Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
125 tahlika solib o‘tdi. Bobur bu gal yana aldanmaslik uchun shahar ichidagi tarafdorlarning hech biriga xabar bermasdan, faqat o‘z kuchiga ishonib, tavakkal qilib keldi. Ammo uning ikki yuz qirq kishilik bir dasta qo‘shini Shayboniyxonning besh-olti ming kishilik lashkarlariga qanday bas kelishi mumkin? Yana xon qo‘shini mustahkam qal’a ichida. Tarixda bunchalik tavakkalchilik bo‘lganmikin? Qo‘rg‘onga pinhon yetib oldilar. Agar Shayboniyxon ichkariga «qopqon» qo‘ygan bo‘lsa- chi? Bobur bu «qopqon»ga o‘z oyog‘i bilan kirib boradimi? Ba’zi beklar mana shu andishalarni aytib, Boburni qaltis niyatidan qaytarmoqchi ham bo‘ldilar. Ammo bu niyatdan qaytish — Andijonga shumshayib borib, yana Ali Do‘stbekka mute bo‘lish degan so‘z edi. Yoki uysiz, joysiz, kuz izg‘irinlariyu qish sovuqlarida xoru zor bo‘lib yurishlari kerak edi. Bobur muteligu xor-zorlikdan ko‘ra bir o‘limni bo‘yniga olib, Shayboniyxonga yo‘lbarsday dadil tashlanishni afzal ko‘rgan va beklarni ham shunga ko‘ndirgan edi. Agar ishlari chappasidan kelsa-yu, Shayboniyxonning qopqoniga tushsalar, ajal sirtmog‘i eng avval Boburning bo‘yniga tushishini hammalari bilardilar. Boburning barcha harakati — yov «qopqoni»ning qopadigan joyiga tegmasdan o‘tishga qaratilgan edi. Shu yergacha sharpalarini yovga sezdirmay keldilar. Endi bu yog‘i qandoq bo‘larkin? Bobur butun vujudi bilan atrofga quloq solar ekan tun sukunatida o‘z yuragining dukillab urishini baralla eshitdi. Bu dukillashda go‘yo taqdir otining dukuri ham bor edi. * * * Og‘ir shotilarni sekin ko‘tarib, qadimiy Chaqardiza* qabristonini aylanib o‘tayotgan navkarlarning biri — Tohir edi. Ular qorong‘ida turtina-turtina Shohi Zindaning orqa tomonidagi bahaybat bir o‘ngirga yaqinlashdilar. O‘ngirning tepasi baland jar. Uning etagida g‘or ham bor. Bu vahimali joylarga kunduzlari ham hech kim kelmaydi. Oyoq osti chakalakzor. Qo‘rg‘onning devori mana shu jar ustidan o‘tadi. Shotilarni devor tagiga ko‘tarib borguncha, yigitlar qora terga botib ketishdi. Ularga boshchilik qilayotgan No‘yon Ko‘kaldosh devor tepasiga tikilib birpas kutdi. Terak bo‘yi keladigan g‘ishtin devor juda enli bo‘lib, uning tepasidan bir necha kishi bemalol yurib o‘tishi mumkin edi. Biroq tepada hech bir sharpa sezilmas, qorovullar sovqotib pastga tushib ketganga o‘xshardi. Shotilarni sekin tikladilar, uchini devor qirrasiga tirab qo‘ydilar. — Qani, chiqinglar! — shivirladi No‘yon Ko‘kaldosh g‘uj bo‘lib turgan navkarlarga. Ammo o‘n uch gaz balandlikdagi devor juda vahimali, undan yiqilgan odam tirik qolmasligi aniq edi. Ehtimol, qorovullar sezib qolisharda, chiqayotganlarga tosh otar, o‘q yog‘dirar? Sal itarib yuborsa ham tamom. Shuni sezgan navkarlarga birinchi bo‘lib chiqish juda dahshatli tuyulardi. Oxiri No‘yon Ko‘kaldosh o‘zi shotining poyasiga oyoq qo‘ydi-yu: — Bir o‘lim bo‘lsa hammavaqt bor, mardona bo‘ling-lar, qani! — dedi. Tohir ikkinchi shotidan chiqa boshladi. Shotilar keng, mustahkam qilib ishlangan, har biri olti-etti kishini bemalol ko‘tarar edi. Yigitlar oldinma-keyin yuqoriga chiqar ekanlar, No‘yon hammadan oldin devor tepasiga yetdi. Devorning usti yo‘lkaday keng, otliq yursa ham bo‘ladigan. Yaqin orada hech kim yo‘q. Tohir ham chiqib, o‘zini devor kungurasining panasiga oldi va pastdan chiqqan navkarni qo‘lidan tortib shivirladi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling