Boboxonov Muzaffar
-§. Parazit chuvalchanglarning xilma-xilligi
Download 274.96 Kb.
|
2 5456422776069951941
11-§. Parazit chuvalchanglarning xilma-xilligi
1.Oraliq xo’jayinsiz rivojlanuvchi parazit chuvalchang(lar)ni ko’rsating. 1) exinokokk; 2) jigar qurti; 3) bolalar gijjasi; 4) cho’chqa tasmasimon chuvalchangi; 5) askarida A) 1, 2, 4 B) 3,4 C) 2,5 D) 3, 5 2.Faqat odam organizmida rivojlanuvchi parazit chuvalchang(lar)ni ko’rsating. 1) exinokokk; 2) jigar qurti; 3) bolalar gijjasi; 4) cho’chqa tasmasimon chuvalchangi; 5) askarida A) 1, 2, 4 B) 3,4 C) 2,5 D) 3, 5 3. Bolalar gijjasi qanday rangda va kattalikda bo’ladi A) oqish rangli, 5-10 mm; B) sarg’ish rangli, 5-10sm; C) oqish rangli, 5-10sm; D) oqish rangli, 0,3-0,6mm; 4. Bolalar gijjasi qachondan boshlab orqa chiqaruv teshigi yaqinida yashay boshlaydi A) urug’lanish davrida; B) urug’lanishdan oldin; C) urug’langandan keyin; D) odamga yuqqandan boshlab; 5. Nematodalar qaysi o’simliklar ildiziga ziyon yetkazadi 1-bodring; 2-bug’doy; 3-sholi; 4-pomidor; 5-qovun; 6-kanop; A) 1,4,5,6; B) 1,2,3,4; C) 1,3,4,5; D) 1,3,4,6; 6. Cho’chqa tasmasimon chuvalchangi qoramol tasmasimon chuvalchangidan nimasi bilan farq qiladi? A) boshida ilmoqlari bo’ladi B) finna orqali yuqadi C) boshida 4 ta so’rg’ichi bo’ladi D) berilganlarning barchasi 7. Parazit chuvalchanglar ichida lichinkalik davrida ham ko’payish xususiyatiga ega bo’lgani qaysi A) bolalar gijjasi va jigar qurti; B) bo’rtma nematoda va askarida; C) askarida va exinokokk; D) jigar qurti va exinokokk; 8. Parazit chuvalchanglarni o’rganuvchi fan A) briologiya; B) protozoologiya; C) gelmintologiya; D) fitologiya; 9. Exinokokk voyaga yetgan davrida qaysi organizmda parazitlik qiladi A) yirtqich hayvonlarda; B) odamda; C) o’txo’r hayvonlarda; D) faqat qoramollarda; 10. Exinokokk oraliq xo’jaynini belgilang A) odam organizmi; B) yirtqich hayvonlar C) o’txo’rlar hayvonlar; D) A,C 11. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. ….. yassi chuvalchanglar tipi, tasmasimon chulvalchanglar sinfiga kiradi? askarida B) nematoda C) exinokokk D) planariya 12.Uning uzunligi 0,3-0,6 mm bo’ladi? A)bolalar gijjasi B) evglena C) exinokokk D) tufelka 13.Jigar qurti (1), qoramol tasmasimon chuvalchangi (2), exinokokk (3) va askarida (4) qaysi holatida odamga yuqadi? a) sista; b) finna; c) tuxum; d) olti ilmoqli lichinka; e) dumli lichinka; f) kiprikli lichinka A) 1-f, 2-c, 3-b, 4-c B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-c C) 1-e, 2-d, 3-b, 4-c D) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c 14.Exinokokk bilan zararlanishning oldini olish choralari nimalardan iborat? 1.hayvonlarni zararlangan organlarini itlarga bermaslik 2.qo’lni sovunlab yuvish 3. Kushxonalardan chiqayotgan go’sht mahsulotlarini qat’iy nazorat ostiga olish 4.daydi itlarga qarshi kurashish 5.sabzavotlarni yuvib iste’mol qilish 6. shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish 7. ko’lmak suvlarni ichmaslik A)1.3.4.6 B)2.5.6.7 C)1.2.3.4.7 D)yuqoridagilarni barchasi 15. Gelmintlarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishda qatnashgan olimni aniqlang. A) R.Borovskiy B) K.Skryabin C) O.Bogdanov D) J.Tomson 16. Exinokokka xos bo’lmagan belgi ko’rsatilgan qatorni aniqlang. A) tuxumga to’lgan pufakchalar (finnalar) odamning axlati bilan tashqariga chiqadi B) tanasi 5-6 bo’g’imdan iborat C) boshida 4 ta so’rg’ichlari mavjud D) tuxumga to’lgan oxirgi bo’g’imi axlat bilan tashqariga chiqadi 17. Bolalar gijjasi tuxumlarini qayerga qo’yadi? A) ingichka ichakka B) yo’g’on ichakka C) oshqozon va ko’richakka D) anal teshigi atrofidagi teriga 18. Qaysi parazitning tuxumlari iflos qo’l orqali yana ichakka tushib qolsa, qaytadan rivojlana boshlaydi? A) jigar qurti B) exinokokk C) gijja D) bo’rtma nematoda 19.Quyidagi parazit chuvalchanglar qaysi organizmlarda parazitlik qiladi? 1) bo’rtma nematoda; 2) cho’chqa tasmasimon chuvalchangi; 3) exinokokk; 4) jigar qurti a) odam ichagida; b) it va yirtqich hayvonlarning ichagida; c) odam jigarida; d) o’simlikning yer usti qismida; e) o’simlikning yer osti qismida A) 1-d, 2-c, 3-b, 4-c B) 1-b, 2-a, 3-b, 4-c C) 1-e, 2-a, 3-b, 4-c D) 1-e, 2-b, 3-a, 4-a 20. O’simliklarda (a), faqat odamlarda (b), odam va hayvonlarda (c) parazitlik qiluvchi chuvalchanglarni juftlab ko’rsating. 1) gijja; 2) askarida; 3) bo’rtma nematoda; 4) exinokokk; 5) jigar qurti A) a-3;b-l;c-2,4,5 B) a-3; b-2; c-1, 4, 5 C) a-3; b-1, 2; c-4, 5 D) a-3; b-4, 2; c- 1, 5 21. Bo’rtma nematodalar qayerda parazitlik qiladi? A) o’simliklarning bargida B) poya va gullarda C) o’simliklarning barcha yer ustki qismlarida D) o’simliklarning yer ostki qismida 22.Gelmintologiya fani . . . o’rganadi. A) zaharli o’rgimchaksimonlarni B) parazit hasharotlarni C) parazit chuvalchanglarni D) parazit o’simliklarni 23.Qaysi parazitning yopishuv organlari bo’lmaydi? A) jigar qurtining B) exinokokkning C) cho’chqa tasmasimon chuvalchangining D) askaridaning 24.Pomidor, bodring ildizida no’xatdek shish hosil bo’lishi, hosilining kamayishi va tez orada halok bo’lishi qaysi parazitga bog’liq? A) jigar qurtining dumli lichinkasiga B) bo’rtma nematodaga C) yalang’och shilliqqa D) agrobakteriumga 25.Bo’rtma nematodalar ituzumdoshlar oilasining qaysi vakillarida parazitlik qiladi? A) ituzum, baqlajon B) kartoshka, pomidor C) mingdevona, bangidevona D) kartoshka, baqlajon 26.Bo’rtma nematodalar gulxayridoshlar oilasining qaysi vakillarida parazitlik qiladi? A) kanop, g’o’za B) dorivor gulxayri, kanop C) bo’ritaroq, g’o’za D) Misr g’o’zasi, dorivor gulxayri 27.Bo’rtma nematodalar qovoqdoshlar oilasining qaysi vakillarida parazitlik qiladi? A) qozonyuvg’ich, tarvuz B) qovun, tarvuz C) bodring, qovun D) handalak, tarvuz 28. Ko’katlarni yaxshi yuvmasdan iste’mol qilinsa qaysi parazitni yuqtirish mumkin? A) nereida B) qoramol tasmasimon chuvalchangi C) exinokokk D) jigar qurti Download 274.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling