Boboxonova
NEFTNING TARKIBI VA XOSSALARI
Download 179.54 Kb. Pdf ko'rish
|
boboxonova
- Bu sahifa navigatsiya:
- TURLI YONILG‘ILARNI QAYTA ISHLASH
NEFTNING TARKIBI VA XOSSALARI
Neft asosan ugleroddan (83-97%) va vodoroddan (12-14%) tarkib topgan bo‘lib, bu elementlar uglevodorodlarning murakkab aralashmasi tarkibiga kiradi. Uglevodorod qismidan tashqari mineral qo‘shimchalar va uglevodorod bo‘lmagan qismi ham mavjud. Uglevodorod qismi parafin (alkanlar), naften (siklanlar) va aromatik uglevodorodlardan iborat. С 1 -С 4 uglevodorodlar neftda erigan holatda bo‘ladi. Suyuq parafin uglevodorodlar (C 5 H 12 -С 15 Н 32 ) neftni asosiy qismini tashkil qiladi. Qattiq uglevodorodlar С 16 Н 34 neftda erigan bo‘lib, undan ajratib olinadi. Naften uglevodorodlari siklopentan va siklogeksandan iborat. Aromatik uglevodorodlar (benzol va uning gomologlari) neftda nisbatan kichik miqdorda bo‘ladi. Neftlar tarkibiga ko‘ra yengil, og‘ir, parafinli, naftenli va h.k. larga bo‘linadi. Uglevodorod bo‘lmagan qismi oltingugurt, kislorod va azot birikmalaridan iborat. S═0,1-7%, N va O 1,5-2,2%. Mineral qismi-mexanik aralashmalar, mineral tuzlar, kul. Neftlarni fraksion tarkibi ularni haydash bilan aniqlanadi. Bunda fraksiyalar qaynar temperaturasi bo‘yicha ajratiladi. Neftning xossalari tarkibiga bog‘liq. Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha neft rangi och sariqdan to‘q jigarrangacha o‘zgaradi, zichligi 0,83-0,97 gg‘sm3, yonish issiqligi 39800-44000 kJg‘kg. TURLI YONILG‘ILARNI QAYTA ISHLASH Yonilg‘ilarni yuqori temperaturada pirogenetik qayta ishlash keng tarqalgan. Bularga gazlash, gidrogenlash, havosiz muhitda qizdirish, ya’ni quruq haydash va piroliz kiradi. Yonilg‘ilarni gazlashtirish-qattiq yonilg‘ini havo, suv bug‘i, kislorod va boshqa gazlar bilan ishlash. Bunda yonilg‘ining organik qismi generator gazlarga aylanadi, bu esa sifati past yonilg‘ilardan oson uzatiladigan yonilg‘i va kimyo sanoati uchun xomashyo olishga imkon beradi. Gazlashtirish 900-1100°С da olib boriladi. Yonilg‘ilarni gidrogenlash-yonilg‘i yuqori temperaturada vodorod ta’sirida katalizator ishtirokida qayta ishlanadi va hosil bo‘lgan mahsulotlar dastlabki xomashyoga ko‘ra vodorod bilan boyigan bo‘ladi. Gidrogenlash suyuq va qattiq yonilg‘ilarni qayta ishlashda qo‘llaniladi. Yonilg‘ilarni quruq haydash-yonilg‘ini havosiz muhitda qizdirish. Bunda fizik (suyuq yonilg‘ilarni fraksiyalarga ajralishi) yoki kimyoviy jarayonlar (chuqur destruksiya jarayonlari) borishi mumkin. Isituvchi modda sifatida tutun gazlar ishlatiladi. Pirogenetik qayta ishlashda hosil bo‘lgan mahsulotlar va ularning sifati yonilg‘i tabiati, temperatura, qizdirish vaqti va boshqa sharoitlarga bog‘liq. Download 179.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling