Boboxonov Muzaffar


-§. Hasharotlarning ko‘payishi va rivojlanishi


Download 274.96 Kb.
bet22/59
Sana05.01.2023
Hajmi274.96 Kb.
#1079237
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59
Bog'liq
2 5456422776069951941

22-§. Hasharotlarning ko‘payishi va rivojlanishi

1. Hasharotlarning jinsiy organlari qayerda joylashgan?


A) ko’krak qismida
B) ko’krak va qorin bo’shlig’ida
C) qorin bo’shlig’ida
D) bosh-ko’krak qismida
2. Chigirtkaning lichinkasi necha marta tullaydi?
A)3
B)2
C)4
D) 5
3. Yashil bronza qo’ng’izi urug’langan tuxumlarini qanday sharoitga qo’yadi
A) o’simlik bargi ostiga;
B) chiriyotgan yog’ochlarga;
C) namli tuproqqa;
D) o’simlik gullariga;
4. Yashil bronza qo’ng’izi qurtlariga xos bo’lgan belgilarni ko’rsating
1-qurtlari rangi oqish; 2-tanasi yoyga o’xshash; 3-boshi va soxta oyoqlari bor; 4-qorin oyoqlarga ega; 5-oyoqlari sarg’ish-qo’ng’ir rangli xitin bilan qoplangan; 6-boshi va jag’lari bor; 7-ko’krak oyoqlari bor; 8-nafas olish teshiklari bor; 9-boshidagi mo’ylovlariko’rinib turadi; 10-kuzda g’umbakka aylanadi; 11-qurtning voyaga yetish davrida hayot kechirishida uncha o’zgarish bo’lmaydi; 12-qurtlar bahorda g’umbakka aylanadi;
A) 1,2,3,4,5,11;
B) 1,2,4,5,6,11;
C) 1,2,5,6,7,8;
D) 1,2,4,5,9,10;
5. Hasharotlarda va ularning qaysi turlarida qachon organlarning qayta tuzilishi kuzatiladi
A) qurtlarining po’st tashlash davrida, ninachilar;
B) lichinkalarining p’ost tashlash davrida, qandalalar;
C) tinim davrida, ninachilar;
D) oziqlanishdan va harakatdan to’xtagandan keyin, burgalar;
6. Suvaraklar lichinkasining tuzilishi voyaga yetganiga o’xshash belgilarini toping
1-tanasi halqalarga bo’linganligi; 2-oyoqsiz bo’lishi; 3-qorin oyoqlar bo’lishi; 4-qanotlarining rivojlanmaganligi; 5-juda kichikligi; 6-boshi va ko’krak oyoqlarning bo’lishi; 7-mo’ylovlarining bo’lishi; 8-tez yugurishi; 9-og’iz organlarining kemiruvchi tipda bo’lishi;
A) 1,2,3,4;
B) 6,7,8,9;
C) 1,4,5,8;
D) 1,4,5,9;
7. Yashil temirchakning har bir tulashi bir yosh bo’lsa, necha yoshida lichinkasi voyaga yetganiga o’xshaydi.
A) to’rt yoshida;
B) to’rtinchi yoshni o’tib;
C) besh yoshida;
D) beshinchi yoshni o’tib;
8. To’liq o’zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlarning voyaga yetganidan qanday farq qiladi
A) tashqi tuzilishi;
B) ichki tuzilishi;
C) og’iz organlari;
D) barchasi to’g’ri;
9. Osiyo chigirtkasining tuxumlari qayerda rivojlanadi
A) chiriyotgan daraxtlar kovagida;
B) o’simlik qoldiqlari orasida;
C) tuproqdagi ko’zachalarda;
D) suvdagi o’simlik barglari orasida;
10.Qaysi hasharotlarning g’umbagi qayerda
rivojlanishini juftlab ko’rsating.
a) bronza qo’ng’izi; b) oq kapalak; c) uy
pashshasi; d) kolorado qo’ng’izi
1) tuproqda; 2) daraxtda; 3) yog’och qoldiqlari
orasida
A) a−1; b−2; c, d−3
B) a−2; b−1; c, d−3
C) a−3; b−2; c, d−1
D) a, c −3; b−2; d−1
11. Hasharotlar rivojlanishining qaysi davrida organizmlar oziqlanmaydi va harakatlanmaydi?
1) tullayotgan vaqtda; 2) tullashdan oldingi davrda; 3) g’umbak davrida; 4) birinchi tullashdan keyin
A) 1, 2, 4
B) 1,3
C) 2, 3
D) 3, 4
12. Yashil tillaqo’ng’izning g’umbakdan chiqishi qaysi vaqtga to’g’ri keladi?
A) yozda
B) erta bahorda
C) bahor o’rtalarida
D) kuzda
13. Hasharotlar tinim davrida nima hisobiga yashaydi?
A) qurtlik davrida to’plagan oziq
B) g’amlab qo’ygan nektar
C) tana suyuqligi va xitini
D) ularda tinim davri bo’lmaydi
14. To’liq o’zgarish bilan rivojlanmaydigan hasharotlarni aniqlang.
A) suluv ninachi, tovusko’z
B) karam kapalagi, burga
C) chumoli, pashsha
D) temirchak, to’shak qandalasi
15. Chala o’zgarish bilan rivojlanmaydigan hasharotlarni aniqlang.
A) burga, xonqizi
B) temirchak, suvarak
C) chigirtka, podalariy
D) chumoli, chirildoq
16.Chala o’zgarish bilan rivojlanuvchi organizmlarga
xos bo’lmagan xususiyatni aniqlang.
A) lichinkalarining tuzilishi, hayot kechirishi
voyaga yetgan hasharotlarga o’xshaydi
B) lichinkalari mayda
C) lichinkalarining qanotlari rivojlanmagan
D) lichinkalari yirik, qanotlari rivojlangan,
g’umbagi yirik
17.To’la (1) va chala (2) o’zgarishli rivojlanadigan
turkumlarni ajratib ko’rsating.
a) ninachilar; b) tangachaqanotlilar;
c) pardaqanotlilar; d) to’g’ri qanotlilar; e) ikki
qanotlilar; f) qandalalar.
A) 1 - b, c, e; 2 - a, d, f
B) 1 - a, d, f; 2 - b, c, e
C) 1 - a, b, c; 2 - d, e, f
D) 1 - b, c, d; 2 - a, e, f

Download 274.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling