Boboxonov Muzaffar


-§. Ikki qanotlilar turkumi


Download 274.96 Kb.
bet26/59
Sana05.01.2023
Hajmi274.96 Kb.
#1079237
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59
Bog'liq
2 5456422776069951941

26-§. Ikki qanotlilar turkumi

1. Erkak chivinlar nima bilan oziqlanadi?


A) odamning qoni bilan
B) o’simliklarning changi bilan
C) o’simlik shirasi bilan
D) faqat sovuq qonli hayvonlar qoni bilan
2. Ikki qanotlilar turkumiga mansub hasharotlarni aniqlang.
A) iskabtopar, so’na, bo’ka
B) iskabtopar, chivin, asalari
C) yaydoqchi, chumoli, qovoqari
D) uy pashshasi, xonqizi, buzoqbosh
3. Iskabtopar hasharotlarning qaysi turkumiga mansub?
A) ikki qanotlilar C) teng qanotlilar
B) pardaqanotlilar D) tangachaqanotlilar
4. Iskabtoparlar qaysi sinfga tegishli parazitlarning tashuvchisi hisoblanadi?
A) so’rg’ichlilar
B) tasmasimon chuvalchanglar
C) to’garak chuvalchanglar
D) xivchinlilar
5.Qaysi hayvonlarning tanasida boshi bo’lmaydi?
1) baqachanoq; 2) chivin; 3) suv shillig’i; 4) uy
pashshasining qurti; 5) bronza qo’ng’izining
qurti; 6) itbaliq.
A) 1, 4
B) 2, 3, 5, 6
C) 2, 5, 6
D) 1, 3, 4
6. Uy pashshasining yostiqchasimon yalovchi xartumchasi qanday hosil bo’lgan
A) pastki lablarning uchi qalinlashib;
B) pastki jag’ va pastki labning uchi kengayib;
C) yuqori va pastki jag’lar qo’shilib, uchki qismi qalinlashib;
D) yuqori va pastki lablar qo’shilib, uchki qismi qalinlashib;
7. Uy pashshasi oziq ta’mini qanday sezadi
A) og’iz atrofi tukchalar orqali;
B) oyoq panjasidagi tukchalar;
C) pastki lablardagi paypaslagichlar orqali;
D) pastki lablar kengaygan yuzasi orqali;
8. Uy pashshasining qurti qanday harakatlanadi
A) tanasi sirtidagi tukchalar orqali;
B) tanasi sirtidagi bo’rtmachalar orqali;
C) qurti harakatsiz;
D) uch juft oyoqlar yordamida;
9. Uy pashshasining qurti qanday sharoitda g’umbakka aylanadi
A) hayvonlar terisida;
B) quruq tuproqda;
C) axlatlarda;
D) o’simliklar xas cho’plari ostida;
10. Uy pashshasining qanday kasalliklar mikroblarini yuqtiradi
1-tif; 2-vabo; 3-sil; 4-bo’g’ma; 5-yomon yara; 6-bezgak; 7-sarg’ayma; 8-terlama; 9-o’lat;
A) 1,2,3,5;
B) 1,2,4,7;
C) 4,5,6,7;
D) 1,2,7,8;
11. Uy pashshasi har 2-4 kunda nechta tuxum qo’yadi
A) 1000-1500;
B) 100-150;
C) 5 000 000 000;
D) 8000-10000;
12. Qaysi ikki qanotlilar cho’ldagi kemiruvchilar inida ko’p uchraydi va odamga yomon yara kasalligi qo’zg’atuvchisini tarqatadigan hasharotni aniqlang
A) chivinlar;
B) bukurlar;
C) so’nalar;
D) iskabtoparlar;
13. Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
Chivinlarga o’xshash mayda hasharotlar odam va hayvonlar qonini so’rib oziqlanadigan va cho’ldagi kemiruvchilar inida ko’p uchraydigan ………..hasharotlar xisoblanadi.
A) so’nalar;
B) bukurlar;
C) bo’kalar;
D) iskabtoparlar;
14. Hayvonlar terisini jag’lari yordamida teshib, qonini so’riadigan va ular cho’l mintaqalarda juda ko’p uchraydi, bu qaysi hasharotga tegishli ta’rif
A) yashil go’sht pashshasi;
B) so’nalar;
C) chivinlar;
D) kulrang o’laksa pashsha;
15. Qaysi ikki qanotlining lichinkasi hovuz hamda ko’lmak suvlarda rivojlanadi, voyaga yetgani odam va hayvon qonini so’radi
A) so’nalar;
B) chivinlar;
C) bo’kalar;
D) pashshalar;
16. Bo’kalarning qurti qayerda rivojlanadi
A) qoramollar terisi ostida;
B) qo’ylar burun bo’shlig’ida;
C) otlar oshqozonida;
D) barchasi to’g’ri;
17. Uy pashshalari (I) va kanalar (II) odamlarga qanday kasalliklarni yuqtirishi mumkin?
1) vabo; 2) sil; 3) terlama; 4) ensefalit; 5) ichburug’; 6) tulyaremiya
A) 1-1,2,5,11-3,4,6
B) 1-2,5,11-1,3,4,6
C) 1-2, 3, 5; II-1,4, 6
D) 1-1,2, 3; II-4,5,6
18. Axlatxonalarni yaxshi ko‘rishsa-da, ozodalikka rioya qiladigan jonivorlar qaysi?
A) Asalari
B) Chumoli
C) Pashsha
D) Qo’ng’iz



Download 274.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling