Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
* * * Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
* * *
Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 135 Bobur hirotlik mashhur shoir Kamoliddin Binoiy bilan bundan uch yil oldin Samarqandga birinchi gal kelgan paytlarida tanishgan edi. Binoiyning san’atkor xattotlar tomonidan ko‘chirilgan nodir bir qo‘lyozma kitobi bor ekan. Kitob yig‘ishga havasmand Bobur bu kitobga juda havasi keldi. Binoiy kitobini unga sovg‘a qilmoqchi bo‘ldi. Bobur Binoiyning Samarqandda musofir ekanini, tanqislik tortib qiynalganini bilar edi. Shuning uchun Bobur sahhoflarni chaqirib, bu kitobning eng baland narxi qancha bo‘lishini so‘radi. Sahhoflar «eng baland bahosi besh ming dirham», deyishdi. Bobur bu pulni Binoiyga yuborishga ulgurmay, qattiq betob bo‘lib yotib qolgan edi. Keyin u kasallikdan turib, Andijonga jo‘nash uchun yo‘l hozirligini ko‘rayotganda «Majmuati Rashidi» deb ataladigan o‘sha kitobni ko‘rdi-yu, Binoiyga hali haqini bermagani esiga tushdi. Darhol xazinachini chaqirib, besh ming dirham oltinni sanatdi, so‘ng pulni kitobdorga berib, Binoiyga yubortirdi. Bir vaqt kitobdor Binoiyni topolmay qaytib keldi. Musofir shoirning Samarqandda muqim turadigan uyi yo‘q, u bugun qayoqqadir mehmonga ketgan edi. Boburning odamlari Andijonga tezroq jo‘nash va kuch yig‘ish tashvishi bilan nihoyatda band bo‘lganliklari uchun hozir Binoiyni qidirib yurish ularga juda malol keldi. Lekin Bobur: — Shu qiyomatlik qarzni uzmaguncha Samarqanddan qo‘zg‘almaymen! — deb turib oldi. Shundan keyin savdaru navkarlar shaharning har tarafiga ot choptirishib, nihoyat Binoiyni topdilar, unga bo‘lgan voqeani aytib, besh ming dinor pulini topshirdilar. Kishi moliga suq podshohlarni ko‘p ko‘rgan Binoiy o‘n olti yoshli Bobur mirzoning bunchalik halolligidan juda qattiq ta’sirlandi-yu, unga atab bir she’r yozdi. Bu she’rdan bir nusxasini xattotga ko‘chirtirib, Bobur jo‘nayotganda unga esdalik qilib berib yubordi. Qirq to‘rt yo‘llik bu she’rda u Boburni ko‘p maqtagan: «Shoh sultoni Zahiriddin Bobur, Ki jahon shud zi siti adlash pur!» — deb, go‘yo jahon Boburning adolat bobidagi shuhratidan nurga to‘lganini aytgan edi. Bobur, «Jahon, qayda-yu, mening shuhratim qayda!» deb, bu satrlardagi mubolag‘adan kulgan bo‘lsa ham, lekin zamonadan ko‘p jabr ko‘rgan Binoiy uchun shu kichik yaxshilik tufayli, ehtimol, butun jahon adolatga to‘lib ko‘ringandir, deb o‘yladi. Biroq keyinchalik Samarqandga Shayboniyxon xon bo‘ldi va shahar shoirlarini yig‘ib bir mushoira o‘tkazdi. Bu majlisida Binoiy ham qatnashib, she’r o‘qidi. Xon uning she’rini yoqtiradi-yu, Binoiyni o‘ziga mulozim qilib oladi va erishgan g‘alabalarining tarixini yozishni topshiradi. Binoiy «Shayboniynoma» degan asarini endi yoza boshlagan paytda Samarqand yana qaytadan Boburning qo‘liga o‘tadi. Shayboniyxon atrof tumanlar-dan ham quvilib, Buxoroga qarab chekingan kunlarda Binoiy uning qarorgohidan qochib, Samarqandga keladi. U Bobur bilan uchrashmoqchi bo‘ladi, lekin Qosimbek uni Shayboniyxon tarafdori deb, Boburning huzuriga kiritmay, Shahrisabzga jo‘natib yuboradi. Bobur bu hodisadan yaqinda xabar topib, Qosimbekka: — Chakki qilibsiz, — dedi. Mulla Binoiy — katta shoir. O‘zi kelgan bo‘lsa ruxsat bermoq kerak edi. Qosimbek vaj ko‘rsatdi: — Katta shoiringiz Shayboniyxonni maqtab she’r yozgan. Bobur kuldi: — Bizni maqtab she’r yozganini bilmasmisiz? Tojdorlar maqtovni suysalar, shoir ne qilsin! Qosimbek jiddiy turib e’tiroz qilmoqda edi: — Amirzodam, bu odam Shayboniyxonning xufiyasi bo‘lishi mumkin. Bobur o‘ylab turib: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling