Boboxonova


KOKS PECHI VA UNING ISHLASHI


Download 179.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana23.04.2023
Hajmi179.54 Kb.
#1391725
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
boboxonova

KOKS PECHI VA UNING ISHLASHI 
Kokslash yuqori temperaturada boradigan kimyoviy jarayon. Reaksiyalar 
oldin qattiq fazada so‘ng temperatura oshishi bilan gaz va bug‘ mahsulotlari hosil 
bo‘lishi bilan boradi. Koks pechlarida issiqlik ko‘mirga devor orqali beriladi. Koks 
batareyasi 61-69 ta parallel joylashgan kameralardan iborat bo‘lib, ularning ichi 
olovbardosh g‘ishtlardan ishlangan. Har bir kameraning olinadigan old va orqa 
eshigi bor. Kamera eni 410 mm, batareya uzunligi 14 m. Kamerada ko‘mir qabul 
qilish uchun lyuklar mavjud bo‘lib, ular kokslash paytida berkiladi. Isituvchi 
sifatida tutun gazlari ishlatiladi. Koks kamerasi-davriy reaktor. Kameraga issiqlik 
berilganda, dastlab devor yonidagi ko‘mir qatlami koksga aylanadi. Uning 
yonidagi qatlamda yarimkoks, keyingi qatlamda plastik massa va kameraning o‘rta 
qismida ko‘mir shixtaning o‘zi o‘zgarmagan holda bo‘ladi. Vaqt o‘tgan sari koks 
qatlami yarimkoksga issiqlikni yaxshi o‘tkazadi va yarim koks koksga aylanadi, 
plastik massa esa yarimkoksga, o‘zgarmagan shixta plastik massaga aylanadi. 
Kamera ichidagi shixta butunlay koksga aylanishi uchun 13 soat vaqt kerak. 
Kameralar uchun umumiy moslamalar-yuklovchi vagon, eshik ochadigan 
moslamalar, koks itargichlar, sovutuvchi minoralar va regeneratorlar ishlab turadi. 
KOKSLASH MAHSULOTLARINI AJRATISH 
Eng avval koks gazini qayta ishlaydilar. Undan smola, suv, ammiak, xom 
benzol va vodorod sulfid ajratilib olinadi. Keyin smola ustidagi suv, toshko‘mir 
smolasi va xom benzol ajratilib, individual moddalar olinadi. To‘g‘ri koksgazi-gaz 
va bug‘ moddalarning murakab aralashmasi. 1м
3
koks gazida vodorod, metan, 
etilen, uglerod (II) oksid, uglerod (IV) oksid, azot, 80-130 gr smola, 8-13 gr 
ammiak, 30 - 40 g benzol uglevodorodlari, 6—125 g vodorod sulfid, 0,5-1,5 g 
vodorod sianid, suv bug‘i va qattiq zarralar bor. Koks gazini qayta ishlash 
(chizmasi albomda) gaz tutkichlarda boshlanadi, bu asbobga sovuq smola ustidagi 
suv purkab beriladi va gaz 80°С gacha soviydi. Undan qisman toshko‘mir smolasi 


kondensatlanadi. Gaztutkichdan ko‘mir zarralari ham chiqariladi. Smolani 
kondensatlash uchun gaz 20-30°С gacha sovutiladi. Gaz sovuganda smola va 
smola ustidagi suv sovutkichlardan oqizilib ajratib olinadi. Smolaning bir qismi 
tumanga aylanganligi sababli uni elektrofil’trlarda tutib olinadi. Pechlardan 
gazlarni so‘rib uzatish uchun eksgauster (turbogazpuflagich) ishlatiladi. Chiqqan 
ammiak sulfat kislotali saturatorda yig‘ilib ammoniy sulfat hosil qiladi, piridin 
asoslari piridin sulfatga aylanadi. Ammiakdan tozalangan koks gazi xom benzolni 
yig‘ib olishga yuboriladi. Xombenzol 20-25°С skrubberlarda yutuvchi moylarga 
absorbsiyalanadi va gazdan naftalin, va sulfat kislotaning tomchilari yuvilib ketadi. 
Xom benzoldan ozod bo‘lgan koks gazi (teskari koks gazi) vodorod sulfid va 
oltingugurt tutgan birikmalardan tozalanib xaridorga yuboriladi. Yutuvchi moyning 
xom benzolli eritmasi distilyatsion minoraga yuborilib, undan xom benzol (benzol 
59,5-78,3%, naftalin 5-10%, fenantren 4 - 6%) ajratilib olinadi. Teskari koks 
gazining tarkibi (% hisobida): vodorod 54-59, metan 23-28, uglerod (II) oksid 
5,0-7,0, og‘ir uglevodorodlar 2-3, azot 3,0-5,0, uglerod (IV) oksid 1,5-2,5, kislorod 
0,3-0,8. Koks gazining issiqlik berish qobiliyati 16700-17200 kJg‘m
3


Download 179.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling