Boboxonov Muzaffar
III-BOB: KO‘P HUJAYRALI HAYVONLAR: BO‘SHLIQICHLILAR TIPI
Download 274.96 Kb.
|
2 5456422776069951941
III-BOB: KO‘P HUJAYRALI HAYVONLAR: BO‘SHLIQICHLILAR TIPI
6-§. Gidroid poliplar sinfi: chuchuk suv gidrasi 1.Tana shakli slindrsimon bo’lgan hayvonni belgilang? A) odam askaridasi B) gidra C) exinokokk D) aureliya 2. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Gidra …bilan suvdagi narsalarga yopishib oladi? A) paypaslagichlari B) butun tanasi C) tovoni D) og’zi 3. Gidra tanasining qaysi qismida oraliq hujayralar joylashgan? A) ektoderma hujayralari orasida B) ektoderma bilan endoderma oralig’ida C) endoderma hujayralari orasida D) bunday hujayra bo’lmaydi 4. Bo’shliqichlilarning ta’sirlanishga javob berish xususiyati qanday nomlanadi? A) refleks B) taksis C) nastiya D) transpiratsiya 5.Polip deb nimaga aytiladi A) hayvon tanasini bitta o’q chiziqdan chiquvchi nurlar bo’ylab o’zaro mos keladigan teng qismlardan iborat bo’lishi; B) tanasining ostki tomonida tovoni, qarama-qarshi tomonida paypaslagichlari bo’lgan hayvonlarga; C) suv tubidagi narsalarga yopishib olib hayot kechiradigan bo’shliqichlilarga; D) suvda erkin qalqib yuruvchi bo’shliqichlilarga; 6. Ektoderma hujayralari orasida mayda sezuvchi tukchalarga ega bo’lgan …………….hujayralar joylashgan A) otuvchi hujayralar; B) nerv hujayralari; C) muskul hujayralari; D) hazm qilish hujayralari; 7. Gidra tanasining uzunligi qancha A) 5-7 mm; B) 10-15 mm; C) 8-9 mm; D) 4-5 mm; 8. Bo’shliqichlilar tipiga qaysi sinflar kiradi A) aktiniyalar; B) ssifoid meduzalar; C) g’ovaktanlilar; D) barchasi to’g’ri; 9. Gidraga tegishli to’g’ri ta’rifni toping A) biloterial simmetriyali; B) radial simmetriyali; C) birlamchi bo’shliqichlilar; D) ikkilamchi bo’shliqichlilar; 10. Gidra tanasidagi nerv hujayralariga tegishli ta’rifni aniqlang A) uzun o’simtali; B) tarqoq joylashgan; C) o’simtalari tutashib nerv to’rni hosil qiladi; D) barchasi to’g’ri; 11. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Gidra tashqi ta’sirga javoban nerv hujayralari yordamida……….. A) umbaloq oshadi; B) tanasini yig’ib oladi; C) tovoni yuqoriga ko’tariladi; D) tanasi bo’laklarga bo’linadi; 12. Gidra tanasidagi qaysi hujayralarda soxta oyoqlar bo’ladi A) otiluvchi hujayrada; B) tuxum hujayrada; C) urug’ hujayrada; D) oraliq hujayrada; 13. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Gidra tanasini jarohatlangan qismi qayta tiklanishini ………………..bajaradi A) muskul hujayra; B) xivchinli hujayra; C) oraliq hujayra; D) mezogliy parda; 14. Gidra qishda …………………… A) spora hosil qiladi; B) nobud bo’ladi; C) yumaloqlanib qalin qobiqqa o’raladi; D) hayvonlar tanasiga kirib oladi; 15. Qachon gidra tanasining sirtida kichik bo’rtmachalar paydo bo’ladi A) bahorda; B) yozda; C) kuzda; D) qishda; 16. Gidra tanasidagi kurtaklardan yosh gidraga aylanishi qachon bo’ladi A) paypaslagichlar va og’iz teshigi hosil bo’lgach; B) suv harorati pasaygandan keyin; C) qishda gidra nobud bo’lgandan keyin; D) yosh gidra tanasida bo’rtmachalar paydo bo’lgandan keyin; 17. Gidra endoderma qavatidagi yirik xivchinli hujayraning vazifasi nima A) harakatlanish; B) hazm qilish; C) hazm shirasi ishlab chiqarish; D) B va C; 18. Gidraning tuxum hujayrasi qayerda yetiladi A) paypaslagichlardagi kapsulada; B) tana kurtaklarda; C) tana bo’rtmachalarda; D) ikki qavatli embrion xaltasida 19. Otuvchi hujayralar gidra tanasining qaysi qismida juda ko’p bo’ladi? A) tovonda B) paypaslagichlarida C) yon tomonida D) barcha qismida teng taqsindangan 20. Gidraga xos bo’lmagan belgini aniqlang. A) tanasi nurli simmetriyali B) tana devori ikki qavat joylashgan hujayralardan iborat C) tanasi ikki tomonlama simmetriyali D) jinssiz va jinsiy yo’l bilan ko’payadi 21. Gidraning endoderma qavatida qanday hujayralarni farqlash mumkin? A) soxta oyoqli va otuvchi B) xivchinli va bezli C) otuvchi va bezli D) oraliq, teri-muskul, jinsiy 22. Gidra va sodda hayvonlarning qaysi jarayoni o’xshash? A) faqat jinssiz yo’l bilan ko’payadi B) refleks xos C) tanasi ikki qavat hujayralardan iborat D) oziq hujayra ichida hazm bo’ladi 23.Gidra tanasidagi hujayralarni bajaradigan vazifalari bilan juftlab bering. 1. teri-muskul; 2. oraliq; 3. bezli; 4. nerv; 5. otuvchi a) harakatlanish; b) regeneratsiya; c) hazm qilish; d) ta’sirlanish; e) oziqni (o’ljani) falajlash A) 1a; 2d; 3c; 4b; 5e B) 1d; 2e; 3c; 4a; 5b C) 1a; 2b; 3c; 4d; 5e D) 1a; 2c; 3b; 4d; 5e 24. Bo’shliqichlilar tanasidagi oraliq hujayralarga xos bo’lmagan belgilar keltirilgan qatorni aniqlang. A) yirik, mayda yadroli, endoderma qavatida joylashadi B) mayda, yirik yadroli, ektoderma qavatida joylashadi C) regeneratsiyani ta’minlaydi D) ektoderma qavatida joylashgan, regeneratsiyani ta’minlaydigan yirik yadroli 25. Gidraning jinsiy hujayralari qachon hosil bo’ladi? A) bahorda B) yozda C) kuzda D) qishda 26. Gidra tuxum hujayrasida . . . bo’ladi. A) soxta oyoqlari B) xivchinlar C) kipriklar D) tukchalar, tikanlar 27. Bo’shliqichlilar tanasidagi oraliq hujayralarga xos bo’lmagan belgilar keltirilgan qatorni aniqlang. A) yirik, mayda yadroli, endoderma qavatida joylashadi B) mayda, yirik yadroli, ektoderma qavatida joylashadi C) regeneratsiyani ta’minlaydi D) ektoderma qavatida joylashgan, regeneratsiyani ta’minlaydigan yirik yadroli 28.Gidraning tashqi -ektoderma va ichki - endoderma qavatlari … bilan ajralgan? A) oraliq modda B) yupqa parda C) suyuqlik bilan D) tana bo’shlig’i 29. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Gidraning tashqi qavat asosan …hujayralaridan iborat? A) oraliq hujayralaridan B) otiluvchi hujayralaridan C) teri-muskul hujayralaridan D) yulduzsimon hujayralaridan 30. Gidra necha hil harakatlanadi? A) 2 hil B) 1 hil C) 3 hil D) o’troq yashaydi Download 274.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling