Boboxonova


YOQILG‘ILARNI QAYTA ISHLASH


Download 179.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana23.04.2023
Hajmi179.54 Kb.
#1391725
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
boboxonova

YOQILG‘ILARNI QAYTA ISHLASH 
Suyuq yoqilg‘ilarga neft va uning qayta ishlash natijasida olinadigan cyyuq 
mahsulotlar kiradi. Neftni qayta ishlash qadimdan ma’lum bo‘lib, 1885 yilgacha 
undan faqat yoritish uchun kerosin olinib, qoldig‘i qozon yoqilg‘isi sifatida 
ishlatilgan. Asrimiznig boshida avtomobil va aviatsiya sanoatining rivojlanishi 
ko‘p miqdorda benzin va kerosin talab qildi va neftni chuqur qayta ishlash sanoati-
neft kimyo sanoati rivojlanishi boshlandi. Neftni qayta ishlash natijasida quyidagi 
mahsulotlar olinadi: suyuq va gaz yonilg‘ilar, yoritish uchun kerosinlar, surkov 
moylari, qattiq va yarim qattiq uglevodorodlar: parafin, vazelin va h.k. neft 
bitumlari, kislotalari va ularning hosilalari, sulfo-va to‘yingan karbon kislotalar, 
individual uglevodorodlar -etilen, propilen, metan, benzol, toluol, ksilol va h.k. 
Benzinlar quyidagi talablarga javob berishi kerak: aniq fraksion tarkibiga ega 
bo‘lishi, kimyoviy mustahkamligi, asboblarni korroziyalamaydigan. Benzinlar 


tarkibi 200°S gacha qaynaydigan uglevodorodlardan iborat. Benzinning sifati 
uning detonatsion mustahkamligidadir va u oktan soni bilan belgilanadi. 
Benzinning oktan sonini aniqlashda uning detonatsion mustahkamligi ichki yonuv 
dvigatelida siqilgan izooktan va n- geptan aralashmasining detonatsion 
mustahkamligi bilan taqqoslab olinadi. Izooktan detonatsiyaga moyil emas, uning 
oktan soni 100, n —geptan esa juda moyil va uning oktan soni 0 deb qabul 
qilingan. Masalan, agar benzinning detonatsion mustahkamligi 76% izooktan va 
24% n- geptan aralashmasining detonatsion mustahkamligiga teng bo‘lsa, demak 
uning oktan soni 76 ga teng. Benzinlarning yuqori oktan navlarini yaratish uchun 
ular tarkibidagi uglevodorodlarni izomerlash va aromatlash kerak. 
Antidetonatorlar- turtetil-qo‘rqoshin (etil suyuqligi 1kg benzinga 4ml suyuqlik 
qo‘shiladi), benzinning oktan sonini 70 dan 89 gacha oshiradi. 
Traktor yonilg‘isi-kerosin bo‘lib, uning oktan soni 40 dan kam bo‘lmasligi 
kerak. Dizel yonilg‘isi-kerosin, gazoyl, solyar distillyati (t
қайн
═200 - 350°С). 
Kerosin sifati setan soni bilan belgilanadi. Setan soni kerosinni dvigatel 
silindrida to‘la yonish qobiliyatini ko‘rsatadi. Setan soni dizel yoqilgisini setan 
(setan soni 100) vа 
- metilnaftalin (setan soni 0) dan iborat bo‘lgan etalon 
aralashmaning ko‘rsatkichlari bilan solishtirib topiladi. 
Qozon moylari-mazut va neft qoldiqlari parovoz, paroxod, issiqlik 
elektrostansiyalar, sanoat pechlarida benzin va boshqa motor yonilg‘ilar olish 
uchun xomashyo sifatida ishlatiladi. 
Surkov moylari-mashina moyi, avtotraktor moylari, turbina, kompressor 
moylari, maxsus moylar. 

Download 179.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling