Boboxonov Muzaffar
-§. Yomg‘ir chuvalchangining ichki tuzilishi
Download 274.96 Kb.
|
2 5456422776069951941
13-§. Yomg‘ir chuvalchangining ichki tuzilishi
1. Yomg’ir chuvalchangining hazm sistemasi ketma-ketligi to’gri ko’rsatilgan javobni toping? A) og’iz, halqum, qizilo’ngach, ichak anal teshigi B) og’iz, halqum, jig’ildon ,qizilo’ngach, oshqozon, ichak anal teshigi C) og’iz, halqum, qizilo’ngach, 3 shohli ichak anal teshigi D) og’iz, halqum, qizilo’ngach,jig’ildon, oshqozon, ichak anal teshigi 2. Yomg’ir chuvalchangining ozig’I qayerda hazm bo’ladi? A) oshqozonda B) hujayra ichida C) ichakda D) jig’ildonida 3.Yomg’ir chuvalchangining yuragi qanday tuzilishga ega? A)ikki kamerali B) haltasimon C) aylanasimon muskulli tomirlardan D) varaqsimon shaklda 4.Yomg’ir chuvalchangining qon aylanish sistemasi uchun nima xos emas? A) orqa va qorin qon tomiri B) orqa va qorin qon tomiri halqali tomirlar bilan tutashgan C) teri va ichak devorida kapillyarlar soni ko’p D) ikki kamerali yurak 5. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Eng mayda qon tomirlar .... deb ataladi. A) kapillyarlar B) fibrilyar C) arteriola D) venalar 6. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Yomg’ir chuvalchangida kapillar tomirlar … va … ayniqsa ko’p bo’ladi. A) ayirish organlar atrofida B) tana bo’shlig’ida C) belbog’ida D) terida va ichak devorida 7. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Yomg’ir chuvalchangida qon orqa tomir bo’ylab tananing … tomoniga, qorin tomir bo’ylab … tomoniga oqadi. A)orqa, qorin B) yon, oldingi C) oldingi, orqa D) qorin, yon 8. Nima sababdan yomg’ir chuvalchangida qon tomirlar yopiq qon aylanish sistemasini hosil qiladi. A) qoni faqat qon tomirlarda oqadi B) tana bo’shlig’i bilan tutashgani uchun C) issiqqonli bo’lgani uchun D) qon orqali kislorod va oziq moddalar tashigani uchun 9. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Yomg’ir chuvalchangi … orqali nafas oladi. A) o’pkasi B) terisi C) varaqsimon o’simtalari D) varonkasimon teshikchalar 10. Yomg’ir chuvalchangining tana bo’g’imlar soni 79 tani tashkil etsa, undagi ayirish organlarining soni qanchaga teng bo’ladi? A) 79 ta B) 77 ta C) 158 ta D) 316 ta 11. Yomg’ir chuvalchangi “yurak” deb ataladigan tomirlari tanasi qaysi qismida joylashgan va ular nechta bo’ladi A) halqum atrofida 5-6 ta; B) qizilo’ngach atrofida 5-6 ta; C) halqum atrofida 4-5 ta; D) jig’ildon atrofida 4-5 ta; 12. Yomg’ir chuvalchangi tanasining qaysi organlarida boshqalariga nisbatan kapilyarlar soni ko’p bo’ladi A) jinsiy organlarda va terisida; B) terida va ichak devorida; C) og’iz atrofida va ichak devorida; D) tana bo’shlig’ida va terida; 13. Yomg’ir chuvalchangi yopiq qon aylanish sistemasi qanday tartibda tuzilgan bo’ladi 1-orqa va qorin qon tomirlari halqa tomiri orqali tutashgan; 2- orqa va qorin qon tomirlari kapilyarlar orqali tutashgan; 3-orqa qon tomiri bo’ylab tanasining orqa tomonga qon oqadi; 4- orqa qon tomiri bo’ylab tanasining oldingi tomonga qon oqadi; 5-qorin qon tomiri bo’ylab qon tanasining oldingi tomoniga oqadi; 6- qorin qon tomiri bo’ylab qon tanasining orqa tomoniga oqadi; 7-chuvalchang qoni faqat qon tomirlarda bo’ladi; 8-chuvalchang qoni tana bo’shligiga quyiladi; A) 1,4,6,8; B) 2,4,6,8; C) 1,4,6,7; D) 1,3,5,7; 14. Yomg’ir chuvalchangi ayirish sistemasi to’g’ri berlgan javobni toping 1-tana bo’g’imida ikkitadan joylashgan naychalar; 2- tana bo’g’imida bittadan joylashgan naychalar; 3-tana bo’g’imidagi naychalar sirtmoqqa o’xshash ingichka va uzun; 4-tana bo’g’imidagi naychalar voronkaga o’xshash ingichka va uzun; 5-naychalarning bir uchi ichak bo’shlig’iga ochiladi; 6-naychalarning bir uchi tana bo’shlig’iga ochiladi; 7-naychalarning ikkinchi uchi teri orqali tashqariga ochiladi; 8-naychalarning ichki tomonga ochilgan uchida kipriklari bor; 9-naychalarning tashqariga ochilgan uchida kipriklar bor; A) 1,3,6,7,9; B) 1,3,6,7,8; C) 2,3,6,7,9; D) 1,4,5,7,8; 15. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Yomg’ir chuvalchangi nerv tugunlaridan…..nervlar chiqadi A) faqat ichki organlarga; B) faqat teriga; C) faqat qorin tomoniga; D) teri va ichki organlarga; 16. Chuvalchanglar bir gektar maydonda bir yilda qancha chirindiga boy (donador koprolit) tuproqni ichagidan o’tkazib qayta ishlab berishi aniqlangan A) 10-30 t; B) 25000 t; C) 3000 t; D) 600 t; 17. Kam tuklilar sinfiga kiruvchi suvni tozalab sanitarlik vazifasini bajaruvchi chuvalchangni toping va uni qayerda uchratish mumkin A) qizil chuvalchangi dengizda; B) qizil chuvalchangi, chuchuk suvda; C) nerida, chuchuk suvda; D) nerida, dengizda; 18. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Ko’p tuklilarda ……..ilk bor paydo bo’lgan oyoqlar xisoblanadi. A) to’p-to’p bo’lib joylashgan tuklar; B) muskulli o’simtalar; C) xitinli o’simtalar; D) tanasi old tomonidagi paypaslagichlari; 19. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Qizil chuvalchanglar………. ko’paytiriladi. A) baliqlar uchun yem sifatida; B) suvni tozalovchi sifatida; C) biogumus olishuchun; D) chorvachilik chiqindilar qayta ishlash uchun; 20. Halqali chuvalchanglar ……..kelib chiqqan A) erkin yashovchi yassi chuvalchanglardan; B) erkin yashovchi to’garak chuvalchanglardan; C) ichaksiz kiprikli chuvalchanglardan; D) og’iz aylangichlilardan; 21.Tanasida kipriklari bo’lgan lichinkalar xosil qiluvchi halqali chuvalchanglarni belgilang A) yomg’ir chuvalchanglar; B) qizil chuvalchanglar; C) nerida chuvalchangi; D) gigant yomg’ir chuvalchangi; 22. Kam tukli halqali chuvalchanglar qanday kelib chiqqan A) qadimgi yassi chuvalchanglardan; B) ko’p tukli chuvalchanglardan; C) zuluklardan; D) qadimgi dengizdagi kam tuklilardan; 23. Yomg’ir chuvalchangi tuxumlarini…….. A) urg’ochisi bachadoniga qo’yadi; B) ikkitasi bir biri bilan almashinadi; C) pilla ichiga qo’yadi; D) tuproqqa qo’yadi; 24. Yomg’ir chuvalchangi ayirish sistemasi…….. A) ko’p shoxlangan naychalardan iborat; B) ikkata asosiy naychadan iborat; C) orqa chiqarish teshigiga ochiladi; D) sirtmoqsimon naychalardan iborat; 25.Yomg’ir chuvalchangining qaysi organi juda ko’p kiprikchalar bilan ta’minlangan bo’ladi? A) hazm B) jinsiy C) terisi D) ayirish 26.Yomg’ir chuvalchanglarining qancha turi bor? A) 7000 B) 180 C) 1200 D) 650 27. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. … tuproqni yumshatib, suv va havo o’tishini yaxshilaydi. A) tugunak bakteriyalari B) o’tho’r hayvonlar C) yomg’ir chuvalchanglari D) hammasi 28.Sanitar hayvonni belgilang? A) qumchuvalchang B) qizil chuvalchang C) nereida D) qilchuvalchang 29. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. …tanasi ko’p miqdorda uzun tuklar qoplangan. A) qumchuvalchang B) qizil chuvalchang C) nereida D) qilchuvalchang 30.Biogumus olishda qaysi organizmdan foydalaniladi? A) xlorella B) xlomidomonada C) yomg’ir chuvalchangi D) mog’or zamburug’i 31. Ular uy parrandalari uchun oqsilga boy bo’lgan to’yimli oziq hisoblanadi. A) xlorella B) mog’or zamburug’i C) yomg’ir chuvalchangi D) hammasi 32.Dengizlarda yashovchi halqalilar lichinkalari terisi qanday tuzilishga ega bo’ladi? A) tukli B) qilli C) kiprikli D) xivchinli 33.Qaysi chuvalchangning dumi ayrisimon ikkiga ajralgan bo’ladi? A)qumchuvalchang B) qilchuvalchang C) nereida D) dengiz ko’p tuklisi 34.Erkin yashovchi hayvonlarni ko’rsating. 1) planariya; 2) exinokokk; 3) bolalar gijjasi; 4) nereida; 5) tripanosoma A) 1, 2, 3 B) 2, 4, 5 C) 1, 4, 5 D) 1, 4 35. Chuchuk suvlarda yashaydigan qizil chuvalchang qaysi hayvonlar tipiga va sinfiga mansub? A) halqasimon chuvalchanglar tipi, ko’p tuklilar sinfi B) yassi chuvalchanglar tipi, kipriklilar sinfi C) halqasimon chuvalchanglar tipi, kam tuklilar sinfi D) yassi chuvalchanglar tipi, so’rg’ichlilar sinfi 36. Dengizda (a) va chuchuk suvda (b) yashovchi halqali chuvalchanglarni juftlab ko’rsating. 1) nereida; 2) o’troq chuvalchang; 3) qizil chuvalchang A) a-l;b-2,3 B) a-l,2;b-3 C) a-1, 3; b-2 D) a-2, 3; b-1 37.Anal teshigi bo’lmagan (a) va bo’lgan (b) chuvalchanglarni juftlab ko’rsating. 1) exinokokk; 2) cho’chqa tasmasimon chuvalchangi; 3) nereida; 4) bolalar gijjasi; 5) jigar qurti A) a-2, 5; b-1, 3, 4 B) a-1, 3, 5; b-2, 4 C) a-1, 2, 5; b-3, 4 D) a-1, 5; b-2, 3, 4 38. Bolalar gijjasi (1), exinokokk (2), nereida (3) va qizil chuvalchang (4)lar qaysi tiplarga mansub? a) yassi chuvalchanglar; b) to’garak chuvalchanglar; c) molluskalar; d) halqali chuvalchanglar A) lb, 2a, 3c, 4d B) la, 2b, 3d, 4c C) lb, 2a, 3d, 4d D) lb, 2a, 3d, 4c Download 274.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling