"fizika darslarini tashkil etishning dolzarb masalalari"


Download 80.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana28.10.2023
Hajmi80.99 Kb.
#1729664
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
n5PqrUijS9yDaFlutU56lf85uKJpAM1TVpK36p9v



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari
moduli bo‘yicha 
 
 
 “FIZIKA DARSLARINI TASHKIL ETISHNING DOLZARB 
MASALALARI”
o‘quv kursining
“Fizikada masalalar turlari va ularni yechishning ayrim namunalari” 
mavzusidan ma’ruza matni 
 
 
 
 
Ma’ruzasi: Shukurova Zarifa Xaitmuratovna 
 
 
 
 
 
Toshkent 2021


5-Mavzu: Fizikada masalalar turlari va ularni yechishning ayrim 
namunalari. 
Reja: 
1. Masalalar ta’lim-tarbiya vositasi sifatida. 
2. Masalalar yechish qoidalari. 
3. Masalalar yechishning ayrim namunalari. 
“Agar tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, dunyodagi deyarli barcha 
kashfiyot va texnologiyalarni yaratishda fizika fani fundamental asos bo‘lganini 
ko‘ramiz. Haqiqatan ham, fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, 
mashinasozlik, elektrotexnika, IT, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi 
bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib bo‘lmaydi”. 
Sh. MIRZIYOYEV 
Masalalar o‘quvchilarga fizika mashg‘ulotlarida ta`lim va tarbiya berish 
vositasidir. Har bir fizika fani o‘qituvchisi fizik masalalar yechish metodikasini 
mukammal bilgandagina o‘z o‘quvchilarida fizika faniga bo‘lgan qiziqishni 
shakllantira oladi va ularga chuqur bilim bera oladi. 
Ma’lumki, fizika o‘qitishda nazariy va amaliy metodlar mavjud. Amaliy 
metodlar ichida fizikadan masalalar yechishning ahamiyati salmoqlidir. Masala 
yechish jarayonida o‘quvchilarga bilim berish bilan birga o‘quvchilar 
qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘quvchilarga tarbiya berish kabi muhim masalalar 
hal qilinadi. 
Fizikadan masalalar yechish jarayonida o‘quvchilarning mantiqiy 
fikrlashlari kengayadi, ijodiy qobiliyatlari rivojlanadi. Fizik hodisalarning tub 
mohiyatini kengroq tushunadilar, fizikadagi qonunlarning amalda qo‘llanilishini 
chuqurroq anglaydilar. Ko‘pgina fizik o‘lchov asboblarining vazifasi, tuzilishi
ishlash prinsiplari bilan tanishadilar, ular bilan ishlash ko‘nikma va malakalariga 
ega bo‘ladilar. Shuningdek, masalalar o‘quvchilarda mehnatsevarlik, jur’atlilik, 
iroda va xarakterni tarbiyalaydi. 
Ko‘pgina metodik adabiyotlarning tahliliga ko‘ra, mantiqiy xulosalar, 
matematik amallar va fizikadagi qonunlar hamda metodlarga asoslangan holda 
yoki eksperiment yordamida yechiladigan muammo, odatda fizik masala deyiladi. 
Fizik masalada qo‘yilgan muammoni hal etish, masala yechishdan iboratdir. 
Masalalarning klassifikatsiyasi 
Fizikadan masalalar to‘plamlarida berilgan hamma masalalarni turli 
asoslarga ko‘ra klassifikatsiyalanadi. Masalan, masalalarning murakkablik 
darajasiga ko‘ra, sodda masalalar, qiyinroq masalalar, masala shartida, darslikda va 
darsda ko‘rib chiqilgan masalalarda tavsiflanganiga nisbatan kamroq tanish 


bo‘lgan holat tavsiflangan masalalar, o‘quvchilar yangi bilimlar olish uchun 
foydalanish mumkin bo‘lgan masalalardir. 
Masalalar mazmuniga qarab, mexanikaga, molekulyar fizikaga, elektrga doir 
va hakozo bo‘lishi mumkin. Bunday bo‘linish shartli ekanini bilamiz, chunki 
ko‘pincha bitta masalaning shartida fizikaning bir nechta bo‘limlaridagi 
ma’lumotlardan foydalaniladi. Shuningdek, politexnik mazmunga ega bo‘lgan, 
ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan, tarixiy xarakterdagi ma’lumotlarni 
o‘z ichiga olgan masalalarga klassifikatsiyalanadi. 
Yechish usullariga ko‘ra masalalar: sifat, eksperimental, grafik va ijodiy 
masalalarga bo‘linadi. Bunday bo‘linish ham shartlidir, chunki eksperimental 
masalalarni yechishda ham og‘zaki mulohazalardan ham, grafikdan ham, hisoblash 
ishlaridan ham foydalanamiz. Biroq bu masalalarning har biri mazmun va 
murakkablik jihatidan xilma-xildir. Bu masalalarning yechimlari aniq bir 
maqsadga qaratilgan bo‘lib, yechilish usullariga ega. Bu masalalarning har bir 
turlari uchun alohida adabiyotlar mavjud. Shunday bo‘lsada, bu masalalar ustida 
qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 

Download 80.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling