Bobur aruzshunos
Download 47.8 Kb.
|
BOBUR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ansoriddin Ibrohimov filologiya fanlari nomzodi
Yuzung uza qaro zulfung nedur bil, ey dilafro‘z,
yilone ganch uzra yotib ani saqlar shabu ro‘z. She’rlaridan parcha olingan shoirlar ichida ismlari “Boburnoma”da zikr etilgan Suhayliy, Binoiy, Sayfiy Buxoriy, Hiloliy kabi qalam ahli, Navoiyning “Majolisun-nafois” asarida sanab o‘tilgan Abul-Baraka, Binoiy, Xayoliy, Riyoziy Samarqandiy, Sulton Ali Mirzo, Sanoiy, Orifiy, Kotibiy, Vali Qalandar kabi shoirlar mavjud. Risoladagi she’riy parchalar xususida A.Sherbakning quyidagi fikri e’tiborga loyiq, deb hisoblaymiz: “Asarlaridan misollar keltirilgan shoirlar tarkibi, vaznlarni qamrab olishi va misollarning xususiyati jihatidan na turkiy tildagi va na forsiy tildagi adabiyotda unga teng keladigan asar yo‘qdir”. “Aruz”ning yana bitta ahamiyati bor – ayrim shoirlarning ijodidan namunalar faqat shu asar orqali bizgacha yetib kelgan. Risolada Mavlono Lutfiyning ijodidan 30 ta bayt keltirilgan. Ular orasida boshqa qo‘lyozma va nashrlarda uchramaydiganlari ham bor. Masalan, “Aruz”ning 122b varag‘idagi: Oy yuzung ollida hijl husn eli Rumu Chin aro, Valvala soldi ko‘zlaring kofiru ahli din aro – matlai bilan boshlanuvchi g‘azalidagi quyidagi ikki bayt hozircha boshqa qo‘lyozma nusxa va nashrlarda uchramagan: Nuktaye mushkdur bu yo xayol eng jabin aro, Kufr savodini ne xush sizdin bayozi din aro. Jonu ko‘ngul necha dedi asrali o‘zni kelgach ul, Vah yana qo‘zg‘alishlar ko‘rgach ani chin aro. Bunday misollarni yana keltirish mumkin. Bobur hazrat Navoiyning shaxsi va ijodiga katta hurmat bilan qaragan. Uning Navoiy haqidagi fikrini klassik ta’rif deyish mumkin: “Alisherbek naziri yo‘q kishi edi. Turkiy til bila to she’r aytibturlar, hech kim oncha ko‘b va xo‘p aytqon emas…”. Bobur o‘z risolasini yaratishda aruz vazniga bag‘ishlangan asarlarni, xususan Navoiyning “Mezonul avzon”ini sinchiklab o‘rgangan. Boburning risolasiga ijodidan namunalar kiritilgan shoirlar orasida Alisher Navoiy birinchi o‘rinda turadi. Uning ruboiylari, “Saddi Iskandariy”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun,” “Sab’ai sayyor”, “Lisonut-tayr” dostonlaridan katta parchalar, g‘azal va tuyuqlaridan olingan misollar Bobur Navoiy iste’dodi va ijodini yuksak qadrlaganini ko‘rsatadi. Navoiyning asarlariga qayta-qayta murojaat qilish bilan uning ijodiga katta hurmat va ishonch bildirgan Bobur ayni vaqtda ayrim asarlari xususida tanqidiy fikr ham aytib o‘tgan, yigirma to‘rt ruboiy vaznidan to‘rt vaznda yanglishganini, ba’zi bahrlarning vaznida ham xato qilganini qayd etgan. Bizning fikrimizcha, aruzday murakkab ilmda turli nuqtai nazarlar bo‘lishi mumkin. Bobur tanqidini Navoiy ijodiga ijodiy munosabat, deb baholash to‘g‘ridir. Bobur tuyuq janrini batafsil bayon qiladi: “… Mir Alisher Navoiyning “Lisonut-tayr”i nechukkim ajam shu’arosi rubo’iy vaznig‘a haddi mu’ayyan muqarrar qilibturlar, turk fusahosi ham bu vazng‘a haddi mu’ayyan muqarrar qilib ikki bayt aytibturlar “tuyuq”qa mavsumdur, bu vaznlar mo‘g‘ul xonlari bila turk salotinining majolisida “tuyuq”ning ko‘p ishtihori bor ekandur”. Bobur mazkur janrning quyidagi turlarini ta’riflaydi: uch qofiyada tajnis rioya qilingan, qit’aga o‘xshaydigan, tajnis rioya qilinmay ikki qofiyali, tajnis rioya qilinmay uch qofiyali. Bundan tashqari, Bobur tuyuqning “hech yerda ko‘rulmagan” yangi uchta turini ham keltiradi: 1) har to‘rt qofiyada tajnis rioya qilingan: Vasldin so‘z derga yo‘q yoro manga, Hajr aro rahm ayla, kel, yoro manga. O‘qung etti qo‘b yamon yoro manga Marhami lutfung bila yoro manga. 2) uch yerda tajnis radif o‘rnida bo‘lib, tajnisdan oldin keladigan so‘z qofiyalashadi: Mehrkim ko‘kka qilur ohang tong, Ollida bo‘lsa emas berang tong. Xoliyu ikki labidek bo‘lmag‘ay, Hindu ar keltursa, shakkar tang tong. 3) tajnisdan ilgari uch joyda hojib rioya qilingan: Ne balo biyikturur davlat bog‘i, Ko‘hi g‘amni ne bilur davlat bog‘i. Himmate tut, dag‘i davlat istagil, Himmating bo‘lsa, bo‘lur davlat bog‘i. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, Navoiy “Mezon”da tuyuq janriga bu qadar batafsil to‘xtamagan hamda Bobur ta’riflagan turk she’riy shakllaridan tarxoniy haqida ham ma’lumot bermagan. Qo‘shiqning o‘lang (o‘lan) turi risolaning ikki joyida zikr qilinadi. Bobur asarining oxirida bunday deb yozadi: “Atrok arosida bir surud borkim, o‘lang derlar, aksar to‘ylarda ayturlar. Bu vazn ancha maxsusdur. Avval surudg‘a taqsim qilurda har misra’din so‘ng yor-yor lafzin keltirurlar”. “Aruz” risolasida o‘zbek she’r shakllariga bag‘ishlangan batafsil ma’lumotlar Boburning o‘zbek adabiyoti nazariyasiga qo‘shgan katta hissasidir. Xulosa qilib aytganda, Zahiriddin Muhammad Boburning “Aruz” risolasi ikki jihatdan muhim: birinchidan, u o‘zbek she’r nazariyasini boyitgani, takomillashtirgani bilan beqiyos ahamiyatga molik bo‘lsa, ikkinchidan, antologiya sifatida ham ulkan e’tiborga sazovordir. Ansoriddin Ibrohimov filologiya fanlari nomzodi Manba: “Jahon adabiyoti” jurnali, 2005 yil, 2-son Download 47.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling