Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
146 Davlat begim gap boshladi: — Shayboniyxon sulh taklif qilib odam yubormish! Sulh so‘zi Boburning qulog‘iga najot ohangiday eshitildi. Ammo najotni hech qachon Shayboniyxondan kutmaganligi uchun quloqlariga ishonmay, ko‘zlarini buvisi bilan onasi-ga tikdi. Qutlug‘ Nigor xonim negadir qattiq iztirobga tushgan. Eson Davlat begimning qo‘lida zarhal hoshiyali qog‘oz. Kampir allanarsadan xijolat chekkanday bo‘lib: — Xonning nomasi, — dedi-da, qo‘lidagi qog‘ozga istar-istamas qarab qo‘ydi. Xonning nomasi nega eng avval buvisining qo‘liga kelib tushganidan Boburning taajjubi oshdi: — Nomani kim keltirdi? — Nufuzli bir darvish. Naqshbandiylardan. Rahmatlik Xo‘ja Yahyoga qo‘l bergan mo‘ysafid ekan. Bobur onasiga qaradi: — Sizga keltirib berdimi? — Yo‘q, — deb Qutlug‘ Nigor xonim ma’yus bosh chayqadi. Eson Davlat begim nomani Boburga uzatar ekan, uyalinqirab qo‘shib qo‘ydi: — Aslida bu noma Xonzoda begimning nomlariga kelmishdir. — Ajabo! — deb Bobur xatni jirkanibroq qo‘liga oldi. — Amirzodam, — dedi buvisi, — sizga aytishga ham uyalurmen... Shayboniyxon Xonzoda begimning ta’riflarini eshitib g‘oyibona dard chekarmish. Nomasida bir pora she’r ham bor. Bobur Shayboniyxonning bu yil ellik yoshga kirganini, o‘g‘illarini allaqachon uylantirib, nevaralik ham bo‘lganini bilar edi. Zaharxanda bilan nomani ochar ekan, eng avval she’riy satrlarga ko‘zi tushdi: «Sifatingni eshitib zor o‘ldim, Ishqing ilkiga giriftor o‘ldim». Boburning g‘ashi kelib, nomani gilam ustiga otdi: — Bu xon bultur Sulton Ali mirzoning onasi Zuhra begimga g‘oyibona oshiq bo‘lib noma yuborganini nechun unutdilaringiz? Nahotki, ishonib bo‘lsa?! Qutlug‘ Nigor xonim uh tortdi. Eson Davlat begim esa iloji boricha sovuqqonlik bilan gapira boshladi: — Amirzodam, boshqa vaqt bo‘lsa dushmaningizning bu nomasini o‘qishga ham hazar qilur edik. Lekin hozir jonimiz qil ustida. Men-ku, yoshimni yashab, oshimni oshaganmen, besh kun oldinmi, keyinmi, bari bir keturmen. Lekin siz farzandimning yolg‘iz o‘g‘li, ko‘zimizning oqu qorasi... — Men ham taqdirimda borini ko‘rurmen. Nasib qilsa yov halqasini yorib chiqurmiz! Boburning qaltis qarorini Qutlug‘ Nigor xonim Qosimbekdan eshitgan ekan shekilli, tahlika to‘la tovush bilan gapirdi: — Taqdir deb o‘zingizni o‘tga tashlamang, amirzodam! Bizni ham o‘ylang! Siz yov tig‘iga o‘zingizni ursangiz, biz ne qilurmiz? Umr yo‘ldoshingiz Oyisha begim ne qilur? Bobur bunday xatarli jangga ayollarni olib chiqib bo‘lmasligini endi o‘yladi-yu, onasining so‘zlariga javob topolmay qoldi. Bir lahzalik sukutdan so‘ng Eson Davlat begim gilam ustida yotgan nomaga ishora qilib, istehzoli kulimsiradi: — Buning kelganiga ikki kun bo‘ldi. Meni bilursiz, amirzodam. Ko‘p balolarni ko‘rib pishgan tadbirkor kampirmen. Noma keltirgan darvishni gapga soldim. Shubhalarimizni aytdim. Darvish qasam ichdi. «Xon astoydil sulh tuzmoqchi», deb bir talay dalil keltirdi. Bari-bir ishonmadim. «Bo‘lmasa vakil yuboring, xon o‘z niyatini qo‘lida qur’on bilan tasdiqlasin!» — dedi. Biz buni sizga aytishdan oldin o‘zimiz taftish qilmoqchi bo‘ldik. Rahmatlik Xo‘ja Yahyoga qo‘l bergan halolu pokiza bir mo‘ysafid bor edi. O‘shani darvish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling