Bobur lirikasidagi janrlar haqida Annotatsiya
Download 16.72 Kb.
|
Bobur lirikasidagi janrlar haqida-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Basic phrases
Bobur lirikasidagi janrlar haqida Annotatsiya Ushbu maqola Zahiriddin Muhammad Boburning lirikasi haqida bo‘lib, uning tarkibiga qaysi janrlar kirishi, va qanday she‘riy san’atlardan foydalanganligini o‘z ichiga oladi. Tayanch iboralar: Qo‘lyozma nusxalari, g‘azal, ruboiy, qit’a, ramal, sare’, tavil, mutaqorib, mujtass, muzore’, Annotation This article is about the lyrics of Zahiruddin Muhammad Babur, which genres are included in it, and what poetic arts he used. Basic phrases: Manuscript copies, ghazal, rubai, qita, ramal, sare', tawil, mutaqarib, mujtass, muzore', Boburning lirik asarlari asosan uning devoniga jamlangan. Shoirning o’zbekcha devonining ikki qo’lyozma nusxasi borligi ma’lum. Bulardan biri Parijda, ikkinchisi Hindistonda saqlanadi. Boburning lirik merosini shu ikki qo‘lyozma nusxa va “Boburnoma” dagi she’rlar tashkil etadi. Boburning she’rlarini 1910 yilda ingliz Sharo‘shunosi Denison Ross to’plab ingliz tiliga tarjima qilib, nashr etdi. Shoirning ba’zi she’rlari 1931 yil Istanbulda chiqqan "Milliy tatabbu’lar" majmuasiga ham kiritilgan. Boburning she’rlari o’tmishda ingliz, fransuz, va boshqa Yevropa tillariga ham tarjima qilingan edi.Bobur devoni lirik turning har xil janrda yozilgan she’rlarni, jumladan, g’azal, ruboiy, tuyuq, masnaviy, qit’a, fard va boshqalarni o’z ichiga oladi. Unda oddiy g’azallar bilan bir qatorda g’azali musajja’ (markaziy ruknlari qofiyadosh bo’lgan g’azal), qit’a g’azal (birinchi bayti qofiyasiz bo’lgan g’azal), g’azali husni matla’ (matla’dagi keyingi baytning har ikkala misrasi matla’ga qofiyadosh bo’lgan g’azal), qo’shaloq vaznli va qofiyali, ruboiy tarona (to’rtala misrasi qofiyadosh bo’lgan ruboiy), oddiy tuyuqdan tashqari, qo’shaloq tajnisli tuyuq, tajnisiz tuyuq hamda tajnisli qit’a, tajnislit fard, qofiyali fard va qofiyasiz fard shakllarini ham ko’ramiz. G‘azal, ruboiy va tuyuq Bobur lirikasining eng xarakterli janrlaridir. Bobur aruzning hafif, ruboiy, rajaz, ramal, sare’, tavil, mutaqorib, mujtass, muzore’, munsareh va hazaj bahrlaridan hamda bu bahrlarning 25 turdagi ichki xillaridan foydalanadi. Bobur devoni asosan uning o’zbek tilidagi she’rlaridan tashkil topgan. Biroq shu bilan birga, unda fors-tojik tilida yozilgan bir necha she’r ham bor. Bobur lirikasi til va uslubi jihatidan nihoyatda sodda va. Shoir “yoz fasli” bilan bodaning kayfiyatini, “yor vasli” bilan “ishq dardi” ni, “do’stlarning suhbati” bilan “she’r bahsini” kuylaydi. Bobur she’riyati ilm-ma’rifatni, axloq-odob kabi masalalarni ham qamrab oladi. Shoir ilmning o’z-o’zidan bunyod bo’lmasligini ta’kidlar ekan, kishi faqat havas va ishtiyoq bilangina ilmga ega bo’lishi mumkin deydi: Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak, O‘rgangali ilm tolibi ilm kerak, Men tolibi ilmu tolibi ilm yo’q, Men borman ilm tolibi, ilm kerak yo’q, Bobur lirikasidagi ishq mavzusi juda keng qamrovli. U oddiy insonning insonga bo’lgan muhabbatidan, insonning ilohga bo’lgan muhabbati darajasiga ko’tarilgan. Bu esa Bobur she’riyatidagi so’fiyona mayllarni namoyish qiladi. Bobur oshiqni zohidga, ishqni zuhdu – taqvoga qarama - qarshi qo’yar ekan, bir jihatdan Navoiy singari shoirlarning an’analarini davom ettirib, tarkidunyochilikni oqlamasa, ikkinchi tomondan tasavvuf ta’limotidan bizga ma’lum bo’lgan zohidlar va oshiqlar (so’fiylar) o’rtasidagi kelishmovchiliklarni ko’rsatadi.Xullas, Bobur lirikasining mavzu doirasi rang-barang bo’lib, u o’zbek klassik she’riyatining ravnaq topishiga, ijtimoiy – falsafiy fikrlar taraqqiysiga katta hissa qo’shdi. Bobur – yetuk san’atkor shoir. U Lutfiy, Navoiy singari buyuk so’z san’atkorlaridan ta’lim olib, ularning an’analarini davom ettirib rivojlantirgan shoirdir. Shoir badiiy sodda, ravon, musiqiy, tili boy va rangdor she’rlar yaratdi. Uning she’rlarida o’y va fikr, his va tuyg’u, tasvir va tavsif, so’z va musiqiylik bir-biri bilan uzviy bog’lanib ketadi; Insonning xilma-xil ichki kechinmalari, shodligi va qayg’usi, orzu va armon, tolei va taqdiri o’ziga xos badiiy bo’yoqlar bilan tasvirlanadi, jonli obraz va portretlar yaratadi, tabiat manzaralari va turli lavhalarni rassom kabi chizib beradi. Bobur lirikasi shoirning yuragi, his tuyg’ulari, o’y va orzusi, sukuti va hayajonning kitobidir. Mohir shoir bularning barchasini lirik she’rlarida favqulodda sodda usul bilan nihoyatda ravon va ravshan, tabiiy va haroratli qilib tasvirlaydi. Lirik she’rlarida shoir faqat siyosiy faoliyati zaminida vujudga kelgan kayfiyatlari bilan emas, balki oshiq, ma’rifatparvar va murabbiy bir inson sifatidagi fikr – tuyg’ulari bilan ham mujassamlashadi. U o’xshatish, tazod, laf va nashr, parallelizm, mubolag’a va boshqa turdagi usul va badiiy til vositalari orqali mavzuni, obrazni, holat va his-tuyg’uni mukammalroq yoritishga erishadi. Xullas, Bobur lirikasi rang-barang janrlardan tashkil topgan. Uning mavzu doirasi keng. Sharq she’riyati an’analarini davom ettirgan shoir mavjud she’riy san’atlar va tasvir vositalari deya mahorat bilan foydalanib, o’z san’atkorligini, o’zbek she’riyatida o’ziga xos hodisa ekanligini namoyish qildi. Download 16.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling