Boboxonov Muzaffar
VII_BOB: BO‘G‘IMOYOQLILAR TIPI
Download 274.96 Kb.
|
2 5456422776069951941
VII_BOB: BO‘G‘IMOYOQLILAR TIPI
7.1.QISQICHBAQASIMONLAR SINFI 16-§. Daryo qisqichbaqasining tashqi tuzilishi va ko‘payishi 1. Birlamchi suvda yashovchi bo’g’imoyoqlilarni aniqlang. A) qisqichbaqasimonlar B) o’rgimchaksimonlar C) hasharotlar D) barchasi 2. Daryo qisqichbaqasining tanasi ustki qismi va ostki tomoni qanday rangda bo’ladi A) ko’kimtir-qo’ng’ir, oqish; B) qoramtir-qo’ng’ir, oqish; C) ko’kimtir-qo’ng’ir, sarg’ish; D) ko’kimtir-sarg’ish, kulrang; 3. Daryo qisqichbaqasiga xos xuxusiyatlarni belgilang 1-oziq hidini yaxshi sezadi; 2-kunduzi toshlar ostida bekinib yotadi; 3-kechasi daraxtlar ildizi ostidagi inlarda bekinib yotadi; 4-oziq izlab kunduzi chiqadi; 5-oziq izlab kechasi chiqadi; 6-asosiy ozig’I suvo’tlar; 7-asosiy ozig’I hasharotlar; A) 1,2,5,7; B) 1,2,5,6; C) 1,3,4,7; D) 1,3,4,6; 4. Qisqichbaqaning og’iz teshigi nechta jag’ bilan o’ralgan? A) uchta B) ikkita C) to’rtta D) oltita 5.Daryo qisqichbaqasining jabralari……….joylashgan. A) jag’oyoqlar va yurish oyoqlar asosida; B) ko’krak va qorin oyoqlar asosida; C) tanasining orqa qismida; D) qorin oyoqlar asosida; 6. Daryo qisqichbaqasining hid bilish va tuyg’u organlarini aniqlang. A) faqat uzun mo’ylovlari B) faqat oyoqlaridagi tukchalar C) mo’ylovlari va oyoqlari sirtida joylashgan tukchalar D) kalta mo’ylovlari va xitin plastinkasi 7. Qisqichbaqasimonlarning boshqa bo’g’imoyoqlilardan qanday farqi bor A) ikki juft mo’ylovlarining bo’lishi; B) tanasi xitin qoplag’ich bilan qoplanganligi; C) po’st tashlab o’sishi; D) oddiy ko’zlarining bo’lishi; 8. Daryo qisqichbaqasining qorin bo’limi nechta bo’g’imdan iborat va har qaysi bo’g’imdan nechta qorin oyoqlar bo’ladi A) 7 bo’g’imdan, 2 tadan 10 tasi ikki shoxli; B) 7 bo’g’imdan, 1 tadan 10 tasi ikki shoxli; C) 10 bo’g’imdan, 1 tadan 6 tasi ikki shoxli; D) 10 bo’g’imdan, 2 tadan 6 tasi ikki shoxli; 9. Daryo qisqichbaqasining boshko’kragining keyingi qismidagi 3 juft jag’oyoqlar qanday vazifa bajaradi A) suvda harakatlanishni osonlashtiradi B) ozig’ini maydalash va tuyg’u; C) ozig’ini maydalash va og’izga yo’naltirish; D) ozig’ini ushlab og’ziga surish va jabralarga suvni haydash; 10. Daryo qisqichbaqasining tuxumlaridan qachon qisqichbaqalar chiqadi A) erta bahorda; B) yoz boshlanganda; C) kuz boshida; D) kuz oxirida; 11. Qisqichbaqaning qaysi oyoqlari ikki shoxli bo’ladi? A) yurish oyoqlari B) jag’ oyoqlari C) qorin oyoqlari D) oyoq paypaslagichlari 12.Urg’ochi qisqichbaqalar qaysi belgilari bilan erkagidan farq qiladi? A) ancha yirik B) qorin qismi kengroq C) 1- va 2-juft oyoqlarining tuzilishi D) barcha javoblar to’g’ri 13. Daryo qisqichbaqasiga xos bo’lgan belgilarni ko’rsating 1-suv tubida o’rmalab harakatlanadi; 2-dum suzgichlarini qorin tomonga siltab, orqa tomoni bilan suzib harakatlanadi; 3-urg’ochisi erta bahorda tuxum qo’yadi; 4-urg’ochisi yoz boshlanishi bilan tuxum qo’yadi; 5-jabralari yurish oyoqlari asosida joylashgan; 6-jabralari jag’lari asosida joylashgan; 7-tanasi bosh, ko’kra, qorin bo’limlardan iborat; 8-qalqon oldingi uchi uzun pixni xosil qilgan; A) 1,2,3,5,7; B) 1,2,3,6,7; C) 1,2,3,5,6; D) 1,2,3,5,8; 14. Daryo qisqichbaqasini qattiq po’stini o’sishdan to’xtashiga nima sabab bo’ladi A) suvning sho’rlanishi; B) eski qoplag’ich ostida yangisi hosil bo’lishi; C) ohak modda shimilishi; D) uyquga ketishi 15. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Qisqichbaqalar hamma bo’g’imoyoqlilar singari……. A) ikki jut mo’ylovlari bor; B) bir juft fasetkali ko’zlari bor; C) tulab o’sadi; D) to’rt jut yurish oyoqlari bor; 16. Chuchuk suvda tarqalgan qisqichbaqasimonlardan qaysi biri ikkita shoxlanmagan mo’ylovlarga ega A) dafniya; B) siklop; C) kamchatka krabi; D) krevetka; 17. Daryo qisqichbaqasining og’iz teshigini 3 juft jag’lar o’rab tursa boshko’kragidagi qolgan o’simtalar nechta A) 8 ta; B) 10 ta; C) 14 ta; D) 16 ta; Download 274.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling