Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
127 olingan hashamatli hovlida uxlab yotgan edi. To‘polondan cho‘chib uyg‘onib, bor navkarlari bilan hovlidan otlanib chiqqunicha, Qosimbekning yigitlari Fozil Tarxonning odamlarini quvib keldi. Chorraha darvozasidan quvilgan Ko‘pakbiyning navkarlari ham dorug‘a yotgan joyga qochib kelmoqda edilar. Qorong‘ida yov qaysiyu o‘zining odamlari qaysi, dorug‘a ajratolmay qoldi. Uning ko‘ziga hamma chopib kelayotgan yov bo‘lib ko‘rindi. Nazarida, Samarqandga bir necha ming kishilik yov bostirib kirganga o‘xshadi. Dorug‘a «behisob yovga bas kelolmayman», deb o‘ylab, otini Shayxzoda darvozasi tomonga burdi. Boburning odamlari hali bu darvozaga yetib kelmagan edilar. Dorug‘a o‘z navkarlariga buyurib, darvozani ochtirdi-yu, yuztacha odami bilan xon qarorgohiga tomon ot choptirib ketdi. Sahar palla mast uyqudan qo‘rqib uyg‘ongan ko‘pchilik samarqandliklar xon navkarlarini Boburning odamlari quvib yurganini tong yorishganda fahmladilar, Shayboniyxondan norozi kishilar juda ko‘p edi. Kosiblar talangan, dehqonlarning ekinlarini ko‘chmanchi qo‘shinning behisob mollari toptab tashlagan. Haj yo‘lida ikki begunoh o‘g‘li bilan vahshiylarcha o‘ldirilgan Xo‘ja Yahyoning tarafdorlari qotillardan qasd olish uchun kosib va dehqonlarni qo‘zg‘atdilar. Hokimiyat o‘zgargandan keyin amalidan ajralgan ilgarigi amaldorlar: «Shayboniyxonning odamlari Sulton Ali mirzoni ham nomardlarcha o‘ldirdilar», deb xun talab qilib chiqdilar. Boburning ikki yuzu qirq kishisi yoniga besh-olti ming kishilik qasoskor olomon qo‘shildi. Selday dahshatli olomon xonning odamlarini yashiringan joylaridan topib chiqar, ko‘chada qochib borayotganlarning oldini to‘sib qurshab olar, pichoqmi, boltami, tayoqmi, toshmi, g‘ishtmi, qo‘llariga nimaiki tushsa, hammasi bilan zolimlarni ura-ura o‘ldirib, yanchib tashlardi. Olomon orasida avvalgi mirzalar va beklardan jabr ko‘rgan odamlar ham ko‘p edi, ular besh-o‘n yil oldingi qasoslarini ham endi mana bu zolimlardan olmoqda edilar. Kun chiqayotganda shahar tashqarisida bir qism qo‘shini bilan Shayboniyxon paydo bo‘ldi, ammo suv to‘la chohdan beriga o‘tolmadi. Barcha darvozalar Boburning odamlari tomonidan bekitib olingan, chohlarning ko‘priklari ko‘tarilgan, ichkarida intiqom davom etmoqda edi. ____________ * Ch a q a r d i z a — keyinchalik «Shakarjiza» deb aytiladigan bo‘lgan. 5 Tohir kechasi bilan uxlamay yugurib-elib yurgan bo‘lsa ham g‘alabaning shodligidan charchaganini sezmas, faqat qorni ochqab, Samarqandning novvoylik va oshpazlik rastalari dam-badam esiga tushar edi. Ertalab hamma darvozalarga qorovullar tayin bo‘lgandan keyin Qosimbek Tohirga javob berdi. Tohir otiga minib, yana ikkita otliq o‘rtog‘i bilan novvoylik rastasiga keldi. Bu yerda ham bir necha yuz kishilik izdihom besh-oltita xon navkarlarini o‘rab olib, toshbo‘ron qilmoqda edi. Navkarlarning ba’zilari yiqilib, tosh-kesaklar ostida jon bergan, bir-ikkitasi qo‘li bilan yuzini to‘sib dod solar, ingrar edi. Yalang boshidan qon oqayotgan, yirtilgan ko‘ylagi orasidan momataloq badani ko‘rinib turgan, o‘zi cho‘kka tushib, odamlardan shafqat so‘rayotgan yigirma yoshlardagi yigitga Tohirning rahmi keldi. U olomon orasiga ot solib: — Xaloyiq Bobur mirzo farmon berdilar! — deb qichqirdi. — Taslim bo‘lganlarni asir olmoq kerak! Bular ham musulmon! Xaloyiq, bas qiling! Biz ham navkarmiz! Navkar aybdor bo‘lmasligi mumkin! Hamma ayb bularning xonlarida! Xaloyiq to‘xtang! Bobur mirzoning farmonini bajaring! Odamlar Boburning nomini eshitib otliq yigitning gapiga quloq sola boshladilar. Shunda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling