Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
113 — Ho-ho-ho! Boburning qo‘shini orqaga qaytib ketishi bilan darvoza oldida shovqin tindi-yu, keyin shaharni u yer-bu yerida itlarning jon-jahd bilan hurgani, odamlarning achchiq faryodi eshitila boshladi. Abu Yusuf Arg‘un boshliq xos navkarlar darvozani tinchitib, endi fitnachilarni ovlashga kirishganini ayvonda o‘ltirgan Sulton Ali mirzo shu uzuq-yuluq dod-voylar tovushidan sezdi. — Endi tinch uxlasak bo‘lur, — deb xobgohiga kirib ketdi. Ammo Zuhra begim qandillar yonib turgan o‘z xonasiga kelib, tong otguncha uxlamay o‘tirdi. Hozirgina bir falokatning oldi olingan bo‘lsa ham, ammo kelajakdagi mushkulotlar uning uyqusini qochirmoqda edi. Bobur Samarqandni yana qamal qilishi mumkin. Uning o‘tgan galgi qamali hali ko‘pchilikning esidan chiqqan emas. Ichkarida Zuhra begim ishona- digan odamlar tobora kamayib boryapti. Bugun fitnachi beklar jazolansa va talansa, Sulton Ali mirzodan norozi bo‘luvchilar yana ko‘payadi. Ularning boshchisi — Xo‘ja Yahyo juda nufuzli ruhoniy. Sulton Ali mirzo Xo‘ja Yahyoga qarshi keskin chora ko‘rolmaydi. Chunki bu-tun dindorlar Xo‘janing tomonida. Agar Xo‘ja avom xalqqa fatvo berib, butun mullolarni ishga solsa, g‘ulu ko‘tarilib ketishi mumkin. Zuhra begim xayolida o‘ziga tayanch izlar ekan, yaqinda Buxoroni olgan, endi Samarqandga qo‘shin tortib kelishi kutilayotgan Shayboniyxon esiga tushdi. Bundan uch kun burun naqshbandiy darvishlaridan biri Zuhra begimga Shayboniyxondan maxfiy bir xat keltirib bergan edi. Begim pardali maxsus tokchada turadigan oltin sandiqchasiga kalit solib ochdi-da, o‘sha xatni olib, qandil yorug‘ida qayta o‘qiy boshladi. Zarvaraqqa bitilgan chiroyli yozuvda Zuhra begimning aqli va husni ustalik bilan ta’riflangan, yosh umrini o‘g‘liga fido qilib ersiz yurgani alohida ehtirom bilan tilga olingan edi. Xatning eng g‘alati joyi— Shayboniyxonning Zuhra begimga g‘oyibona ko‘ngil qo‘yib, unga uylanmoqchi ekanini she’r bilan aytgani edi: «O‘g‘lingiz o‘g‘limu o‘zingiz yorim, Dilbaru hamnafasu dildorim». Hozir shu satrlarni o‘qiyotganda Zuhra begim zabardast bir erkakning o‘tli nafasini o‘z yuzida his qilganday bo‘ldi. Zuhra begim olti yildan beri mana bu to‘shakda yolg‘iz yotadi. Uning gulday umri bevalikda so‘lib boryapti. Zuhra begim tegaman, desa uni oladigan zodagonlar topilar edi. Axir u ta’rifi ketgan go‘zal qiz bo‘lgani uchun Sulton Mahmudxonday podshohning suyukli xotiniga aylangan edi. Biroq o‘g‘li taxtda o‘tirgan Zuhra begim faqat o‘ziga munosib podshohga tegishi mumkin, udum shunday. Mana endi unga xaridor podshoh ham topildi. Begim Shayboniyxonning she’ridagi ikkinchi satrni yana bir o‘qiganda, xayoliy bir erkak uni quchib, «Dilbar yorim, dildorim!» deb erkalayotganday bo‘ldi-yu, badani qizib ketdi. U o‘rnidan turib, katta toshoyna oldiga bordi-da, o‘zining aksiga tikilib qaradi. Uyqusiz tundan ko‘z ostilari xiyol ko‘karib salqigan. Ammo qoshlar — qaldirg‘och qanoti. Qora ko‘zlari uchqun sochib porlaydi. Ko‘kraklar baland. Bo‘yni oq marmarday silliq, lab-lari ehtirosli. Shayboniyxonning yoshi ellikka yaqinlashgan, xotinlari va bolalari bor, Zuhra begim buni biladi. Ammo begim o‘zining oynadagi aksiga mamnun tikilib turgan shu daqiqalarda: «Shayboniyxonning sahroyi xotinlari nima bo‘lipti? — deb o‘ylandi. — Men xonni o‘zimga shunday rom qilayki, hammasi og‘zini ochib qolsin!» Ertasiga o‘sha darvish kelib, begimning javobini olib ketishi kerak. Begim Shayboniyxonga xat yozish uchun qog‘oz qalam oldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling