Ateroskleroz: sabablari, alomatlari, tashxislash, davolash va oldini olish
Download 200.89 Kb.
|
Arteroskleroz
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOSH MIYA
OYOQ VA QO’LLARDAAlomatlar quyidagicha: Qo’lda yoki oyoqlarda sovuqlik his qilish; Qo’llar yoki oyoqlar uzoq vaqt davomida bir xil noqulay vaziyatda bosilib qolgani kabi, ya’ni oyoq-qo’llarning uyushib qolishi; Terining oqimtirligi: teri oqimtir tusda bo’ladi va tomir naqshlari aniq ko’rinadi (terining marmar rangi). Oyoq-qo’l tomirlari aterosklerozining so’nggi bosqichlarida alomatlar yanada og’irroq namoyon bo’ladi: Kerakli moddalarni yetarli miqdorda olmayotgan to’qimalar degeneratsiyasi (yog’ qatlamining ingichkalashi, tuklarining to’kilishi); Oyoq-qo’llarda og’riq. Oyoqlarning arteriyalarida shikastlanish mavjud holatlarida «davriy cho’loqlanish» kuzatiladi. Og’riqlar son, dumba va kichik boldirlarda kuzatiladi va paroksismal xususiyatga ega bo’lib, natijada bemor cho’loqlanib qoladi; Oyoqlarda yaralar paydo bo’lishi (to’qimalarning oziqlanishi yetishmasligi bilan bog’liq bo’lgan trofik yaralar); Oyoq yoki qo’llardagi barmoqlarning qizarishi, doimiy shishlar rivojlanishi; To’qimalarning nekrozi (gangrena). BOSH MIYABu a’zo oziqlanish kasalliklariga eng sezgirdir, ammo asosiy alomatlar nafaqat aterosklerozga xos bo’lishi mumkin. Masalan miyaning qon aylanishi bilan bog’liq muammolar osteoxondroz, vertebrobazilyar yetishmovchilik va boshqa kasalliklarda kuzatiladi. Alomatlar asta-sekin paydo bo’ladi va kuchayib boradi: Sefaliya (yoki aniq bo’lmagan bosh og’rig’i). Og’riq butun boshni qamrab oladi va uning aniq joylashuvi qayerda ekanligini aniqlab bo’lmaydi. Bosadigan yoki kengayadigan tabiatga ega; Quloqda shovqin va qo’ng’iroq; Uyqu muammolari. Kishi uyqusizlikdan aziyat chekadi, yoki aksincha, uni doimo uyqu bosadi. Uyqu vaqtida ko’pincha bosinqirash yoki qo’rqinchli tushlar ko’rish sodir bo’ladi (miyaning faolligi va qon aylanishi yetishmovchiligi tufayli diffuz o’zgarishlar natijasi); Shaxsning fe’l-atvori yomonlashishi (shaxsiyatning o’zgarishi); Asabiylashish, yuqori qo’zg’aluvchanlik, tashvishlanishning kuchayishi; Holsizlik va charchoq; Organizm asosiy funktsiyalarining buzilishi: nafas olish, nutq, ovqatlanish. Kishi tushunarsiz gapirishi mumkin, ko’pincha oziq-ovqat bilan tiqilib qoladi va hokazolar. Harakatlar koordinatsiyasining buzilishi, mustaqil harakatlanish bilan va turgan joyida orientatsiya olish bilan bog’liq muammolar (miyachaning shikastlanishi tufayli). Download 200.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling