Boboxonov Muzaffar
-§. Infuzoriyalar va sporalilar sinflari
Download 274.96 Kb.
|
2 5456422776069951941
5-§. Infuzoriyalar va sporalilar sinflari
1. Eng murakkab tuzilgan bir hujayralilarni aniqlang. A) xivchinlilar B) soxta oyoqlilar C) infuzoriyalar D) aktiniyalar 2.Infuzoriya tufelkaning qaysi organoidlari boshqa bir hujayralilarga nisbatan murakkab tuzilgan? A)yadrolari B) otiluvchi tanachalari C)hujayra qobig’i D) hazm qilish va ayirish 3.Qaysi hayvon birinchi marta pichan ivitmasida topilgan? A) bakteriya B) amyoba C) tufelka D) evglena 4.Kiprikchalarning tebranishi tufayli tufelka … tomoni bilan oldinga suzadi? A) yon B) to’mtoq C) orqa D) og’iz tomoni 5. Infuzoriya so’zining ma’nosini aniqlang A) o’simliksimon xivchinli; B) pichan ivitmasi; C) hayvonsimon xivchinli; D) poshnasimon; 6. Tufelkaning uzunligi qancha keladi A) 0,2-0,5 mm; B) 0,1-0,3 mm; C) 0,1-0,3 mkm; D) 50-70 mkm; 7. Tufelka tanasining yon tomonidagi uzun tarnovsimon chuqurchasi…… A) og’iz bo’shlig’iga ochiladi; B) halqumi bilan tutashadi; C) sitoplazmaga ochiladi; D) hazm vokuolasiga ochiladi; 8. Tufelkada hazm vakuolalari sitoplazma oqimi bo’ylab tufelka tanasini aylanib, oziq hazm bo’ladi hazm bo’lmagan oziq esa……………….. A) tanasining oldingi va keyingi tomonidagi bittadan qisqaruvchi vakuola orqali tashqariga chiqadi; B) tanasining keyingi tomonidagi teshikcha orqali tashqariga chiqadi; C) butun tanasi yuzasi bo’ylab joylashgan vakuollar orqali tashqariga chiqadi; D) tanasining to’mtoq tomonidagi teshikchalar yordamida tashqariga chiqariladi; 9. Tufelka tanasida moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan keraksiz mahsulotlar tashqariga qanday chiqariladi A) tanasining oldingi va keyingi tomonidagi bittadan qisqaruvchi vakuola orqali tashqariga chiqadi; B) tanasining keyingi tomonidagi teshikcha orqali tashqariga chiqadi; C) butun tanasi yuzasi bo’ylab joylashgan vakuollar orqali tashqariga chiqadi; D) tanasining to’mtoq tomonidagi teshikchalar yordamida tashqariga chiqariladi; 10. Sporalilar sinfi qancha tur hayvonlarni o’z ichiga oladi A) 4000 tur; B) 40 000 tur; C) 7000 tur; D) 70 000 tur; 11. Sporalilar sinfiga kiruvchi tut ipak qurti va asalari parazitini aniqlang A) leyshmaniya; B) nozema; C) exinokokk; D) gijja; 12. Bezgak paraziti odamning……….da parazitlik qiladi A) qon plazmasida; B) qizil qon tanachalarda; C) oq qon tanachalarda; D) qon plastinkalarda; 13. Bezgak paraziti qachon odamda harorati ko’tarilib bezgak huruj qilishiga olib keladi A) bezgak odamga yuqqan vaqtda; B) qon plazmasidan eritrositlarga o’tganda; C) eritrositlardan qon plazmasiga chiqqanda; D) odam tez harakatlanganda; 14. Volvoks koloniyasida qancha ikki xivchinli hujayralardan tashkil topgan bo’ladi A) 100 ga yaqin; B) 1000 ga yaqin; C) 100 000 ga yaqin; D) 1000 000 ga yaqin; 15. Volvoks koloniyasi sharsimon ko’rinishga ega bo’lib uning ichi…………… A) bo’shliqdan iborat; B) dildiroq moddadan iborat; C) sitoplazmatik ipchalardan iborat; D) noksimon hujayaralardan iborat; 16 Tufelka hujayrasida………..bo’ladi A) ikkita xar xil yadro; B) bitta qisqaruvchi vakuola; C) bitta hazm vakuolasi; D) barchasi to’g’ri; 17. Tufelka jinssiz ko’payishining oxirgi bosqichida tanasi ingichkalashib ikkiga ajraladi va bitta infuzoriyadan ikkita infuzoriya hosil bo’ladi dastlab har bir infuzoriyada ………? A) bittadan yadro bo’ladi; B) ikkita chiqarish teshigi bo’ladi; C) bittadan qisqaruvchi vakuola bo’ladi; D) barchasi to’g’ri; 18. Sporalilarning tuzilishi soddalashishiga sabab nima A) spora hosil qilishi; B) yadrosi yiriklashishi; C) parazit yashashi; D) barchasi to’g’ri; 19. Bo’linishdan hosil bo’lgan yosh tufelkada qaysi organoid keyinchalik paydo bo’ladi? A) hazm vakuola B) kichik yadro C) otiluvchi tanacha D) qisqaruvchi vakuola 20.Sporalilar sinfining qancha turlari odam va hayvonlarda parazitlik qiladi? A) 40 mingdan ortiq B) hamma turlari C) 200 dan ortiq D) A,B 21.Quyida keltirilgan sinflardan qaysi birining vakillarida harakatlanish, hazm qilish va ayirish organoidlari bo’lmaydi. A) Soxta oyoqlilar B)Xivchinlilar C)Infuzoriyalar D)sporalilar 22.Qaysi sinf vakillari bezgak parazitini odamga yuqtiradi? A) Xivchinlilar B) sporalilar C) kemiruvchilar D) hashorotlar 23.Bezgak paraziti yuqqan odamning harorati qachon ko’tariladi? A) bezgak paraziti qon plazmasiga chiqqanda B) bezgak paraziti qon hujayralarini yemira boshlaganda C) bezgak paraziti qon hujayralarida ko’payganda C) bezgak paraziti yuqqan zahoti 24. Nozemaga xos bo’lgan belgilarni ajrating. a) harakatlanish organoidi bo’lmaydi; b) harakatlanish organoidi bo’ladi; c) hazm organoidi bo’lmaydi; d) hazm organoidi bo’ladi; e) ayirish organoidi bo’lmaydi; f) ayirish organoidi bo’ladi; j) tut ipak qurti va asalari paraziti; k) odam paraziti A) a, c, e,j B) b, d, f, k C) a, c, f, k D) b, d, e, j 25. Sporalilar hujayrasida ... bo’ladi. A) yadro, hujayra membranasi B) yadro, hazm vakuolasi, sporasi C) hujayra membranasi, ayirish organoidi D) hazm, ayirish, harakatlanish organoidlari 26. Tufelka tanasida qaysi organoidlari ikkitadan bo’ladi? A) yadro va qisqaruvchi vakuolalar B) yadro va hazm vakuolalari C) hazm va qisqaruvchi vakuoialar D) yadro, qisqaruvchi vakuolalar va mitoxondriya 27. Tufelka qaysi tipga mansub? A) soxta oyoqlilar B) xivchinlilar C) infuzoriyalar D) sodda hayvonlar 28. Tufelkaga xos bo’lmagan belgini aniqlang. A) tanasi kipriklar bilan qoplangan B) halqum va chiqaruvchi teshigi mavjud C) kuydiruvchi tanachalar mavjud D) ektoderma qavatida xivchinli hujayralar mavjud 29. Qon zardobi (a) va shaklli elementlarida (b) parazitlik qiluvchi organizmlarni aniqlang. 1) ichburug’ amyobasi; 2) bezgak paraziti; 3) tripanosoma; 4) leyshmaniya A) a-1, b-2 B) a-2, b-3 C) a-3, b-4 D) a-3, b-2 30. Nozema sodda hayvonlarning qaysi guruhiga mansub va u qayerda parazitlik qiladi? A) xivchinlilar, tut ipak qurtida B) infuzoriya, asalarida C) sporalilar, odam qonida D) sporalilar, tut ipak qurtida Download 274.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling