Bobosharipov Umidjon Moliya tizimi va ularning asosiy funksiyalari
Bobosharipov Umidjon Moliya tizimi va ularning asosiy funksiyalari REJA
1. Moliyaviy tizim yordamida resurslarning vaqt (zamon) va makonda aylanib yurishi
2. Moliyaviy tizim orqali risklarni boshqarish (riskiy boshqaruv)
3. Moliyaviy tizim yordamida hisob-kitob-to‘lovlarni amalga oshirish
4. Moliyaviy tizim tufayli resurslarning birlashishi va kapitaldagi ishtirok ulushining bo‘linishi
5. Moliyaviy tizim tomonidan informatsion qo‘llab-quvvatlash (axborot ko‘magi)
6. Moliyaviy tizim yordamida stimullashtirishning psixologik muammolarini yechish
Moliyaviy tizim yordamida resurslarning vaqt (zamon) va makonda aylanib yurishi
Turli mamlakatlar moliyaviy institut (muassasa)lari bir-biridan farqlanishining bir qator sabablari mavjud. Ular qatoriga har xil o‘lchamlar, texnologiyalarning murakkablik yoki oddiylik darajasi, shuning -dek, davlatlarning siyosiy, madaniy va tarixiy rivojlanishidagi farqlar kiradi. Bundan tashqari, moliyaviy institut (muassasa)lar vaqtning o‘tishi bilan bir holatdan boshqa holatga o‘tib turadi. Ularning bajaradigan funksiyalari, muassasaning nomi o‘zgarmasdan oldingiday qolishiga qara-masdan, juda kuchli o‘zgarishi mumkin. AQShdagi zamonaviy banklar ushbu mamlakatda 1928 yoki 1958 yillarda bo‘lgan banklardan katta farq qiladi va shuningdek, Germaniya yoki Buyuk Britaniyada banklar deb nomlanadigan institutlardan ham juda ko‘p farqlanadi. Sho‘rolar davrida O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan banklar bilan undagi hozirgi banklar o‘rtasida ham juda katta farqlar mavjud. Mazkur bo‘limd a biz turli mamlakatlarning moliyaviy institut (muassasa)lari nimaga va qanday bir -biridan farq qilishini hamda vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishini Sizlarning yaxshiroq tushunishingizga imkon beradigan ko‘p narsani o‘z ichiga olgan konseptual tuzilma (yondoshuv)ni ishlab chiqishga harakat qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |