Boboxonov Muzaffar
V-BOB: HALQALI CHUVALCHANGLAR TIPI
Download 274.96 Kb.
|
2 5456422776069951941
V-BOB: HALQALI CHUVALCHANGLAR TIPI
12-§. Yomg‘ir chuvalchangining tashqi tuzilishi, nerv sistemasi va rivojlanishi 1.Halqali chuvalchanglar tipi … sinflarga bo’linadi. A)bir va ikki pallalilar B) ko‘p tuklilar, kam tuklilar va zuluklar C)Hivchinlilar, kipriklilar va kam tuklilar D) so’rgichlililar, ko’p va kam tuklilar 2. Yomg’ir chuvalchangi halqali chuvalchanglar tipining … sinfiga kiradi. A) ko’p xivchinlilar B) kam xivchinlilar C) kipriklilar D) kam tuklilar 3. Kam tuklilar ….larda yashaydi. A) tuproqda va chuchuk suvlarda B) dengizlarda C) ko’lmak suv va hovuzlarda D) Zovurlar va sho’rlangan zovurlar 4. Yomg’ir chuvalchangi …..boy nam tuproqlarda hayot kechiradi. A)Anorganik moddalarga B)Fosforga C) Azotga D) chirindiga 5. Yomg’ir chuvalchangi tanasining uzunligi …? A) 5-6 sm B) 15-25 sm C) 8-10 sm D) 9-13 sm 6. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Yomg’ir chuvalchangi har bir tana bo’g’imining …. tomonida … juftdan kalta va ingichka … joylashgan. A) orqa, 8, qillar B) yon, 4, kipriklar C) qorin va yon, 8, tuk D) qorin, 4, tuk 7 ….. harakatlanayotgan chuvalchang uchun tayanch vazifasini bajaradi. A) tuklar B) qillar C) xivchinlar D) kipriklar 8.Yomg’ir chuvalchangi uchun tayanch vazifasini bajaruvchi tuklar tananing qaysi qismida joylashgan? A) har bir bo’g’imning orqa tomonida B) har bir bo’g’imning qorin tomonida C) har bir bo’g’imning yon tomonlarida D) faqat ko’krak bo’g’imlarning yon va orqa tomonlarida 9.Halqali chuvalchanglarning teri-muskul xaltasi qanday qismlardan iborat? A) tashqi va ichki epiteliy, halqasimon va bo’ylama muskullardan B) tashqi epiteliy, bo’ylama va qiyshiq muskullardan C) tashqi va ichki epiteliy, halqasimon, bo’ylama va qiyshiq muskullardan D) xitin qavatidan, tasma shaklda joylashgan bo’ylama muskullardan 10. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Yomg’ir chuvalchangining … tomondagi bir necha tana halqalari yo’g’onlashib, maxsus … hosil qiladi. A) yon, o’ramni B) orqa, pilla C) oldingi, belbog’ D) oldingi, pilla 11. Yomg’ir chuvalchangining qaysi hujayralari o’zidan suyuqlik ajratib chiqaradi? A) epiteliy B) biriktiruvchi C) muskul D) nerv 12. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Yomg’ir chuvalchangining terisi ostida … va … muskullar joylashgan. A) aylana va ko’ndalang B) to’g’ri va qiyshiq C) rombsimon va silliq tolali D) halqasimon va bo’ylama 13.Yomg’ir chuvalchangi qaysi sinfga kiradi. A) ko’p tukli chuvalchanglar; B) kam tukli chuvalchanglar; C) qizil chuvalchanglar; D) halqali chuvalchanglar; 14. Yomg’ir chuvalchangi tuklari tana bo’g’imining qaysi tomonida va nechtadan joylashgan bo’ladi A) qorin tomonida, 4 tadan; B) yon tomonida, 8 tadan; C) qorin tomonida, 8 tadan; D) orqa va yon tomonida 8 tadan; 15. Yomg’ir chuvalchangi tanasidagi tuklar qanday vazifani bajaradi A) tayanch; B) harakatlanish; C) sezish; D) hech qanday vazifa bajarmaydi 16. Yomg’ir chuvalchangi belbog’I qanday hosil bo’lgan A) halqasimon muskullar qo’shilishidan; B) jinsiy organlar paydo bo’lishidan; C) tana halqalari qo’shilishidan; D) tana halqalari yo’g’onlashuvidan; 17. Yomg’ir chuvalchangi teri-muskul xaltasi qavatlarini ketma-ketlikda sanang 1-bir qavat epiteliy hujayralari; 2- bir necha qavat teri epiteliysi; 3- halqasimon muskullar; 4-bo’ylama muskullar; 5-muskul osti epiteliy qavati; A) 1,3,4,5; B) 1,3,5,4; C) 2,3,4,5; D) 2,3,5,4; 18. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Yomg’ir chuvalchangi harakatlanganida………muskullar……tanasi cho’ziladi va ingichkalashadi. Oldingi uchini tuproq zarralari orasiga tiqadi, tana devoridagi…..muskullar…….tanasi oldi yo’g’onlashib tuproq zarralari suriladi. 1-halqasimon muskullar; 2-bo’ylama muskullar; a) qisqaradi; b) yoziladi; A) 2-a,1-a; B) 1-b, 2-b; C) 1-a,2-a; D) t.j.y; 19. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Yomg’ir chuvalchangi reflekslari yordamida……….. 1-o’z ozig’ini topadi; 2-dushmanlardan saqlanadi; 3-kuchli yorug’likdan yashirinadi; 4-kuchli issiqlikdan yashirinadi; 5- namlikdan qochadi; 6-yorug’likka intiladi; A) 1,2,3,4; B) 1,2,4,5; C) 2,4,5,6; D) 2,3,4,5; 20. Yomg’ir chuvalchangi pillasida qancha tuxum qo’yadi va ulardan qancha vaqtda chuvalchanglar chiqadi A) 6-20, bir oy; B) 6-20 ikki oy; C) 2-3 bir hafta; D) 6-20 bir necha yil; 21. Yomg’ir chuvalchangi tuxum qo’yish davrida tanasi qaysi qismidan ajralib chiqqan shilimshiq moddadan pilla hosil bo’ladi. A) butun tanasidagi halqalardan; B) butun tanasidagi halqalarning qorin qismidan; C) oldingi tana halqalari yo’g’onlashgan qismidan; D) og’iz yon halqalari qorin qismidan; 22. Yomg’ir chuvalchangi harakatlanishini nima yengillashtiradi A) tanasidagi tuklar; B) shilimshiq parda; C) silliq epiteliy; D) dildiroq modda; 23. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Yomg’ir chuvalchangi tana shakli va tashqi tuzilishi … hayot kechirishga moslashgan. A) sanitar B) tuproqda C) parazit D) suvda 24. Yomg’ir chuvalchangining tana bo’shlig’i …bilan alohida bo’lmalarga ajralgan? A) yupqa pardadan iborat ko’ndalang to’siqlar B)muskulli boylamlar C) mahsus tortmalar D) mezoderma qavat 25. Yomg’ir chuvalchangining tashqi qavat halqalar soni 122 ta bo’lsa, endodermadagi bo’lmalar soni qancha bo’ladi? A) 244 ta B) 120ta C) 252ta D) 122 ta 26. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Yomg’ir chuvalchangining nerv sistemasi…iborat? A) diffuziyali nerv to’ridan B) halqum usti, osti, nerv tuguni,halqum atrofi nerv tolasi va qorin nerv zanjiridan iborat C) halqum usti va osti nerv tuguni va nerv nayidan D) 180 juft nerv tugunidan 27. Yomg’ir chuvalchangining tashqi qavat halqalar soni 120 ta bo’lsa, qorin nerv tugunlari soni qancha bo’ladi? A) 240 ta B) 120ta C) 252ta D) 122 ta 28. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Yomg’ir chuvalchangi - … hayvon. A) yirtqich B) sanitar C) germafrodit D) ayrim jinsli 29. Yomg’ir chuvalchangining pillasi ichidan qancha vaqt ichida yosh chuvalchanglar chiqadi? A) 2 hafta B) 3 hafta C) bir oy D) 2-3 oy 30. Yomg’ir chuvalchangining pillasi ichidan chiqqan yosh chuvalchanglar qancha vaqt yashaydi? A)2 oy B) 3 oy C) bir oy D) bir necha yil 31. Halqali chuvalchanglarning tana bo’shlig’i devorining ichki yuzasi nimadan iborat? A) bir qavat epiteliydan B) ikki qavat epiteliydan C) uch qavat epiteliydan D) bir qavat kutikuladan Download 274.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling