.
Ko‘p hollarda moliyaviy oqimlar harakati jismoniy yoki yuridik shaxs
bugungi kunda o‘zining mablag‘ini boshqa shaxsga kelgusida o‘rniga o‘rin boshqa mablag‘ni olish uchun, va aksincha, berishiga asoslangan. Talabalarga qarzlar, uy sotib olish qarzlari, jamg‘arilgan pensiya va ishlab chiqarish quvvatiga kapital qo‘yilmalar – ushbu barcha operatsiyalar resurslarni vaqt (davr, zamon)ning bir vnuqtasidan boshqasiga o‘tishi (joylashuvi)ga olib keladi. Ushbu kabi vaqt (davr, Resurslarni vaqt (zamon) va makonda joylashtirishnRiskni boshqarish (riskiy boshqaruv) Hisob-kitobto’lov tizimi Moliyaviy tizim funktsiyalari Stimullashtirishning psixologik
muammolarini echish Resurslarning birlashishi va kapitaldagi ishtirok
ulushining bo’linishi Informatsion qo’llab-quvvatlash (axborot ko’magi) 38

zamon)lararo resurslarning joylashuvi uchun shart-sharoitlarning ta’minlanishi moliyaviy tizim funksiyalaridan biri hisoblanadi.



  • Moliyaviy tizim resurslarni vaqt (davr, zamon) bo‘ylab joylashuviga yordam berishdan tashqari, resurslarning makonda joylashishida ham juda muhim rol o‘ynaydi. Ba’zida u yoki bu biznes-loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kapital undan yuqori samaradorlik bilan foydalanish mumkin bo‘lgan joydan juda uzoqlikda joylashgan bo‘ladi. Masalan, Germaniyada uy xo‘jaliklari O‘zbekistonning biron-bir joyida yuqori samara bilan ishlatish mumkin bo‘lgan kapitalni pul mablag‘larini jamg‘arib borish yo‘li bilan yig‘a oladilar. Moliyaviy tizim ham pul resurslarini Germaniyadan O‘zbekistonga ko‘chib o‘tishiga yordam beradigan bir qator mexanizmlarni taqdim etadi. Ulardan ikkitasini keltirsak yetarli: birinchidan, nemis fuqarolari O‘zbekiston kompaniyalari chiqargan qimmatli qog‘ozlarni sotib olishlari mumkin; ikkinchidan, Germaniya banklari O‘zbekiston firmalariga qarz berishlari mumkin.

Download 10.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling