Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
151 Shayboniyxonni ortiqroq hurmat qilishini elchiga sezdirib qo‘ymoqda edi. Buni payqagan Bobur Jonibek Sultonga ataylab salom bermadi, unga xuddi devorga qaraganday beparvo bir nazar tashladi-da, tog‘asiga yuzlandi: — Xon hazratlari, men sizni yog‘iylaringizning makru hiylalaridan ogoh qilgali keldim! U Jonibek Sultonning chiqib ketishini kutib bir lahza sukut qildi. Oraga tushgan noqulaylikni tarqatish uchun Mahmudxon elchiga maxsus ehtirom bildirib, uni eshik og‘zigacha kuzatib qo‘ydi. So‘ng Boburni zarbof ko‘rpacha ustiga taklif qilib, o‘ng yoniga o‘tqazdi: — Xush kelibsiz, Mirzam! Ko‘p otashin bo‘lmang. Bu kunlar ham o‘tar. Siz hali yoshsiz, o‘n gulingizdan biri ham ochilgan emasdur. — Mening ko‘p gullarim ochilmay xazon bo‘ldi, hazratim. Mening bir qanotim Ahmad Tanbalning olovida kuydi-yu, ikkinchi qanotimni Shayboniyxon kuydirdi. Ilohim, endi siz shu mash’um olovlarning orasida qolmang! Mahmudxon bu gapni sal boshqacha tushundi: — To‘g‘ri, Tanbal bizga ham xiyonat qildi. Shuning uchun biz Tanbal elchisini emas, Shayboniyxon elchisini qabul qildik. — Ammo siz uchun Tanbaldan ko‘ra Shayboniyxon yuz chandon xatarliroq, hazratim! Chunki Tanbalga Far-g‘ona vodiysi yetib ortadir. Ammo Shayboniyxon butun Movarounnahrni egallamoqchi. Xuroson bilan Eronni ham olmoqchi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, uning unvo-ni: «Xalifai rahmon, Iskandari soniy!». Shayboniyxon Iskandar Zulqarnayndek barcha mamlakatlarni fath etmoqchi, yana bu bilan qanoatlanmay, butun musulmon olamining diniy rahbari — xalifai zamon bo‘lmoqchi! Shayboniyxonning niyati uning unvonidan ham ko‘rinib turishiga Mahmudxon ilgari uncha e’tibor bermagan edi. Hozir Boburning so‘zlari ta’sirida bir lahza o‘ylanib oldi, so‘ng boyagi xon elchisining so‘zlarini esladi: — Nazarimda, Shayboniyxon bizga qarshi yurish qilmoqchi emas. Elchisining aytishicha, ular Hisorni, so‘ng Xuroson bilan Eronni egallashmoqchi. — Xon hazratlari, bu hammasi sizni g‘aflatda qoldirish uchun keltirilgan yolg‘on dalillardir! Tarixni bir eslang: qaysi fotih avval Toshkent bilan Farg‘onani olmay turib, Xurosonu Eronga yurish qilgan? Chingizxonmi? Yo‘q! Amir Temurmi? Yo‘q! Axir butun Movarounnahrni, Samarqandu, Toshkentu, Farg‘onani egallamasdan, ularning kuchiga tayanmasdan turib, Xurosonu Eronga yurish qilish ahmoqlik bo‘lur-ku! Buni Shayboniyxon bilmagay deysizmi? Shayboniyxonning Toshkentga hujum qilish ehtimoli Mahmudxonni anchadan beri tahlikaga solib kelardi. Shuning uchun u Issiqko‘ldan narida hukmronlik qilib yurgan ukasi Olachaxonni o‘n besh ming qo‘shini bilan yordamga chaqirgan. Bu qo‘shin hozir yo‘lda, biror oy ichida Toshkentga yetib keladi. Shayboniyxonning odamlari bundan allaqachon xabar topgan bo‘lishlari kerakki, Toshkentga elchi yuborib, murosa yo‘lini izlab qolishdi. Mahmudxon Shayboniyxonning sarkardalik qobiliyatini yaxshi biladi va u bilan urushishni istamaydi. Jiyani Bobur esa urush bo‘lishini juda naqd qilib qo‘yyapti. Nega? Mahmudxon jiyanining niyatini aniqroq bilmoqchi bo‘ldi: — Xo‘sh, Mirzam, Shayboniyxonning urushishi aniq bo‘lsa, biz ne qilmog‘imiz kerak? — Shayboniyxonga qarshi turgan barcha kuchlar to‘planib ittifoq tuzmog‘imiz lozim! Mahmudxon qo‘ng‘ir ko‘zlarini Boburga sinovchan nazar bilan tikdi. — Siz bilan ittifoq tuzaylikmi, Mirzam? — Faqat biz emas, kichik xon dodam Olachaxon hazratlari borlar-ku. — Ha, Olachaxonning qo‘shini bilan mening qo‘shinim birlashsa o‘ttiz ming bo‘lur. Keyin biz sizning qo‘shiningiz bilan birlashurmiz — shunda qancha bo‘lg‘ay? Boburning ikki yuzu elliktagina odami qolgan edi. Buni yaxshi biladigan Mahmudxon |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling