Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
143 egarlaridan ag‘darib tashlab, otlarini o‘lja qilib olib qochishga tushdilar. Bir vaqt Shayboniyxon Boburning o‘n-o‘n beshta ichkilari bilan tepalikdan tushib, daryo tomonga qarab chekinayotganini ko‘rib qoldi. Bu bir hiyla emasmikin, deb tikilib qarasa, Bobur to‘lib-toshib oqayotgan daryoga ot solib kirdi. Qirg‘oqda qolgan uning bir necha yuz navkarlari Bobur ketidan intilgan yovning yo‘lini devorday to‘sib oldi. Bobur Samarqandga qarab qochayotganiga endi astoydil ishongan Shayboniyxon qo‘llarini osmonga cho‘zib, hayajon bilan: — Xudoyo o‘zingga shukr, o‘zingga shukr! — dedi. Ammo yovi yengilib qochayotgani endi unga ozlik qiladigan tuyuldi. Shu topda u o‘z g‘alabasining yana bir daraja baland bo‘lishini istardi. Shuning uchun ortda turgan chopar tomonga o‘girildi: — Tez borib shunqorlarimga ayt. Boburning boshini kesib kelgan odamga boshi barobarlik oltin beraman! Chopar endi otining jilovini bo‘shatib joyidan siltanib qo‘zg‘alganda Shayboniyxon: — To‘xta! — dedi. U mag‘lub bo‘lgan Boburni asir olib, tavbasiga tayantirsa, g‘alabasining shuhrati yana bir daraja oshishini sezdi: — Shunqorlarimga yana bir buy- rug‘imizni yetkiz! Boburni tirik tutib kelganga bo‘yi barobarlik oltin beraman! Yo tirik, yo o‘lik, albatta, olib kelinglar! Chopar tepalikdan ot choptirib tushib ketayotganda Shayboniyxon ko‘zlarining nam ekanini sezdi. G‘alaba zavqidan ko‘ziga yosh kelganini u endi payqadi-yu, kulimsirab, kafti bilan ko‘z yoshini sekin artib qo‘ydi. ___________________ * M a s o f u r u sh — ochiq joyda yuzma-yuz olishish. * S a r i p u l — hozirgi Kattaqo‘rg‘on shahri yaqinidagi bir qishloq. * T o‘ r a — qalqonning bir turi. Otliqlarning qalqonidan kattaroq bo‘ladi. 8 Saraton o‘tib, asad oyi kirdi. Samarqand atrofidagi bog‘larda mevali daraxtlarning shoxlari yetilgan hosildan egilib, yerga salom bera boshladi. Shahar ichida ham mevali daraxtlar, toklar juda ko‘p, ammo ular hammasi hozirdanoq ship-shiydam bo‘lib qolgan. Hali sarg‘aymagan ko‘m-ko‘k barglar orasida birorta olma, birorta shaftoli, biror shingil uzum qolmagan. Besh oydan beri qamal azobini tortayotgan shahar xalqi bor mevalarni pishar-pishmas yeb tugatgan. Qo‘rg‘onning hamma darvozalari yopiq, shahar atrofini Shayboniyxonning qo‘shini qurshab yotibdi. Ichkaridan ham hech kimni chiqarmaydi, tashqaridan yordam bermoqchi bo‘lganlarning ham yo‘lini to‘sadi. Ulug‘bek madrasasining baland tomi ustidagi tekis sahnga Boburning oq o‘tovi o‘rnatilgan, bu yerdan qo‘rg‘on devorlari, atrof mahallalar, shahar darvozalari yaxshi ko‘rinadi. Bobur goho och odamlarning tom bo‘g‘otlariga in qurgan musichalarni ovlab yurganini ko‘radi. Qanotli qushlar sillasi qurigan ochlarga tutqich bermaydi. Shahar ichida qushlar yeydigan don-dun, ovqat qoldiqlari ham topilmaydi. Shuning uchun bu yerdan qushlar ham o‘zini olib qochadi. Goho atrof ko‘chalarda biror kishi it yoki mushuk tutib olsa, ochlar shuni ham talashib, g‘ijillashib qolishadi. Madrasaning orqa tomonida podshohning katta otxonasi bor. Ilgari bu yerda saroyning yetmish-saksonta oti boqilar edi. Hozir shulardan to‘rttaginasi qolgan. Bir qismi Saripulda qo‘ldan ketdi. Ko‘pchiligi so‘yib yeyildi. Biroq shu to‘rtta otga ham yemish topilmaydi. Don yuzini ko‘rmaganlariga bir oydan oshdi. Pichanu bedalar allaqachon tugagan. Atrofdagi daraxtlarning barglarini ham yulib, qoqib, ot va tuyalarga yedirishgan. Hozir bargsiz daraxtlar yozda ham xuddi qishdagiday yalang‘ochlanib, ko‘zga juda xunuk ko‘rinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling