Toshkent Farmatsevtika instituti Farmatsiya fakulteti talabasining “Tosh tomirlar aterosklerozi” mavzusida tayyorlagan


Download 250.14 Kb.
bet1/7
Sana04.01.2023
Hajmi250.14 Kb.
#1079002
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
patalogiya

Toshkent Farmatsevtika instituti Farmatsiya fakulteti talabasining “Tosh tomirlar aterosklerozi” mavzusida tayyorlagan

MUSTAQIL ISHI


ATEROSKLEROZ NIMA?
Ateroskleroz — bu qon tomirlarning surunkali kasalligi bo’lib, bunda tomirlar ichki devorida karash va blyashka shaklida xolesterin va ZPLP (zichligi past lipoproteinlar) to’planib qoladi, devorlarining o’zi esa qalinlashadi va elastikligini yo’qotadi. Qon tomir devorlari yog’ va cho’kindilar to’planishi natijasida qattiqlashib boradi, tarangligini yo’qotadi va natijada torayadi, bu esa a’zolarga qon borishini qiyinlashtiradi. Oxir-oqibat, qon tomiri to’liq yopilib qolishi mumkin. Agar bu kasallik qon ivishi buzilishlari bilan birga kechsa, tromboz va organlarning ishemik zararlanishiga moyillik ortadi.
Ateroskleroz o’limga olib keladigan eng xavfli kasalliklardan biri hisoblanadi. Kasallik ko’pincha miya, yurak, qo’l-oyoqlarda qon aylanishi buzilib bo’lganidan keyin tashxislanadi, ya’ni kech. Ateroskleroz yurak-qon tomir kasalliklarining asosiy sababchisidir: yurak ishemik kasalligi va miokard infarkti.
Ateroskleroz bilan kasallanganlarning soni ularning yoshiga qarab ortib boraveradi, ya’ni bu kasallik ko’proq qari kishilarga xosdir. Shuning uchun shifokorlar buni qarilik kasalligi deb hisoblashadi, lekin kasallik yildan-yilga yosharib bormoqda, bu zamonaviy hayot tarzi bilan bog’liq.
ATEROSKLEROZNING SABABLARI
Ateroskleroz rivojlanishining sabablari yuqori qon bosimi, chekish, qandli diabet, qondagi yuqori xolesterin miqdori kabi omillardir. Ammo aterosklerozning asosiy sababi — xolesterin almashinuvining buzilishidir. Aterosklerozning shakllanishi tabiiy jarayon bo’lib, u 10-15 yoshdan boshlanadi. Yosh o’tishi bilan uning shakllanishi sekinlashishi yoki tezlashishi mumkin.
Ateroskleroz uchun quyidagi xavf omillari ajratiladi:
Jins. Erkaklar ateroskleroz rivojlanishiga ayollarga nisbatan ko’proq moyil bo’lishadi. Ushbu patologiyaning dastlabki belgilari 45 yoshda, hatto undan ham oldin boshlanishi, ayollarda esa 55 yoshdan keyin kuzatilishi mumkin. Ehtimol, bu xolesterin va zichligi past va juda past lipoproteidlar almashinuvida estrogenlarning faol ishtiroki etishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin;

Download 250.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling