Boboxonova


NEFTNING TARKIBI VA XOSSALARI


Download 179.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana23.04.2023
Hajmi179.54 Kb.
#1391725
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
boboxonova

NEFTNING TARKIBI VA XOSSALARI 
Neft asosan ugleroddan (83-97%) va vodoroddan (12-14%) tarkib topgan 
bo‘lib, bu elementlar uglevodorodlarning murakkab aralashmasi tarkibiga kiradi. 
Uglevodorod qismidan tashqari mineral qo‘shimchalar va uglevodorod bo‘lmagan 
qismi ham mavjud. 
Uglevodorod qismi parafin (alkanlar), naften (siklanlar) va aromatik 
uglevodorodlardan iborat. С
1

4
uglevodorodlar neftda erigan holatda bo‘ladi. 
Suyuq parafin uglevodorodlar (C
5
H
12

15
Н
32
) neftni asosiy qismini tashkil qiladi. 
Qattiq uglevodorodlar С
16
Н
34
neftda erigan bo‘lib, undan ajratib olinadi. Naften 
uglevodorodlari siklopentan va siklogeksandan iborat. Aromatik uglevodorodlar 
(benzol va uning gomologlari) neftda nisbatan kichik miqdorda bo‘ladi. 
Neftlar tarkibiga ko‘ra yengil, og‘ir, parafinli, naftenli va h.k. larga bo‘linadi. 
Uglevodorod bo‘lmagan qismi oltingugurt, kislorod va azot birikmalaridan 
iborat. S═0,1-7%, N va O 1,5-2,2%. Mineral qismi-mexanik aralashmalar, mineral 
tuzlar, kul. 
Neftlarni fraksion tarkibi ularni haydash bilan aniqlanadi. Bunda fraksiyalar 
qaynar temperaturasi bo‘yicha ajratiladi. Neftning xossalari tarkibiga bog‘liq. 
Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha neft rangi och sariqdan to‘q jigarrangacha o‘zgaradi, 
zichligi 0,83-0,97 gg‘sm3, yonish issiqligi 39800-44000 kJg‘kg. 
TURLI YONILG‘ILARNI QAYTA ISHLASH 
Yonilg‘ilarni yuqori temperaturada pirogenetik qayta ishlash keng tarqalgan. 
Bularga gazlash, gidrogenlash, havosiz muhitda qizdirish, ya’ni quruq haydash va 
piroliz kiradi. Yonilg‘ilarni gazlashtirish-qattiq yonilg‘ini havo, suv bug‘i, kislorod 
va boshqa gazlar bilan ishlash. Bunda yonilg‘ining organik qismi generator 
gazlarga aylanadi, bu esa sifati past yonilg‘ilardan oson uzatiladigan yonilg‘i va 
kimyo sanoati uchun xomashyo olishga imkon beradi. Gazlashtirish 900-1100°С 
da olib boriladi. 
Yonilg‘ilarni gidrogenlash-yonilg‘i yuqori temperaturada vodorod ta’sirida 
katalizator ishtirokida qayta ishlanadi va hosil bo‘lgan mahsulotlar dastlabki 


xomashyoga ko‘ra vodorod bilan boyigan bo‘ladi. Gidrogenlash suyuq va qattiq 
yonilg‘ilarni qayta ishlashda qo‘llaniladi. 
Yonilg‘ilarni quruq haydash-yonilg‘ini havosiz muhitda qizdirish. Bunda fizik 
(suyuq yonilg‘ilarni fraksiyalarga ajralishi) yoki kimyoviy jarayonlar (chuqur 
destruksiya jarayonlari) borishi mumkin. Isituvchi modda sifatida tutun gazlar 
ishlatiladi. Pirogenetik qayta ishlashda hosil bo‘lgan mahsulotlar va ularning sifati 
yonilg‘i tabiati, temperatura, qizdirish vaqti va boshqa sharoitlarga bog‘liq. 

Download 179.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling