Boboxonov Muzaffar
VI-BOB: MOLLYUSKALAR TIPI
Download 274.96 Kb.
|
2 5456422776069951941
VI-BOB: MOLLYUSKALAR TIPI
14-§. Qorinoyoqli mollyuskalar sinfi 1. Molluskalar tipi qanday sinflarga ajratiladi? A) bir, ikki pallalilar va boshoyoqlilar B) qorinoyoqlilar, ikkipallalilar, boshoyoqlilar C) chig’anoqlilar, mantiyalilar, sifonlilar, ikki pallalilar D)qorinoyoqlilar, ikkipallalilar, boshoyoqlilar, sifonlilar 2. Molluskalar tanasi … teri bilan qoplangan. A) kipriklar B) bir qavatli epiteliy C) mantiya D) xitin 3.Chuchuk suv shillig’i qaysi sinfga kiradi A) boshoyoqli molluskalar; B) qorinoyoqqli molluskalar; C) ikki pallali molluskalar; D) mantiya terililar; 4.Chuchuk suv shillig’i qayerlarda hayot kechiradi? A) nam tuproqda B) hovuz va ko’llarda daryolarning tinch oqadigan sayoz joylarida C) sholipoyalarda D) A,C 5. Chuchuk suv shillig’I tanasi ….. A) spiral chig’anoq ichida joylashgan; B) chig’anoqning o’ramlari ingichkalashgan qismida joylashgan C) chig’anoqning kengaygan qismida joylashgan; D) chig’anoq o’ramlari sirti, tanasini tashkil qilgan; 6. Chuchuk suv shillig’i paypaslagichlari boshida qanday joylashgan va nechta A) boshining oldingi tomonida, 2 juft; B) boshining ikki yonida 1 juft; C) boshinining ikki yonida, 4 ta; D) boshida paypaslagichlar emas mo’ylovlari bo’ladi; 7. Chuchuk suv shillig’i qanday tartibda harakatlanadi A) oyoq muskullarini tebratib, sirpanib; B) oyoq muskullarini to’lqinsimon qisqartirib, sirpanib; C) oyoq muskullarini tebratib, siltanib; D) qorin muskullarini tebratib, siltanib; 8. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Chuchuk suv shillig’I ………. qoplangan muskulli tilchasi bo’ladi. A) og’izida, mayday bo’rtmachalar bilan; B) halqumida, tishchalar bilan; C) halqumida, muskulli o’simtalar bilan; D) halqumida, mayday bo’rtmachalar bilan; 9. Chuchuk suv shillig’ining ichagi qanday joylashgan va jigari qanday vazifani bajaradi A) halqasimon buralib joylashgan, ichagiga hazm shira ajratadi; B) uzun nayga o’xshab joylashgan oshqozoniga hazm shirasi ajratadi; C) halqasimon buralib joylashgan, oshqozoniga hazm shira ajratadi; D) halqasimon buralib joylashgan, oziq jigar naychalarida hazm bo’ladi; 10. Chuchuk suv shillig’ining so’lak bezlari soni va ishlab chiqargan suyuqlik qayerga ochiladi A) qizilo’ngachga 1 juft; B) halqumga 1 juft; C) og’iz bo’shlig’iga 1 juft; D) qizilo’ngachga 2 juft; 11. Chuchuk suv shillig’ining yuragi……. A) naysimon, ikki kamerali bo’ladi; B) yurak oldi bo’lmasi va qorinchasidan iborat; C) ikkita bo’lma va bitta qorinchadan iborat; D) besh qirrali, uch juft teshikli bo’ladi 12. Chuchuk suv shillig’ining o’pkasida kislorodga to’yingan qon qayerga o’tadi A) mayda kapillyarlarga B) yurak oldi bo’lmasiga; C) tana bo’shlig’iga; D) yurak devori uch juft teshiklarga; 13. Chuchuk suv shillig’ining tasmaga o’xshash buyragi nechta va bu yurakning voronkasimon kengaygan qismi qayerga ochiladi A) 1 ta, tana bo’shlig’iga; B) 1 ta, yurak oldi bo’lmasiga; C) 2 ta, tana bo’shlig’iga; D) 2 ta, yurak oldi bo’lmasiga; 14. Chuchuk suv shillig’I tuxumlarini qanday tartibda qo’yadi A) tizimcha shaklda qo’yadi; B) uzun shilimshiq ip ichiga qo’yadi; C) shilimshiq moddadan hosil bo’lgan pilla ichiga qo’yadi; D) A va B; 15. Qorinoyoqli molluskalarning yer yuzida nechta turi bor A) 10 000; B) 100 000; C) 1000; D) 20 000; 16. Qorinoyoqli molluskalarning quruqlikda yashovchi qanday turlari bor A) yalong’och va tok shillig’I; B) rapana va midiya; C) rapana va tok shillig’I; D) rapana va yalong’och shilliq 17. O’zbekiston xududida uchrovchi qorinoyoqli molluskalarni belgilang A) rapana va tirik tug’ar shilig’i B) tok shillig’I va bedapoya shillig’I; C) yalong’och shillig’I va bedapoya shillig’I; D) rapana va bitiniya; 18. O’simliklar yashil qismiga ziyon keltiruvchi qorinoyoqlilar A) tok shillig’I va yalong’och shillig’I; B) dengiz quloqchasi va rapana; C) tirik tug’ar shilliqlar va dengiz likopchasi; D) dengiz likopchasi va yalong’och shillig’I; 19. Qorinoyoqli molyuskalarni belgilang 1-tok shillig’I; 2-yalong’och shillig’I; 3-bitiniya; 4-midiya; 5-ustritsa; 6-tirik tug’ar shillig’I; A) 1,4,6; B) 1,3,4; C) 1,2,3; D) 1,2,5; 20. Qorinoyoqli molluskalar qanday nafas oladi A) faqat o’pkasi yordamida; B) faqat jabrasi yordamida; C) o’pkasi va jabrasi yordamida; D) mantiya yuzasi orqali; 21.Molluskalarda so’lak bezlari (a) va jigar yo’li (b) qayerga ochiladi? 1) og’iz bo’shlig’iga; 2) halqumga; 3) oshqozonga; 4) ichakka A) a−1; b−3 B) a−2; b−3 C) a−1; b−4 D) a−2; b−4 22.Bir juft so’lak bezlari halqumiga ochiladigan hayvonni ko’rsating. A) yomg’ir chuvalchangi B) nereida C) suv shillig’i D) daryo qisqichbaqasi 23. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Molluskalarning tana bo’shlig’i … to’qima bilan to’lgan. A) epiteliy B) suyuq C) g’ovak D) tig’iz 24. Tanasi spiralsimon tuzilishga ega bo’lgan hayvonni belgilang? A) tirik tug’ar shilliq B) karakatitsa C) kalmar D) baqachanoq 25. Molluskalarning chig’anog’i nimadan hosil bo’ladi? A) matriksdan B) mantiyadan C) xitindan D) teri burmalaridan 26. Chuchuk suv shillig’ining og’zi qayerda joylashgan? A) boshining ostida B) paypaslagichlar asosida C) jabralar asosida D) boshining ikki yonida 27. Suv shillig’ining hazm sistemasi ketma-ketligi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping? A) og’iz, halqum, hiqildoq, qizilo’ngach, oshqozon, ichak, anal teshigi B) og’iz, halqum, qizilo’ngach, jig’ildon, ichak, anal teshigi C) og’iz, halqum ,qizilo’ngach, jig’ildon, oshqozon, ichak, anal teshigi D) og’iz, halqum, qizilo’ngach, oshqozon, ichak, anal teshigi 28. Suv shillig’ining so’lak bezlari soni qancha? A) 2ta B) 3ta C) 4ta D) 1ta 29. Shilliq …bilan nafas oladi. A)o’pkasi B) suvda erigan kislorod C) atmosfera kislorodi D) A,C 30. Suv shillig’ining yuragi qanday tuzilishga ega? A) haltasimon B) ikki kamerali C) halqasimon D) 5-6ta muskulli qon tomirlardan 31. Suv shillig’i buyrakning voronkasimon kengaygan uchi qayerga ochiladi? A) mantiya chetiga B) tashqi muhitga C) yurak old qismiga D) buyrak jomiga 32. Suv shillig’i - … hayvon. A) parazit B) sanitar C) germofrodit D) A,C 33. Chuchuk suv shillig‘ining ko‘zlari (a), yalang‘och shilliqniki (b) qayerda joylashgan? A) a- paypaslagichlari asosida; b- paypaslagichlari uchki qismida B) a- paypaslagichlari uchki qismida; b- paypaslagichlari asosida C) a-og’zi ostida; b-burni ustida D) a-paypaslagich uchida; b-boshida Download 274.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling