Boboxonov Muzaffar


-§. Yassi chuvalchanglar tipi: so‘rg‘ichlilar va tasmasimon chuvalchanglar sinflari


Download 274.96 Kb.
bet9/59
Sana05.01.2023
Hajmi274.96 Kb.
#1079237
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   59
Bog'liq
2 5456422776069951941

9-§. Yassi chuvalchanglar tipi: so‘rg‘ichlilar va tasmasimon chuvalchanglar sinflari

1. Jigar qurtining voyaga yetgani hazm qilish funksiyasi va sistemasi qanday tuzilishda bo’ladi


1-og’zi; 2- qisqa halqum; 3-uch shoxli ichak; 4-ikki shoxli ichak; 5-ichak yon shoxlari; 6-o’t suyuqligi bilan oziqlanadi; 7-qonni so’rib oziqlanadi; 8-ichakdagi oziqni tana yuzasi orqali shimib oladi; 9-ichakdagi hazm bo’la boshlagan oziqni og’zi orqali so’radi;
A) 1,2,4,5,6,7;
B) 1,2,3,5,6,7;
C) 4,5,6,7,8,9;
D) 1,2,4,5,6,9;
2. Jigar qurtining oraliq xo’jayni qaysi organizmlar xisoblanadi
A) sut emizuvchilar
B) suv shillig’I;
C) qora mollar;
D) yirtqich hayvonlar;
3. Jigar qurti tuxumlarida qachon kiprikli lichinkalar chiqadi
A) tuxumlar suvga tushganda;
B) suv shillig’I chig’anog’ida;
C) suv yoki oziq bilan hayvonlar ichagiga tushganda;
D) urug’langa tuxumlar pilla ichiga tushganda
4. Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
Suv yoki oziq bilan hayvonlar ichagiga tushgan …. chiqadi
A) tuxumdan lichinka;
B) sistadan lichinka;
C) sistadan voyaga yetganiga o’xshashi;
D) tuxumdan voyaga yetganiga o’xshashi;
5. Qoramol tasmasimon chuvalchagi boshida so’rg’ichlar soni nechta
A) 4ta;
B) 2ta ;
C) 4 juft;
D) 5ta;
6. Qoramol tasmasimon chuvalchagi tanasida nechtagacha bo’g’im bo’lishi mumkin
A) bir mln;
B) ming;
C) yuz ming;
D) o’n mln;
7. Qoramol tasmasimon chuvalchagi gavdasi qanday tuzilishga ega
1-yassi; 2-kichkina bosh; 3-ingichka bo’yin; 4-bo’g’imli tana; 5-har bir bo’g’imida ikkita tuxumdon; 6- har bir bo’g’imidajuda ko’p urug’don; 7- har bir bo’g’imida bitta bachadon; 8- har bir bo’g’imida bitta tuxumdon; 9- har bir bo’g’imida ikkita bachadon; 10- har bir bo’g’imida bitta urug’don; 11- har bir bo’g’imida juda ko’p bachadon;
A) 1,2,3,4,5,6,7;
B) 1,2,3,4,8,9,10;
C) 1,2,4,8,9,10,11;
D) 1,2,3,8,9,10,11;
8. Yassi chuvalchanglar ichida hazm qilish sistemasi rivojlanmagan vakili
A) oq planariya;
B) jigar qurti;
C) qoramol tasmasimon chuvalchangi
D) askarida
9. Qoramol tasmasimon chuvalchagi asosiy xo’jayinini toping
A) odam
B) qoramol
C) suv shillig’I
D) it, bo’ri;
10. Qoramol tasmasimon chuvalchagi odamning qaysi organida parazitlik qiladi
A) yo’g’on ichagida;
B) o’t yo’lida;
C) muskulida;
D) ingichka ichagida
11. Qoramol tasmasimon chuvalchangi uzunligi qancha
A) 8-10sm
B) 8-10m
C) 15-20sm
D) 3-4 m
12. Bo’shliqichlilarning lichinkasiga o’xshash bo’lgan chuvalchangni belgilang
A) to’garak chuvalchanglar;
B) ichaksiz kiprikli chuvalchanglar;
C) so’rg’ichli chuvalchanglar ;
D) tasmasimon chuvalchagi;
13. Finna bu nima
A) lichinka qalin qobiqqa o’ralgan va ichi suyuqlikka tolgan bosqichi;
B) lichinkaning yupqa pardaga o’ralib suyuqlikka to’lgan pufakchasi
C) tuxumlarning yupqa pardaga o’ralib suyuqlikka to’lgan pufakchasi
D) sistalarning qalin qobiqli suyuqlik ichida joylashishi
14. Qoramol tasmasimon chuvalchangi ko’payishi bosqichlar to’g’ri berilgan javobni toping
1-lichinkalar yumaloqlanadi va qalin qobiqqa o’ralib sistaga aylanadi; 2- qon orqali jigar, muskullarda o’rnashadi; 3-olti ilmoqli lichinkalar muskulda yupqa pardaga o’raladi; 4-pufaklik davriga o’tadi; 5-suyuqlik bilan to’la pufak odamga yuqadi 6-o’t yo’llaridan urug’langan tuxumlar ichakka tushadi; 7-ichakda bachadoni tuxumlarga to’lgach bo’g’imi uziladi; 8-ichakdan axlat bilan tashqariga tuxumlarga to’la bachadonli bo’g’imi chiqadi; 9-chuvalchang bachadonidan tuxumlar axlat bilan tashqariga chiqadi; 10-tuxumlar yem-xashak orqali qoramolga yuqadi; 11-tuxumdan chiqqan lichinkalar ichak devori orqali qonga o’tadi;
A) 7,8,10,11,2,3,4,5;
B) 6,8,10,11,2,3,4,5;
C) 7,8,910,11,2,3,4;
D) 7,8,10,11,2,1,4,5;
15. Jigar qurti asosiy xo’jayiniga qanday yuqadi
A) tuxumi orqali;
B) sistasi orqali ;
C) finnasi orqali;
D) lichinkasi orqali;
16. Jigar qurtining qaysi holati suv shillig’iga kiradi?
A) kiprikli lichinka
B) tuxum
C) sista
D) dumli lichinka
17. Yassi chuvalchanglar tipi, so’rg’ichlilar sinfiga mansub hayvonni belgilang.
A) oq planariya
B) jigar qurti
C) askarida
D) exinokokk
18. Har bir bo’g’imda juda ko’p urug’donlar bo’ladigan hayvonni aniqlang.
A) oq planariya
B) askarida
C) qoramol tasmasimon chuvalchangi
D) yomg’ir chuvalchangi
19. Jigar qurtining qoramol tasmasimon chuvalchangidan farqi nimada?
A) hazm organlari rivojlangan
B) hazm organlari rivojlanmagan
C) yassi chuvalchanglar tipining vakili
D) parazit hayot kechiradi
20. Jigar qurti lichinkasi qayerda sistaga aylanadi?
A) suvda
B) jigarda
C) qonda
D) ichakda
21. So’rg’ichli chuvalchanglarning tasmasimon chuvalchanglardan asosiy farqini ko’rsating.
A) nerv sistemasining bo’lishi
B) hazm qilish sistemasining bo’lishi
C) qon aylanish sistemasining bo’lishi
D) oraliq xo’jayinning bo’lishi
22. Qoramol tasmasimon chuvalchangi oxirgi bo’g’imlari o’rta bo’g’imlardan nimasi bilan farq qiladi?
1) ikkita tuxumdonga ega; 2) ko’p urug’donlar bo’ladi; 3) faqat tuxumga to’lgan bachadonga ega; 4) ko’p marta shoxlangan ichagi mavjud.
A) 1, 2, 3
B) 2, 3, 4
C) 3
D) 3, 4
23. Olti ilmoqli lichinka qaysi organizmda rivojlanadi?
A) chuchuk suv shillig’ida
B) qoramolda
C) odam ichagida
D) yirtqich hayvonlarning jigarida
24. Uchta lichinka bosqichi orqali rivojlanish qaysi parazit chuvalchang uchun xos?
A) cho’chqa tasmasimon chuvalchangi
B) bolalar gijjasi
C) exinokok
D) jigar qurti
25.Har bir bo’g’imida bir juft tuxumdon, bitta
bachadon va ko’p urug’donga ega bo’lgan
hayvonlarni ko’rsating.
A) qoramol tasmasimoni, cho’chqa
tasmasimoni
B) askarida, yomg’ir chuvalchangi
C) nereida, ostritsa
D) yomg’ir chuvalchangi, exinokokk



Download 274.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling