Ateroskleroz: sabablari, alomatlari, tashxislash, davolash va oldini olish


Download 200.89 Kb.
bet1/10
Sana16.06.2023
Hajmi200.89 Kb.
#1494493
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Arteroskleroz

ATEROSKLEROZ: SABABLARI, ALOMATLARI, TASHXISLASH, DAVOLASH VA OLDINI OLISH


Mundarija:

  • 1 Ateroskleroz nima?

  • 2 Aterosklerozning alomatlari va belgilari

    • 2.1 Yurak

    • 2.2 Oyoq va qo’llarda

    • 2.3 Bosh miya

  • 3 Aterosklerozning sabablari

  • 4 Aterosklerozning turlari

  • 5 Xolesterin darajasi va ateroskleroz

  • 6 Ateroskleroz va qandli diabet kasalligi

  • 7 Ateroskleroz nimasi bilan xavfli? Rivojlanish bosqichlari

  • 8 Ateroskleroz tashxisi

    • 8.1 Anamnez yig’ish

    • 8.2 Dastlabki ko’rik

    • 8.3 Laboratoriya va instrumental usullar

  • 9 Zamonaviy davolash usullari

  • 10 Aterosklerozning oldini olish

ATEROSKLEROZ NIMA?


Ateroskleroz — bu qon tomirlarning surunkalik kasalligi bo’lib, bunda tomirlar ichki devorida karash va blyashka shaklida xolesterin va ZPLP (zichligi past lipoproteinlar) to’planib qoladi, devorlarining o’zi esa qalinlashadi va elastikligini yo’qotadi. Qon tomir devorlari yog’ va cho’kindilar to’planishi natijasida qattiqlashib boradi, tarangligini yo’qotadi va natijada torayadi, bu esa a’zolarga qon borishini qiyinlashtiradi. Oxir-oqibat, qon tomiri to’liq yopilib qolishi mumkin. Agar bu kasallik qon ivishi buzilishlari bilan birga kechsa, tromboz va organlarning ishemik zararlanishiga moyillik ortadi.

Ateroskleroz o’limga olib keladigan eng xavfli kasalliklardan biri hisoblanadi. Kasallik ko’pincha miya, yurak, qo’l-oyoqlarda qon aylanishi buzilib bo’lganidan keyin tashxislanadi, ya’ni kech. Ateroskleroz yurak-qon tomir kasalliklarining asosiy sababchisidir: yurak ishemik kasalligi va miokard infarkti.
Ateroskleroz bilan kasallanganlarning soni ularning yoshiga qarab ortib boraveradi, ya’ni bu kasallik ko’proq qari kishilarga xosdir. Shuning uchun shifokorlar buni qarilik kasalligi deb hisoblashadi, lekin kasallik yildan-yilga yosharib bormoqda, bu zamonaviy hayot tarsi bilan bog’liq.

Download 200.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling