Boboxonov Muzaffar
-§. Hasharotlarning kelib chiqishi va ahamiyati
Download 274.96 Kb.
|
2 5456422776069951941
27-§. Hasharotlarning kelib chiqishi va ahamiyati
1. Tukli arilar qaysi oila o’simliklarining asosiy changlatuvchisi hisoblanadi? A) gulxayridoshlar B) murakkabguldoshlar C) burchoqdoshlar D) ra’noguldoshlar 2. Qaysi parazit hasharotlar to’liq o’zgarish bilan rivojlanadi? A) olma mevaxo’ri, to’shak qandalasi B) kolorado qo’ng’izi, to’shak qandalasi C) burga, xasva qandalasi D) olma mevaxo’ri, kolorado qo’ng’izi 3. Quyidagi hasharotlar orasidan yaydoqchilarni ko’rsating. A) poliksina, maxaon B) zorka, podalariy C) podalariy, kulrang satir D) trixogramma, gabrobrakon 4. Hayvonlarning murdasi va tezagi bilan oziqlanuvchi hasharotlami aniqlang. 1) o’laksaxo’r qo’ng’izlar; 2) go’ngxo’r qo’ng’izlar; 3) pashshalaming qurtlari; 4) ninachi lichinkasi; 5) kana lichinkasi A) 1,4,5 B) 1,2,5 C) 1,2,3 D) 1,2,4 5.Zararkunanda hasharotlarga qarshi qo’llaniladigan biologik kurash usulidan foydalanishning afzalliklarini aniqlang. a) zaharli kimyoviy moddalarni qo’llashni cheklash; b) foydali hayvonlarni himoya qilish; c) foydali hayvonlarni jalb etish va ko’paytirish; d) almashlab ekishni joriy etish; e) kimyoviy moddalardan keng foydalanish A) a, b, c, d B) b, c, e C) c, d, e D) b, c, d, e 6.Bo’g’imoyoqlilarning ajdodi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping. A) tuban tuzilgan yassi chuvalchanglar B) tuban tuzilgan to’garak chuvalchanglar C) tuban tuzilgan halqali chuvalchanglar D) tuban tuzilgan boshoyoqli molluskalar 7.Halqali chuvalchanglar bilan bo’g’imoyoqlilar o’rtasidagi oraliq hayvon turini aniqlang. A) ninachi B) chigirtka C) nozema D) trilobit 8. Yirtqich hasharotlarni ko’rsating. 1) ninachi; 2) ninachi lichinkasi; 3) xonqizi; 4) tillako’z; 5) podalariy; 6) tukli ari A) 1,2,6 B) 1,2,5 C) 1,2,5,6 D) 1, 2, 3, 4 9. Qadimgi bo’g’imoyoqlilarni belgilang. A) trilobitlar B) qisqichbaqasimonlar C) stegotsefallar D) psilofitlar 10.Qaysi hayvon halqali chuvalchanglardan kelib chiqqan? A) qisqichbaqasimonlar B) trilobitsimonlar C) yassi chuvalchanglar D) o’rgimchaklar 11. Olma mevaxo’rining g’umbagi qayerda rivojlanadi A) tuproq kovaklarida; B) daraxt po’stlog’ida; C) hayvon va o’simlik qoldiqlarida; D) meva ichida; 12. Kolorodo qo’ng’izi tuxumlarni qayerga qo’yadi A) nam tuproqqa; B) barglar ostiga; C) ildiz yuzasiga; D) quruq tuproqqa; 13. Qaysi hasharotlar tabiiy sanitarlar xisoblanadi A) xonqizi, tillako’z; B) o’laksaxo’r, go’ngxo’r; C) halqali ninachi, ikki nuqtali xonqizi; D) halqali qandala, shoxdor qo’ng’iz; 14. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Tukli arilar…….asosiy changlatuvchisisi xisoblanadi A) anjir, anor; B) grechixa, no’xat; C) beda, sebarga; D) loviya, no’xat; 15. Kungaboqar qaysi hasharotlar yordamida changlanadi A) asalarilar; B) yovvoyi arilar; C) kapalaklar; D) yaydoqchilar; 16. Zararkunanda hasharotlar ro’yxatiga hasharotlarning qancha turi kiritilgan A) 700 turi; B) 7000 turi; C) 70000 turi; D) 70 turi; 17. Zararkunanda hasharotlarning zarar keltiradigan ozig’ini belgilang a)-donli ekinlar; b)sabzavotlar va poliz ekinlari; c)mevalar; d)go’za; e)ombordagi oziq-ovqat maxsulotlari; f)kortoshka; j)jun va jundan to’qilgan maxsulotlar; 1-Osiyo chigirtkasi; 2-xasva qandalasi; 3-shiralar 4-olma qurti; 5-tunlam kapalagi; 6-kolorodo qo’ng’izi; 7-mita va uning lichinkasi; 8-xona kuyasi va lichinkasi; A) a-1,2, b-3, c-4, d-5, e-7, f-6, j-8; B) a-7, b-3, c-4, d-5, e-1,2, f-6, j-8; C) a-1,2, b-3, c-4, d-5, e-7, f-8, j-6; D) a-3, b-1,2, c-4, d-5, e-7, f-6, j-8; 18. Zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik kurashda qaysi hasharotlarning ko’payishi foydali 1-xonqizi; 2-tillako’z; 3-bronza qo’ng’iz; 4-trixogramma; 5-uy pashshasi; 6-gabrabrakon; 7-inkarziya; A) 1,2,4,6,7; B) 1,2,3,4,5; C) 3,4,5,6,7; D) 2,4,5,6,7; 19. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Trilobitlar…….orasidagi oraliq hayvon (forma) xisoblanadi A) halqali chuvalchanglar bilan bo’g’imoyoqlilar o’rtasida; B) qisqichbaqasimonlar bilan hasharotlar o’rtasida C) halqali chuvalchanglar bilan o’rgimchaksimonlar o’rtasida; D) halqali chuvalchanglar bilan qisqichbaqasimonlar o’rtasida; 20. Bo’g’imoyoqlilarning kelib chiqishi ketma ket tartibda belgilang 1-halqali chuvalchanglar; 2-qisqichbaqasimonlar; 3-sodda tuzilgan qadimgi bo’g’imoyoqlilar; 4-hasharotlar; 5-o’rgimchaklar; A) 1,3,2,5; B) 2,3,5,4; C) 1,3,4,2; D) 1,3,5,4; 21. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Zararkunandalarga qarshi ularning kushandalaridan foydalanish bu……… A) biotexnologik jarayondan iborat; B) ekologik tozalashdan iborat; C) biologik kurashdan iborat; D) intraduksiya xisoblanadi; 22. Hasharotlar orasida qaysi biri balandlikka sakrash bo’yicha champion hisoblanadi? A) chigirtka B) beshiktervatar C) mita D) burga 23. Burganing uzunligi qancha va qancha balandlikka sakray oladi? A) 3 mm; 50 sm B) 5 mm; 50 sm C) 3 mm; 30 m D) 5 mm; 50 m Download 274.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling