Boboxonov Muzaffar
Download 274.96 Kb.
|
2 5456422776069951941
7.2. O‘RGIMCHAKSIMONLAR SINFI
18-§. Butli o‘rgimchakning tuzilishi va hayot kechirishi 1. Butli o’rgimchak tanasi qanday shaklga ega A) boshko’krak va dumaloq qorin; B) bosh, ko’krak va dumaloq qorin; C) boshko’krak bilan qorin o’rtasida ikkita erkin bo’g’imli; D) tanasi yassi va yaxlit; 2. Butli o’rgimchakning ko’zlari nechta va qanday tuzilishda bo’ladi A) 8 ta, murakkab ko’zlar; B) 8 ta, oddiy ko’zlar; C) 4 ta oddiy ko’zlar; D) 4 ta murakkab ko’zlar; 3. Butli o’rgimchakning ikki juft og’iz organlari bo’lsa birinchi jufti ustki jag’lari qanday vazifa bajaradi A) tuyg’u organi hisoblanadi; B) o’ljasini tanasini teshish uchun xizmat qiladi; C) oziqni tutish vazifasini bajaradi; D) harakatlanishda qatnashadi; 4. Butli o’rgimchakning ustki jag’larining birinchi bo’g’imi nimadan iborat va uning asosida nima joylashgan A) harakatchan tirnoqsimon o’simta, zahar bezlari; B) sezgir tukchalar, tuyg’u organi; C) harakatsiz tirnoqsimon o’simta, zahar bezlari; D) egilgan naychalar, tuyg’u organi; 5. Butli o’rgimchakning oyoq paypaslagichlarining yurish oyoqlaridan qanday farqi bor 1-mayda sezgir tukchalar bilan qoplangan; 2-asosiy bo’g’imi pastki jag’ vazifasini bajaradi; 3-asosiy bo’g’imida zahar bezi joylashgan; 4-birmuncha kaltaroq bo’ladi; 5-uzun va ingichka bo’ladi; 6-o’tkir uchli tirnoq bilan tugaydi; 7-ikki juftdan bo’ladi A) 2,3,4; B) 1,2,4; C) 2,5,6; D) 1,2,7; 6. Butli o’rgimchakning o’rgimchak so’gallari tanasi qaysi qismida joylashgan va ular nechta bo’ladi A) orqa oyoqlarining uchida uchtadan; B) boshko’krak oldingi qismida uch juftdan; C) qorin bo’limining oxirida uchtadan; D) qorin bo’limining keyingi uchida uch juftdan; 7. Butli o’rgimchakning tutqich to’rini qanday ko’rinishda joylashtiradi A) pana joylarda tuproq ustida, g’ildirak shaklda; B) tuproqda chuqur bo’lgan tik in og’zida g’ildirak shaklda to’ri; C) g’ildirak shaklda, o’tlar orasida tik tortilgan; D) xas-cho’plar orasida tartibsiz tortilgan iplardan iborat; 8. Butli o’rgimchakning o’ljasini tutish bosqichlari to’g’ri berilgan javobni toping 1-tutqich to’ri yonidagi to’rdan to’qiligan inda o’ljasini poylab yotadi; 2-toshlar ostida va tuproqdagi chuqurchaga to’r to’qiydi; 3-tasodifan to’rga tushgan xashorotlarni ip bilan o’raydi; 4-asosan pashsha, kapalaklar bilan oziqlanadi; 5-asosan chigirtka, temirchak, qo’ng’izlar bilan oziqlanadi; 6-o’ljasini ustki jag’lari yordamida zaharlab o’ldiradi; 7-o’ljasini zaharlab qoldirib ketadi; 8-o’ljasini pastki jag’lari yordamida zaharlab o’ldiradi; 9-yuqori va pastki jag’lari yordamida oziqni maydalaydi; 10-tirnoqsimon o’simta yordamida maydalangan oziqni og’ziga yo’naltiradi; A) 1,3,4,6,7; B) 1,3,5,6,7; C) 1,3,5,8,9; D) 2,5,8,9,10; 9. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Butli o’rgimchakning qornining oldingi tomonida…….joylashgan A) ko’plab varaqsimon o’simtalar; B) ikkita o’pka xaltalari; C) to’rtta o’pka xaltalari; D) bitta o’pka xaltasi; 10. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Butli o’rgimchakning ………..devorida qon aylanadi A) o’pka xaltalari; B) varaqsimon o’simtalari; C) nafas teshiklari qopqog’i; D) t.j.y. 11. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Butli o’rgimchakning qorin bo’limining bo’g’imlari………. A) qo’shilib ketgan; B) o’nta bo’g’imli bo’ladi; C) o’nta bo’g’imli oldingi ikkitasi erkin bo’ladi; D) o’nta bo’g’imli oxirgisi zaxar bezi bilan tugaydi; 12. Butli o’rgimchakning ko’payishi tog’ri berilgan javobni toping 1-urg’ochisi kuzda tuxum qo’yadi; 2-urg’ochisi yoz oxirida tuxum qo’yadi; 3-ipdan to’qilgan pillaga bittadan tuxum qo’yadi; 4- tuxumlardanbahorda yosh o’rgimchaklar chiqadi; 5-tuxumlardan kuzning o’rtalarida yosh o’rgimchaklar chiqadi; 6-bir yil yashaydi; 7-7-8yildan 20 yilgacha umir ko’radi; 9-ipdan to’qilgan pilla ichiga bir nechta tuxum qo’yadi; A) 1,4,6,9; B) 2,5,7,8; C) 1,3,6,9; D) 2,3,6,9; 13.O’rgimchakda nechta o’rgimchak so’gallari mavjud? A) uchta B) ikkita C) to’rtta D) oltita 14.Yosh o’rgimchaklar tuxumdan qachon chiqadi? A) yozda B) kuzda C) bahorda D) qishda 15.O’rgimchakka xos bo’lmagan xususiyat keltirilgan qatorni aniqlang. A) nerv sistemasi qorin nerv zanjiridan iborat B) qon aylanish sistemasi yopiq, nerv sistemasi tugunli, tarqoq C) o’pkasi varaqsimon o’simtali D) qon aylanish sistemasi ochiq 16.O’rgimchaklarning ikkinchi juft og’iz organlari qanday ataladi? A) ustki jag’ B) oyoq paypaslagichlari C) ustki lab D) pastki lab 17.O’rgimchaklarda paypaslagichlarning asosiy bo’g’imlari nima vazifasini bajaradi? A) ustki jag’larning B) pastki lablarning C) pastki jag’larning D) yurish oyoqlarining 18. Yuragida 3 juft teshigi bo’lgan hayvonlarni belgilang. A) biy, krab, qoraqurt B) biy, iskabtopar, qandala C) o’rgimchak, qisqichbaqa, xonqizi D) chayon, qandala, qoraqurt 19.O’rgimchak oyoq paypaslagichlarining yurish oyoqlariga o’xshash (1)ligi va farqi (2)ni aniqlang. a) bo’g’imli; b) bo’g’imlarga bo’linmagan; c) kalta; d) uzun A) 1a; 2c B) 1b; 2c C) 1a; 2d D) 1b; 2d 20. O’rgimchaksimonlarda qanday turkumlar bor 1-biylar; 2-falangalar; 3-chayonlar; 4-kanalar; 5-o’rgimchaklar; 6-qoraqurtlar; A) 2,3,4,5; B) 2,3,5,6; C) 1,3,4,5; D) 3,4,5,6; 21. Qaysi bo’gimoyoqli hayvonni mustahkam ip olish maqsadida qo’lda boqilishi muvaffaqiyatsiz chiqqan? A) falanga B) chayon C) o’rgimchak D) kana Download 274.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling