Moliyaviy tizim tufayli resurslarning birlashishi va kapitaldagi ishtirok ulushining bo‘linishi.
Moliyaviy tizim katta ko‘lamdagi korxonani tashkil etish yoki yirik korxonalar kapitalini ko‘p sonli mulkdorlar o‘rtasida bo‘lish uchun moliya-viy mablag‘larning birlashish mexanizmini ta’minlaydi.
Moliyaviy tizim tufayli individual uy xo‘jaliklari katta miqdor-dagi pul talab qilinadigan investitsiyalarda resurslarning birlashishi va umumiy investitsiyalarda ulushlarning keyingi bo‘linishi yo‘li bilan qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Moliyaviy tizim tomonidan informatsion qo‘llab-quvvatlash (axborot ko‘magi).
Moliyaviy tizim iqtisodiyotning turli jabha (sektor)larida qabul qilinuvchi mustaqil qarorlarni muvofiqlashtirishga yordam beradigan narx (baho) axborotini taqdim etadi.
Gazetalar, radio va televideniye qimmatli qog‘ozlar kursi va foiz stavkalari to‘g‘risidagi axborotni har kuni xabar qiladil ar. Ushbu ma’lumotlarni olayotgan millionlab odamlar ichidan, deyarli kam odam professional darajada qimmatli qog‘ozlar savdosi bilan shug‘ullanadi. Biroq, ko‘pincha fond bozoridan ancha yiroq bo‘lgan odamlar qimmatli qog‘ozlar birjasiga asoslangan axborotni moliyaviy qarorlar qabul qilish uchun jalb qilishlari (foydalanishlari) lozim. Masalan, uy xo‘jaliklari bu ma’lumotlardan joriy daromadning qancha qismini kelajakka saqlab qo‘yishni va jamg‘arilgan mablag‘larni qaysi aktivlarga investitsiya qilish foydaliroqligini hal qilish uchun foydalanishlari kerak.
Moliyaviy tizim yordamida stimullashtirishning psixologik muammolarini yechish.
Agar moliyaviy operatsiyaning bir tomoni bitim bo‘yicha boshqa hamkor bilmaydigan axborotga egalik qilganda, yoki bir tomon boshqasi uchun qaror qiluvchi agent hisoblanganda paydo bo‘ladigan stimullashtirishning psixo -logik muammolari moliyaviy tizim yordamida hal qilinadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, moliyaviy bozorlar va vositachilar risk va pul resurslarining samarali taqsimlanishiga yordam beruvchi bir necha funksiyalarni bajaradilar. Biroq, stimullashtirish psixologiyasiga tegishli bo‘lgan, vositachilarning ko‘rsatilgan funksiyalarni bajarish layo-qatini cheklaydigan muammolar mavjud. Stimullashtirishning psixologik muammolari shartnoma tomonlari ko‘pincha bir-birini kuzatish va biri ikkinchisini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaganlari uchun yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |