Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
117 mulozim bo‘lgan, axiri mirzolardan aynib, Shayboniyxon tomoniga qochib o‘tgan edi. U Sulton Ali mirzoning harbiy sirlarini Shayboniyxonga aytib berib, Buxoro va Dabusiya qal’asining olinishiga ko‘maklashgani uchun xon uni yoqtirib qolgan edi. Ammo Qambarbiy ichida uni: «Xiyonat yo‘li bilan obro‘ orttirgan beqaror turk!» deb yomon ko‘rar edi. Muhammad Solih Qambarbiyning bu nafratini o‘ziga olgisi kelmay, gapni hazilga burdi: — Janob Qambarbiy, men hozir — o‘zbek turkidanmen! — Quvlik qilmang, o‘zbek boshqa, turk boshqa! — Lekin o‘zbekda «ota yurtim Turkiston» degan naql borku, bunisiga ne deysiz? — Voy-bo‘y, — dedi Ko‘pakbiy, — manav shoiring bizning Turkistonni ham turklarga berib jubormoqchi-g‘u! Dashti Qipchoqdan chiqqan omi Ko‘pakbiy Turkistonday madaniy shaharni o‘ziniki qilib gapirganidan Muhammad Solihning kulgisi keldi: — Janob Ko‘pakbiy, siz avval Turkiston degan so‘zning ma’nosini tushuning! Turkiston — turklar makoni degani-ku! — Ne demoqchisan? Biz Rum* turkidan tarqag‘anmizmi? — Aksincha, Rum turklari ham Turkistonni «ota yurtim» derlar. Ular bilan bizning ildizimiz bir. Samarqand qo‘rg‘onidan berida turgan hu ana u tepalarga bir qarang. Ana o‘sha yerda bundan ming yil avval Afrosiyob degan ulkan shahar bo‘lgan. Afrosiyob esa Movarounnahr turklarining afsonaviy qahramoni edi. «Uning asli oti Alp Er To‘ng‘a bo‘lgan» deb, «Qutadg‘u bilik»da Yusuf Xos Hojib yozmishdir. — Bu shoir o‘zbekning nonini yeb, nuqul turkni maqtaydi-ya! — Janob Qambarbiy, o‘zbek, qozoq, turkman, qirg‘iz— barchasi ham turkiy uluslardir. Bir otaning bolalaridek yerimiz bir, tariximiz bir. Sizlar o‘zbek urug‘larining tarixini O‘zbekxon* boshlaysizlar. Bu to‘g‘ri emas. — Nega to‘g‘ri bo‘lmas ekan? — o‘shqirdi Ko‘pakbiy,— O‘zbekxondan tarqalgan emasmizma? — Janob Ko‘pakbiy, sizning qipchoq urug‘ingiz O‘zbekxondan ming yil oldin mashhur bo‘lgan. Qo‘ng‘irot urug‘ining tarixi ham olti-etti asrga boradi. Mang‘it, nayman, do‘rmon, qushchi urug‘lari ham qadimdan beri bor. Bu urug‘lar hammasi hozir onhazratim Shayboniyxon qo‘l ostiga birlashib «o‘zbek ulusi» degan umumiy nom olgan ekan, sizlar bu ulusning tarixini esdan chiqarmanglar. O‘zbek degan ism turkiy xalqlarda O‘zbekxondan necha yuz yil oldin ham mavjud bo‘lgan. Men Xorazmda o‘smishmen. Qadimiy kitoblardan o‘qidimkim, Chingizxondan oldin shoh bo‘lgan Xorazmshoh Muhammad o‘z o‘g‘illaridan biriga O‘zbek deb nom qo‘ymishdir. Shundan ma’lumki, bu nom yurtimizda Chingizxon kelmasidan oldin ham mo‘’tabar bo‘lgan. O‘zbek nomini bizning ulusimiz O‘zbekxondan olgan emas. Aksincha, bu qadimiy nomni O‘zbekxon bizning turkiy uluslardan olmishdir! — Yana turkiy deydi-ya! Xon hazratlarining bobokalonlari ulug‘ Chingizxon turk bo‘lmag‘an-ku! Qambarbiy qaltis mavzuda gap ochganini sezib, hamma jim bo‘lib qoldi. Chunki Chingizxonning g‘ayridin bo‘lganini, Buxoroning jome’ masjidiga ot minib kirganini Turonning ko‘pchilik aholisi bilardi. Shayboniyxon bu aholini cho‘chitmaslik uchun Chingizxon naslidan ekanini oshkor qilmasdan dil tubida saqlardi. Ammo xonning turkiy tilli musulmon ekanligi, islom bayroqdori bo‘lib maydonga chiqqanligi katta bir siyosat shaklida ochiqchasiga targ‘ib qilinardi. Muhammad Solih ham ana shu siyosatga mos keladigan so‘zlarni izlab topdi: — Janob Qambarbiy, Shayboniyxonning bobolari Abulxayrxon, otalari Shohbudoq Sulton islom dinidan bahramand bo‘lishib, xoqoni a’zam Chingizxondan ham balandroq |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling