Boboxonov Muzaffar


-§. Ikki pallali va boshoyoqli mollyuskalar sinfi


Download 274.96 Kb.
bet15/59
Sana05.01.2023
Hajmi274.96 Kb.
#1079237
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59
Bog'liq
2 5456422776069951941

15-§. Ikki pallali va boshoyoqli mollyuskalar sinfi


1.Baqachanoqning mantiya bo’shlig’iga suv
qayerdan o’tadi?
A) chig’anoq pallalari ochilganda
B) ikkita sifon ochilganda
C) pastki (kirish) sifon orqali
D) yuqori (chiqish) sifon orqali
2.Baqachanoq bezovta qilinganda yopuvchi
muskullar qisqarib, chig’anoq pallalari yopiladi.
Muskullar bo’shashganda esa . . . yordamida
chig’anoq ochiladi.
A) ikki yon tomondagi muskullar
B) orqa tomondagi muskullar
C) yuqoridagi va pastki paylar
D) orqa tomondagi elastik paylar
3.Maxsus sezgi organlari bo’lmaydigan hayvonlarni aniqlang.
A) oq planariya, yalang’och shilliq
B) oq planariya, ustritsa
C) baqachanoq, yomg’ir chuvalchangi
D) tok shillig’i, bitiniya
4.Baqachanoq qayerda yashaydi?
A) daryo tubida
B) nam tuproqda
C) botqoqliklarda
D) A,B,C
5. Baqachanoq tanasining uzunligi qancha va shakli qanday?
A) 15-20 sm tuxumsimon
B) 10-15 sm tuxumsimon
C) 20-25 sm disksimon
D)8-10 sm yumaloq
6. Mamlakatimizda qaysi ikki pallalilar uchraydi
A) baqachanoq va dreysena;
B) baqachanoq va midiya;
C) baqachanoq va tridakna;
D) baqachanoq va ustritsa;
7.Quyidagilardan parazitlarini belgilang?
A) planariya lichinkasi
B) meduzalar lichinkasi
C) baqachanoq lichinkasi
D) B,C
8. Baqachanoq muskullari qisqarganda…?
A) pallalar yopiladi
B) pallalar ochiladi
C) tanasi harakatga keladi
D) B,C
9. Baqachanoq 1 soatda yo’l yuradi?
A) 15-20 sm
B) 20-30sm
C) 30-35 sm
D) 10-15 sm
10. Ikki pallali molluskalarni qanday sharoitlarda uchratish mumkin
A) dengiz va chuchuk suvda;
B) dengiz, chuchuk suv, quruqlikda;
C) faqat chuchuk suvda;
D) faqat dengizda;
11. Baqachanoq og’iz teshigi qayerda joylashgan?
A) jabralar asosida
B) oyoqlar asosida
C) qorin tomonida
D) oyog’i bo’lmaydi
12. Baqachanoqning paypaslagichlar soni?
A) 6ta
B) 1juft
C) 4ta
D) 3ta
13. Baqachanoqning nafas a’zosi?
A) o’pka
B) traxeidlar
C) jabra
D)teri
14. Baqachanoqning tuxumlari qayerda rivojlanadi?
A) tuxumdonda
B) bachadonda
C) tashqi muhitda
D) jabralar sirtida
15. Baqachanoq lichinkalarining yopishqoq tishchalari qayerda joylashgan?
A) jabralar sirtida
B) chig’anoq sirtida
C) mantiya chetida
D) kirish va chiqish sifonlar oldida
16. Boshoyoqlilarda paypaslagich qayerdan hosil bo’ladi?
A)oyoqning o’zgarishidan
B)boshning o’zgarishidan
C) mantiya bo’shlig’idan
D) teri hosilasi
17. Boshoyoqlilarning qaysi sistemasi juda kuchli rivojlangan?
A) hazm qilish
B) ayirish
C) ko’payish
D) nerv
18.Boshoyoqlilarning dushmandan himoyalanish usulini belgilang.
A) reaktiv harakat qiladi
B) suvga siyoh chiqarib, qochadi
C) suv tubida harakatlanmay yotadi
D) oyoqlarini qimirlatib, qo’rqitadi
19. Baqachanoqqa xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang
1-baqachanoq tinch oqar suvlarda uchraydi; 2-tanasini qumga yoki loyga yarmigacha ko’mib yotadi; 3-chig’anog’I keyingi tomoni to’mtoq; 4-chig’anog’I oldingi tomoni suyri; 5-uzunligi 10-15sm; 6-uzunligi 20-30sm;
A) 1,2,5;
B) 2,3,4;
C) 2,3,6;
D) 1,3,4;
20. Baqachanoq ayirish maxsuloti qayerga ochiladi
A) ustki sifonga
B) pastki tirqishsimon teshikka;
C) pastki sifonga;
D) jabralarning sirtiga;
21. Baqachanoq og’zi oldidagi paypaslagichlar nechta va ular qanday vazifa bajaradi
A) 2 ta, oziqni hazm qilish sistemasiga yo’naltiradi;
B) 4 ta, oziqni tutib qoladi;
C) 2 ta, mantiya bo’shlig’ida suvni harakatlantiradi;
D) 4 juft jabralarni yuvib turadi;
22. Baqachanoqning nafas olish organi qanday tartibda joylashgan va qanday tartibda nafas oladi
1-jabralar oyog’ining ikki yonida joylashgan; 2-jabralari oyoqlarining ustida joylashgan; 3-jabralari sirtidagi kiprikchalar; 4-mantiya bo’shlig’iga pardasidagi kiprikchalar orqali suv kiradi; 5-suv jabralarni yuvib turadi; 6-paypaslagichlarning harakati tufayli suv jabralarni yuvadi;
A) 1,3,4,5;
B) 1,3,4,6;
C) 2,3,4,6;
D) 1,4,5,6;
23. Baqachanoq nerv sistemasini nima tashkil qiladi.
A) 6 ta nerv tugunlari va ularning tolalari tutashgan;
B) 2 juft nerv tugunlari va ularning tolalari tutashgan;
C) 5 juft nerv tuguni va ularning tolalari tutashgan;
D) 2 ta nerv tuguni va ularning tolalari tutashgan;
24. Baqachanoq lichinkasi qayerda baqachanoqqa aylanadi
A) baliq terisida;
B) suv tubiga tushgach;
C) baliq terisidan suvga chiqqach;
D) jabralar sirtida rivojlangach;
25. Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
Ikki pallalilar ………..dan ortiq turni o’z ichiga oladi
A) 30 000;
B) 3000;
C) 100 000;
D) 10 000;
26. Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
Ikki pallalilar eng yirigi….og’irligi 250 kg keladi
A) ustritsa;
B) midiya;
C) tridakna;
D) taroqcha;
27. Qaysi ikki pallalilar go’shti uchun ovlanadi?
A) perlovitsa, dreysena, midiya;
B) ustritsa, taroqcha, midiya;
C) ustritsa, tridakna, midiya;
D) perlovitsa, tridakna, taroqcha;
28. Qaysi ikki pallalilar ayrim mamlakatlarda ko’paytiriladi
A) marvariddorlar;
B) taroqchalar;
C) ustritsalar;
D) A va C;
29. Sho’rlangan suvlarda tarqalgan, suv o’tkazadigan quvurlarni ishdan chiqaradigan molluskani belgilang
A) tridakna;
B) perlovitsa;
C) taroqcha;
D) dreysena;
30. Boshoyoqli molluskalar gavdasining uzunligi qancha keladi va tanasi qanday bo’limlarga ajralgan
A) 1sm dan 5m gacha, bosh, tana;
B) 1sm dan 5 ma gacha, bosh, ko’krak, qorin;
C) 1 m dan 5 m gacha, boshko’krak, tana;
D) 8 sm dan 10 m gacha, bosh, tana;
31. Boshoyoqli molluskalarning siyoh xaltasi yo’li qayerga ochiladi
A) voronkasimon teshigiga;
B) orqa ichagiga;
C) paypaslagichlaridagi so’rg’ichlariga;
D) mantiya bo’shlig’iga;
32. Boshoyoqli molluskalar nechta turi bor va qayerda ko’proq uchraydi
A) 6500 tur, okeanda;
B) 650 000 tur, ochiq dengizlarda;
C) 650 tur, tropik dengizda;
D) 30 000 tur, tropik dengizda;
33. Qaysi boshoyoqlilar go’shti uchun ovlanadi
A) kalmar, karakatitsa, sakkizoyoq;
B) ustritsa, taroqcha, midiya;
C) sakkizoyoq, perlovitsa, arxitevtis;
D) arxitevtis, sakkizoyoq, karakatitsa;
34.Bosh oyoqli molluskalar qanday nafas oladi?
A) jabralari bilan
B) tanasining o’ng tomonidagi nafas teshigi va o’pka bilan
C) butun tana yuzasi bilan
D) yegan ozig’i tarkibidagi kislorod bilan
35.Baqachanoqning chiqarish sifoniga qaysi a’zolar ochiladi
a) jabralar; b) ayirish yo’li; d)orqa chiqaruv teshigi; e)mantiya bo’shlig’I; f)qon tomiri; h)jinsiy teshik;
A) b,d,h;
B) a,b,d;
C) b,d,e;
D) b,d,f;
36.Boshoyoqli mollyuskalarga xos belgilarni
ajrating.
1) gavdasi bosh va tana qismlariga ajralgan; 2) oyoqning oldingi qismlari paypaslagichlarni hosil qiladi; 3) tanasi qalin muskulli mantiya bilan o’ralgan; 4) tanasi segmentlarga bo’lingan; 5) og’iz atrofida 8-10 ta paypaslagichlari bo’ladi; 6) paypaslagichlarida so’rg’ichlar bo’ladi; 7) bosh miyasi kuchli rivojlangan; 8) bosh miyasi sust rivojlangan; 9) oyoqlari asosida voronkalar joylashgan; 10) siyoh xaltasi mavjud; 11) chig’anog’i yo’q; 12) chig’anog’i spiralsimon shaklli
A) 1, 2, 3, 4, 5, 8, 11
B) 1, 2, 3, 5, 6, 7, 9, 10, 11
C) 4, 5, 6, 8, 9, 12
D) 1, 5, 6, 8, 12
37.Qaysi hayvonlarda oyog’ining oldingi qismi o’zgarib paypaslagichlarni hosil qiladi?
A) boshoyoqlilar
B) qorinoyoqlilar
C) ikkipallalilar
D) nematodalar
38.Qaysi hayvonlarda siyoh xaltachasi bo’ladi?
A) boshoyoqlilarda
B) o’rgimchaksimonlarda
C) qisqichbaqalarda
D) qorinoyoqlilarda
39.Paypaslagichlarida juda ko’p so’rg’ichlar
joylashgan hayvonlarni toping.
1) kalmar; 2) zaxkash; 3) karakatitsa; 4) bitiniya; 5) sakkizoyoq; 6) krab.
A) 1, 2, 3
B) 1, 3, 5
C) 2, 4, 6
D) 1, 4, 6
40.Tanasi qalin muskulli mantiya bilan qoplangan hayvonlarni toping.
1) ustritsa; 2) kalmar; 3) taroqcha; 4) midiya;
5) dreysena; 6) karakatitsa.
A) 2, 6
B) 1, 2
C) 3, 4
D) 2, 5
41.Hayvonlarni tiplarga moslab yozing.
1) midiya; 2) meduza; 3) karakatitsa; 4) nereida; 5) bolalar gijjasi; 6) qum chuvalchangi; 7) sakkizoyoq
a) molluskalar; b) halqali chuvalchanglar;
c) to’garak chuvalchanglar; d) bo’shliqichlilar
A) a−1, 3, 7; b−4, 6; c−5; d−2
B) a−3, 7; b−4, 6; c−5; d−1, 2
C) a−1, 2, 3; b−4, 5, 6; c−2; d−7
D) a−1, 2; b−4; c−5, 6; d−3, 7
42.Suv shillig’i, planariya va baqachanoqlarni jami soni 420 ta bo’lib, ichagi xalqasimon buralgan xayvonlar og’zi qorin tomonida joylashgan hayvonlardan 0,75 martaga kam lichinkasi parazit xayvonlardan esa 0,8 marta ko’p bo’lsa, taroqcha bilan bitta sinfga kiradigan xayvonni paypaslagichlar sonini aniqlang
A) 540
B) 480
C) 360
D) 700

Download 274.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling