Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
142 ajralib qolishi mumkin edi. Yov ularni ikkiga bo‘lib tashlashi, so‘ng orqadan hujum qilib to‘lg‘ama ishlatmoqchi bo‘lganlarning o‘zlarini to‘lg‘ab, qurshab olishi mumkin edi. Hozir Shayboniyxon qo‘shinining chap qanoti xuddi mana shu ahvolga tusha boshladi. Ammo ana shu yerda eng yugurik otlarning tanlangani ish berdi. Boburning otliqlari oldindan qirqib chiqishga ulgurmadilar. Mahmud Sulton boshliq uch-to‘rt yuz chavandoz yov qo‘shinining orqasiga o‘tib olishga muvaffaq bo‘ldi. O‘ng qanotdan Hamza Sultonning ikki yuz otlig‘i ham chopqir otlarda yovni aylanib o‘tib kelib, Mahmud Sultonning yigitlariga qo‘shildi. Bobur qo‘shini kutilmaganda ham ikki yondan, ham orqadan zarba yeb, esankirab qoldi. Jon achchig‘ida baqirayotgan, qilich va o‘q zarbidan yiqilayotgan, oyoq ostida majaqlanib chinqirgan vahimali ovozlar, tig‘, nayza zarbalari, «Urho, ur!» degan nidolar otlarni ham quturtirib yuborgan edi. Bobur qo‘shinining dastlabki yasog‘i buzilib ketdi, ikki tomonning otliqlari aralash-quralash bo‘lib, piyodalarning ustiga otda bostirib keldi. Piyodalarni endi o‘z qo‘shinining otliqlari ham bosib-yanchib keta boshladi. Ochiq qolgan markazdan Bobur askarlarining bir qismi alanga tiliday otilib chiqdi-yu, Shayboniyxon turgan tepalikka hamla qilib kela boshladi. O‘ng qanotdagi Temur Sulton bilan Jonibek Sultonning yigitlari hali ham qurshovdan chiqolmas edi. Shayboniyxon tomonga bostirib kelayotgan ikki yuzdan ko‘proq otliqning raftori juda vahimali edi. Ko‘pakbiyning uch-to‘rt yuz yigiti qirg‘in bo‘layotgan joydan chiqib, yov otliqlarining keti- dan tushdi. Ammo oradagi masofa ancha uzoq, Ko‘pakbiy yetib kelguncha berigilar Shayboniyxonni butun ichkilari bilan yanchib o‘tishi mumkin edi. Buni sezgan xonning ichkilari sarosimaga tushib qolishdi. Yuvoshgina ot minib chiqqan mulla Abdurahim: — Hazrati imomi zamon, vaqt o‘tdi, bexatar joyga chekinaylik! — dedi. Shayboniyxonning rangida qon qolmagan. U ham bexatar joyga ketishni istardi. Ammo bu tepalikda u tug‘lar bilan turibdi. Agar pastga tushib ketsa-yu, askarlari o‘girilib qarab, uni va tug‘larni ko‘rmasa, «Yengilibmiz!» — deb o‘ylashadi. Xonning chekinishi— yengilish alomati bo‘ladi. Shuning uchun Shayboniyxon titrab-qaqshab: — O‘lim bor, chekinish yo‘q! — deb qichqirdi. So‘ng u yuz qadamcha narida turgan xos navkarlariga buyurdi: — Chiq hammang! Ana u kelayotgan otliqlarning yo‘lini to‘s! Bu xos navkarlar xonning eng so‘nggi tayanchi hisoblanar, ular odatda yengilib qochish kerak bo‘lganda xonni qo‘riqlab olib ketish uchun saqlanar edi. Xon buyruq bergandan keyin yopirilib kelayotgan narigi yovning qarshisidan chiqib, yoylardan o‘q ota-ota ularga yaqinlashdilar. Xos navkarlar narigilarga qaraganda ikki barobar oz bo‘lsalar ham dadil savasha boshladilar. Naryoqdan Ko‘pakbiy ham uch-to‘rt yuz otlig‘i bilan yetib keldi. Endi yov ilg‘orlari qurshovda qoldi. Bir vaqt shu qurshovni o‘ntacha otliq yorib chiqdi. Xuddi ko‘pkari paytida uloq talashib to‘satdan tomoshabin ustiga bostirib kelib qoladigan uloqchilarga o‘xshab, Shayboniyxon turgan tepalikka chiqib bordi. Mulozimlardan bir nechasi «gur» etib orqaga qochdi. Ammo Shayboniyxon o‘z navkarlarining qo‘li baland kelayotganini ko‘rib turar edi. Kamonga o‘q o‘rnatib, tepani qiyalab qochib o‘tayotgan yov otliqlariga qarab otdi. O‘q hech kimga tegmagan bo‘lsa ham xon shaxsan o‘zi jangga qo‘l urganini ko‘rgan navkarlar avvalgidan ham qattiqroq qichqirishib, yov ilg‘orini bitta qo‘ymay qirib tashladilar. Naryoqda yov qo‘shinini o‘rab, chulg‘ab, to‘lg‘ama usulini xon aytganday amalga oshirayotgan sultonlar mingga yaqin yigitlari bilan Bobur turgan tepalikka yetib bordilar. Piyodalar Boburga ish bermay qo‘ydi. Yaqinda Toshkentdan kelib qo‘shilgan mo‘g‘ul otliqlari Bobur-ning jangni boy berayotganini sezishdi-yu, o‘ljasiz ketmaslik uchun egasiz qolgan otlarni jilovidan tutib, yetaklab, jang maydonidan chiqib keta boshladilar. Ba’zi mo‘g‘ullar esa o‘zlari bilan bir safda jang qilayotgan andijonlik va samarqandlik yigitlarni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling