Boboxonova


Download 179.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana23.04.2023
Hajmi179.54 Kb.
#1391725
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
boboxonova

TOSHKO‘MIRNI KOKSLASH 
Kokslash-qattiq yonilg‘ini havosiz muhitda 900-1050°С da qizdirish. Bunda 
xomashyodan uchuvchan moddalar va koks hosil bo‘ladi. Asta sekin qizdirilganda 
ko‘mir komponentlari chuqur fizikaviy va kimyoviy o‘zgarishga uchraydilar: 
250°C gacha suv bug‘lanadi, SO va СО
2
ajraladi; 300°С da smola bug‘lari va 
pirogenetik suv hosil bo‘ladi; 350°С da ko‘mir plastik holatga o‘tadi; 500-550°С 
da plastik modda parchalanib dastlabki mahsulot (gaz va smola) va qotish 
natijasida yarimkoks hosil bo‘ladi. Temperatura 700°С ga oshirilganda yarimkoks 
parchalanib gaz moddalar uchib ketadi, so‘ngra koks mustahkamlanadi. 
Uchuvchan moddalar cho‘g‘langan koks va kamera devorlariga tegib murakkab 
bug‘lar aralashmasiga (aromatik uglevodorodlar) va gazlarga (Н
2
, СН
4
va h.k.) 
aylanadi. 
Toshko‘mirni kokslash natijasida quyidagi mahsulotlar hosil bo‘ladi: koks, 
koks gazi, toshko‘mir smolasi, xom benzol, smola ustidagi suv va ammoniy 
tuzlari. Kokslash uchun xomashyo sifatida kokslanadigan ko‘mirlar (K navli) 
ishlatiladi va boshqa navlari ham qo‘shiladi. Masalan, xomashyo shixtasi tarkibi 
quyidagicha bo‘lishi mumkin: gaz hosil qiladigan ko‘mirlar- 20%, yog‘li ko‘mirlar 
-40%, kokslanadigan ko‘mirlar -40%. 
Turli ko‘mirlarni ishlatish xomashyo bazasini kengaytirish va sifatli koks, 
smola, xom benzol va koks gazini olishga imkon beradi. 


KOKSLASHNING MAHSULOTLARI 
1. Koks-qattiq, qopa-qo‘ng‘ir, g‘ovakli mahsulot. 1 t shixtadan 650-750 kg 
koks olinadi. Koks asosan metallurgiyada, undan tashqari gazlashda, kalsiy karbid, 
elektrodlar ishlab chiqarishda va kimyoviy sanoatda reagent va yonilg‘i sifatida 
ishlatiladi. Metallurgiyada ishlatilishi sababli u yuqori mexanik mustahkamlikka 
ega bo‘lishi kerak. Uning issiqlik berish qobiliyati 31400-33500 kJg‘kg bo‘lishi 
kerak. Koksning ko‘rsatkichlari-yonuvchanligi va reaksion qobiliyati (yaxshi 
qaytaruvchi). Koksdagi oltingugurt miqdori 1,2-1,7%, kul-10-11%. 
2. Koks gazi-1t quruq ko‘mirdan 310-340 m3 hajmda hosil bo‘ladi. Uning 
tarkibi temperaturaga bog‘liq. Kokslash kameradan to‘g‘ri koks gazi-gaz 
moddalarning aralashmasi (smola, toshko‘mir va xombenzol bug‘lari) chiqadi. 
Undan shu moddalar ajratilib olingandan so‘ng teskari koks gazi hosil bo‘ladi,bu 
esa kimyoviy sintezlar uchun xomashyo, sanoat yonilg‘isi sifatida koks, po‘lat 
qo‘yish pechlarini qizdirish uchun ishlatiladi. 
3. Toshkumir smolasi-qovushqoq, qora-qo‘ng‘ir, maxsus hidli, 300 ta turli 
moddalardan iborat bo‘lgan suyuqlik. Uning tarkibida benzol, toluol, fenol, ksilol, 
naftalin, antratsen, fenantren, piridin va h.k bo‘ladi. Undan buyoqlar, farmatsevtika 
preparatlari, plastmassalar, kimyoviy tolalar-jami 200 dan ortiq mahsulotlar 
olinadi. 
4. Xom benzol-uglerod disulfid, benzol, toluol, ksilol va boshqalardan 
tashkil topgan. Xom benzolning chiqishi ko‘mirning 1,1% ni tashkil qiladi. Uni 
haydash natijasida individual aromatik birikmalar hosil bo‘ladi. Ayni xombenzol 
va toshko‘mir smolasi kimyoviy sanoat uchun aromatik uglevodorodlarning 
manbai hisoblanadi. 
5. Smola ustidagi suv-ammiak va ammoniy tuzlarining kuchsiz eritmasi 
(fenol, piridin asoslari ham oz miqdorda bo‘ladi). Smola ustidagi suvdan ammiak 
olinadi va koks gazining ammiaki bilan ammoniy sulfat va konsentrlangan ammiak 
suvi olish uchun ishlatiladi. 



Download 179.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling