Boboxonov Muzaffar
-§. Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi
Download 274.96 Kb.
|
2 5456422776069951941
17-§. Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi
1. Langustlar qaysi sinfga mansub? A) o’rgimchaksimonlar B) boshoyoqli molluskalar C) qisqichbaqasimonlar D) qorinoyoqli molluskalar 2. Qisqichbaqalarga xos bo’lmagan belgilar keltirilgan qatorni aniqlang. A) muskullar organlar atrofda to’p-to’p bo’lib joylashgan B) oshqozoni ikki bo’lmali C) ayirish sistemasi bir juft yashil bezlardan iborat D) tana bo’shlig’i bo’lmaydi, organlar orasida biriktiruvchi to’qima joylashgan 3. Daryo qisqichbaqasining yuragi tanasida qanday joylashgan va qanday rangda bo’ladi A) boshko’krak orqa tomonida, oqish; B) boshko’krak orqa tomonida qizg’ish; C) qorin qismi orqa tomonida, qizg’ish; D) boshko’krak qorin tomonida, oqish; 4. Daryo qisqichbaqasining kislorodga to’yingan qoni yurak bo’shlig’iga qanday o’tadi A) tana bo’shlig’idan yig’ilgan qon tomirlar orqali; B) oltita teshikchalar orqali; C) uchta teshikchalar orqali; D) uchta qon tomiri orqali; 5. Daryo qisqichbaqasining halqum usti nerv tugunidan……..halqumosti tugunidan……..nervlar chiqadi A) jag’larga, ko’z va mo’ylovlarga; B) ko’z va jag’oyoqlarga, mo’ylovlarga; C) ko’z va mo’ylovlarga, jag’larga; D) mo’ylovlarga, ko’z va jag’larga; 6. Daryo qisqichbaqasining eshitish va muvozanat organlari tanasining qaysi qismida joylashgan A) boshko’krak qalqoni pixi uchida; B)boshko’krak qalqoni ikki yoni poyachalarida; C) kalta mo’ylovlar asosida; D) kalta mo’ylovlar uchida; 7. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Suvda muallaq yashovchi qisqichbaqasimonlar……..deyiladi A) bentos; B) plankton; C) fitoplankton; D) panmiksiya; 8. Qaysi qisqichbaqasimonlar baliqchilik xo’jaliklarida va akvariumda baliq boqish uchun ko’paytiriladi A) dafniya, siklop; B) omar, langust; C) yonlab suzarlar, krevetka; D) suv xo’tikchasi, siklop; 9. Qaysi qisqichbaqasimonlar go’shti uchun ovlanadi 1-krab; 2-siklop; 3-omar; 4-yonlab suzarlar; 5-langust; 6-kalanus; A) 3,5,6; B) 1,2,4; C) 1,3,5; D) 1,3,6; 10. Qisqichbaqasimonlarni nechta turi bor A) 70 000; B) 650; C) 30 000; D) 3000; 11. Daryo qisqichbaqasining jinsiy bezlari tanasining qaysi qismida joylashgan A) qorin nerv zanjiri ustida; B) ichakning ustki qismida; C) orqa chiqaruv teshigi yonida; D) yurish oyoqlari asosida; 12. Daryo qisqichbaqasining boshko’kragidagi oyoqlardan qaysi larining uchi ikki ayrili bo’ladi? Bir juft qisqichlaridan tashqari. A) oldingi ikki jufti; B) oxirgi ikki jufti; C) oldingi bir jufti; D) oxirgi bir jufti; 13. Daryo qisqichbaqasining ozig’I qaysi organida hazm bo’ladi A) katta oshqozonda; B) ikkinchi kichik oshqozonda; C) jigar naychalarda; D) A va B; 14. Daryo qisqichbaqasining ozig’i…………… A) ichak va jigarda maydalanadi; B) oshqozon va ichakda hazm bo’ladi; C) ichak va jigarda hazm bo’ladi; D) oshqozonda jigar bezlar hazm shirasi ta’sirida parchalanadi; 15. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Daryo qisqichbaqasining ayirish sistemasi……….dan iborat A) bir juft yashil bezlar va ularning naycharari; B) ikki juft yashil bezlar va ularning naychalari; C) sirtmoqqa o’xshash naychalari; D) bir juft yashil bezlar va ularning vorronkasimon naychalaridan iborat; 16. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Daryo qisqichbaqasining ayirish sistemasi……..kengaygan uchi tana bo’shlig’ida joylashgan….kalta mo’ylovlari asosidan tashqariga ochiladi A) voronkasimon, naychalari; B) pufaksimon, naychalari; C) naychalar, voronkasimon; D) naychalar, pufaksimon; 17. Chuchuk suvda (a) va dengizlarda (b) yashovchi qisqichbaqasimonlarni juftlab ko’rsating. 1) krevetka; 2) dafniya; 3) siklop; 4) langust; 5) omar A) ichakda B) kichik oshqozonda C) jigar naylarida D) anal teshigida 18.Dafniyaning tuzilishiga xos belgilarni ajrating. 1) ikki juft mo’ylovlari; 2) bir juft ikki shoxli mo’ylovlari; 3) to’rt juft oddiy ko’zlari; 4) yirik fasetkali ko’zi; 5) uzun tukli oyoqlar; 6) kalta tukdor oyoqlar; 7) qorin tomonidagi oqish yurak; 8) orqa tomondagi dumaloq yurak A) 1, 3, 5, 7 B) 2, 4, 6, 7 C) 2, 4, 6, 8 D) 1, 3, 6, 8 Download 274.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling