Ateroskleroz: sabablari, alomatlari, tashxislash, davolash va oldini olish


Download 200.89 Kb.
bet4/10
Sana16.06.2023
Hajmi200.89 Kb.
#1494493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Arteroskleroz

ATEROSKLEROZNING SABABLARI


Ateroskleroz rivojlanishining sabablari yuqori qonbosimi, chekish, qandli diabet, qondagi yuqori xolesterin miqdori kabi omillardir. Ammo aterosklerozning asosiy sababi — xolesterin almashinuvining buzilishidir. Aterosklerozning shakllanishi tabiiy jarayon bo’lib, u 10-15 yoshdan boshlanadi. Yosh o’tishi bilan uning shakllanishi sekinlashishi yoki tezlashishi mumkin.
Ateroskleroz uchun quyidagi xavf omillari ajratiladi:

  • Jins. Erkaklar ateroskleroz rivojlanishiga ayollarga nisbatan ko’proq moyil bo’lishadi. Ushbu patologiyaning dastlabki belgilari 45 yoshda, hatto undan ham oldin boshlanishi, ayollarda esa 55 yoshdan keyin kuzatilishi mumkin. Ehtimol, bu xolesterin va zichligi past va juda past lipoproteidlar almashinuvida estrogenlarning faol ishtirok etishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin;

  • Yosh. Bu tabiiy xavf omilidir. Yosh o’tishi bilan aterosklerotik jarayonlar kuchayadi;

  • Irsiyat. Albatta, bu ham ateroskleroz paydo bo’lishining sabablaridan biridir. Aterosklerozga sabab bo’luvchi omillar ko’p qirralidir. Shuning uchun gormonal fon darajasi, irsiy dislipoproteinemiya (plazma lipidprofilining buzilishi), immuntizimining faoliyati aterosklerozning rivojlanishini tezlashtirish yoki sekinlashtirishda muhim rol o’ynaydi;

  • Zararli odatlar. Chekish — tana uchun zahardir. Bu odat ateroskleroz rivojlanishining yana bir sababchisi. Sog’lom qon tomirlarni xohlaysizmi — chekishni to’xtating! Spirtli ichimliklarga kelsak, qiziqarli bog’liqlik bor: kichik miqdordagi spirtli ichimliklar — har kuni 50 gramm aroq, 100 gramm sharobyoki 0,5 litr pivo aterosklerozning oldini olishni yaxshi usuli hisoblanadi. Shu bilan birga, bu miqdor jigar sirrozi rivojlanishiga hissa qo’shadi. Shunday qilib, birini davolab, ikkinchisini shikastlaymiz. Umuman olganda spirtli ichimliklarni hatto juda oz miqdorda iste’mol qilish ham tavsiya etilmaydi, bular bir qator patologiyalar rivojlanishini kafolatlaydi;

  • Ortiqcha vazn. Bu omil ateroskleroz yuzaga kelishi ehtimolligini oshiradi. Semirib ketish qandli diabetga olib kelishi mumkin, bu patologiya esa ateroskleroz tomon to’g’ri yo’ldir;


  • Download 200.89 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling