Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
120 Bu qaltis savoldan hamma bir lahza jim bo‘lib qoldi. Chunki «Shayboniyxon Zuhra begimni nikohlab olmoqchi emish», degan ovoza ko‘pchilikning esiga tushdi. Xon bu ayolga uylansa obro‘si tushishini boyayoq sezgan va uylanmoqchi emasligini mulla Abdurahimga aytgan edi. Hozir mulla Abdurahim mish-mishlarni bartaraf qilishga shoshildi: — Mirzolarning kasofati xotinlariga ham urmish. Bu Mirzoning onasi o‘z nafsi uchun yolg‘iz o‘g‘lini qurbon qiladiganga o‘xshaydi! Mulla Abdurahimning bu gapidan keyin xonning Zuhra begimga munosabati ham ko‘pchilikka ayon bo‘ldi. Sultonlardan biri: — Quturgan biyaga sudratib o‘ldirish kerak unday xotinni! — dedi. Yana biri: — Qopga solib eng baland minoradan tashlash kerak!— dedi. Shayboniyxon munozaraga erk berib, o‘zi hammaning gapiga zimdan quloq solib o‘ltirardi. Bir-biridan qo‘rqinchli takliflar ko‘payib ketgandan keyin Shayboniyxonning ishorasi bilan mulla Abdurahim hammani jim qildi. Xon gapirar ekan, o‘nlab kishilar uning salmoqdor, vazmin ovozidan, dona-dona qilib aytayotgan so‘zlaridan sehrlanganday qotib quloq sola boshladi. Shayboniyxon mirzolarning insofni, imonni unutganlari, el-ulusni vayron qilganlariga yana bir talay misollar keltirdi-yu, birdan Xo‘ja Yahyoga yuzlandi: — Bu mirzolaringning piri — sizning otangiz Xo‘ja Ahror edi. «Men valiyman» deb, podshohlarga hukmini o‘tkazib, juda katta boylik orttirgan edi. Bizning xabarimiz bor, otangizdan sizga juda ko‘p oltin qolg‘an. Otangiz o‘lgandan keyin, mana, o‘n bir yildan beri siz Samarqandg‘a ruhoniy ota bo‘lib yuribsiz. Siz ham nafsga berilib, juda ko‘p siymu zar to‘plag‘ansiz. Baliq boshidan buziladi. Pir qanday bo‘lsa, murid ham shunday bo‘ladi. Qaptalingizda o‘tirg‘an mana shul shahvoniyparast yosh Mirzo sizning muridingiz, xudo oldida siz shung‘a javob beraman deb qo‘lini olg‘ansiz! Shayboniyxon shahodat barmog‘ini bigiz qilib, avval Mirzoni, so‘ng Xo‘ja Yahyoni ko‘rsatdi-da, keyin o‘sha barmog‘ini pastga qaratib silkitdi: — Sizning yana bir muridingiz ayol boshi bilan er istab kelib, pastda o‘tiripti. Sizning qanday pirlig‘ingizni mana shular ko‘rsatib turipti! Siz avval muridlaringizga xiyonat qilib, Samarqandni Boburga bermoqchi bo‘ldingiz. Keyin bular pirlariga xiyonat qilib, mening oldimga keldi. Xiyonat ustiga xiyonat! Biri u yoqqa tortsa, biri bu yoqqa tortadi! Podshoh o‘zicha-yu, din rahnamosi o‘zicha! Biri birini aldaydi. Biri birining go‘shtini yemoqchi bo‘ladi! Muhammad alayhissalom ham payg‘ambar edilar, ham podshoh edilar, ham lashkarboshi edilar. Kim shunga qodir bo‘lmasa, kim payg‘ambarimizning muqaddas yo‘lidan yurmasa, mana shu pir bilan muridga o‘xshab kofirlik jariga yiqiladi! Shayboniyxon bu gaplarni o‘zining qo‘l ostidagi a’yonlariga ham tegizib gapirmoqda edi. Chunki ularning ba’zisi «xonimiz taxtu tojga qanoat qilmay imomi zamon, xalifai rahmon ham bo‘lib oldilar», deb shivirlashar edi. Temuriylarning ishini ko‘pdan beri kuzatib yurgan Shayboniyxon ularning saltanatlarida Xo‘ja Ahror kabi diniy rahbarlar o‘zlaricha mustaqil hukmdor bo‘lib olib, mirzolarning hokimiyatini ichdan zaiflashtirganini yaxshi bilar edi. Shayboniyxon xonlik hokimiyati bilan diniy hokimiyatni o‘z qo‘lida birlashtirib, temuriylarga nisbatan katta bir ustunlikka erishmoqda edi. U Buxoroda madrasada o‘qib yurganda shariat va tariqat ilmini yaxshi o‘rgangan, qur’onni yod bilar edi. Hozir Shayboniyxonning qarorgohida islom dinini undan yaxshi biladigan, qur’onni qiroat bilan o‘qishda undan o‘tadigan odam yo‘q edi. Uning imomlik va xalifalik unvonlari shundan ham kelib chiqqan edi. Shayboniyxon markazlashgan ulug‘ bir davlat tuzishga intilar ekan, bu maqsadga tezroq yetish uchun qo‘l ostidagi odamlarning ixlos va e’tiqodini ham qozonishga, ularning mafkurasini o‘ziga bo‘ysundirib, hammasini bir dohiy atrofiga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling