Boboxonov Muzaffar
Download 274.96 Kb.
|
2 5456422776069951941
45-§. Qushlarning mavsumiy
hodisalarga moslashishi 1. O’troq (a) va ko’chib yuruvchi (b) qushlarni ko’rsating. 1) qorayaloq; 2) mayna; 3) kaklik; 4) zog’cha; 5) musicha; 6) chittak A) a-1, 2, 3; b-4, 5, 6 B) a-1, 4; b-2, 3, 5, 6 C) a-2, 3, 5, 6; b-1, 4 D) a-2, 3, 6; b-1, 4, 5 2. Uchib ketuvchi qushlarni belgilang. A) kaklik, zog’cha, o’rdak B) bulbul, zarg’aldoq, qorayaloq C) zarg’aldoq, laylak, qaldirg’och D) turna, so’fito’rg’ay, kaklik 3. Qaysi qush yoz oxirida urug’ va hasharotlarni daraxtlar po’stlog’i yoriqlariga va shoxlardagi lishayniklar orasiga yopishtirib qo’yadi, oziq taqchil bo’ladigan qish yoki erta bahorda ana shu oziqni topib yeydi, bu qaysi qushga tegishli ta’rif. A) olaqarg’a; B) qorayaloq; C) zarg’aldoq; D) chittak; 4. Qaysi qush kech kuzda yashash joyidagi suv havzalari muzlab, oziq topolmay qolgandan so’ng uchib ketadi A) bulbul; B) so’fito’rg’ay; C) oqqush; D) zarg’aldoq; 5. Qaysi qush yoz oxirida yoki erta kuzda hali uya qurgan joyda havo iliq va oziq mo’l bo’lishiga qaramasdan uchib ketadi A) oqqush; B) laylak; C) oq chil kaklik; D) qorayaloq; 6. Qushlarning mavsumiy hodisalarga moslanishiga ko’ra o’troq qushlarni aniqlang A) zog’cha; B) bulbul; C) olaqarg’a; D) mayna; 7. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. …………qushning bahorda o’z vataniga uchib kelishi uchun signal bo’ladi A) kunlarning qisqarishi; B) uchib ketish instinkti; C) ko’payish instinkti; D) uya qurish instinkti; 8. Qaldirg’ochlarni qayerda qishlashi aniqlangan A) Afrikada; B) Sharqiy Osiyoda; C) Hindistonda; D) A va C; 9. Qushlarning qishlov joyiga uchib ketishi uchun nima signal bo’ladi? A) kunlarning uzayishi B) bosimning o’zgarishi C) namlikning ortishi D) kunlarning qisqarishi 10. O’rta Osiyo laylaklari….da qishlaydi A) Shimoliy Hindistonda; B) Janubiy-Sharqiy tropik Afrikada; C) Markaziy Amerikada; D) Markaziy Afrikada; 11. Qushlarni halqalashdan maqsad…. A) tarqalishi va umir ko’rishini aniqlash; B) uchib o’tish va qishlash joyini aniqlash; C) ko’payish joyini va oziqlanishini aniqlash; D) A va B; 12. Yevropa laylaklari qayerda qishlaydi A) Hindistonda; B) Afrikada; C) Himolayda; D) Sharqiy Osiyoda; 13. Qaysi qushlar joyi issiq, oziq yetarli bo’lishiga qaramasdan erta uchib ketadi? A) o’rdak, g’oz B) o’rdak, turna C) laylak, qarg’a D) bulbul, zarg’aldoq 14. Bizdagi bulbullar qayerda qishlaydi? A) Tropik Afrika B) Shimoliy Hindiston C) Janubiy-Sharqi Osioda D) Afrika va Hindistonda Download 274.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling