Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
134 Yaxshi bir me’mor — hunarsiz asilzodaning yuztasidan afzal emasmi? — Begim, siz Tanbalning yog‘iyligi uchun xijolat chekmang. Ilon baribir ilonligini qilur edi. — Minnatdormen, amirzodam. — Hazrati Alisherbek ham bizdan ulug‘ ishlar kutib kitobat yubormishlar. Nasib qilsa, biz ham umrboqiy obidalar qururmiz, hunarpeshalar yana yig‘ilib kelurlar. Men bu muborak kitobatning javobini maxsus elchidan berib yuborurmen. Agar Hirotga borgan o‘sha andijonlik me’mor — mavlono Fazliddin bo‘lsalar, elchi topib, Samarqandga taklif qilur. Xonzoda begimning hali yoshi qurimagan ko‘zlarida endi shodlik uchqunladi. U inisiga zavq bilan tikilib shivirladi: — Siz Movarounnahr osmonida bizning yagona umid yulduzimizsiz! — Endi parvardigor Shayboniyxonni tezroq daf qilsinu yurt tinchisin, deng. O‘shanda nafasni rostlab, O‘shda qilgan orzularimizning ijrosiga kirishurmiz. Mavlono Fazliddin Andijonda qurmoqchi bo‘lgan me’morlik obidalarining tarhlarini, loyihalarini Xonzoda begim onasidan olib, hamon asrab yurar edi. Hozir buni Boburga aytishdan iymandi-yu: — Amirzodam, men endi kechayu kunduz xudoga iltijo qilurmen — dedi, — ilohim shu orzularimiz ro‘yobga chiqsin! Xonzoda begim ruhi ko‘tarilib chiqib ketganidan keyin Bobur sandiqchadan she’r daftarini oldi-yu, kechagi mashqini davom ettirmoqchi bo‘ldi. Daftardagi bir matla’ uning hozirgi ruhiga mosroq edi: «Har kimki vafo qilsa vafo topqusidir, Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidir...» Alisher Navoiyga shu she’rni bitirib yuborsa yaxshiroq bo‘larmidi? U yana bir satr yozdi, o‘ziga yoqmagandan keyin o‘chirib, yana yozdi, yana o‘chirdi, nihoyat uchinchi urinishda: «Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonliq hargiz» degan satrni topdi-yu, uni ich-ichidan yoqtirib, ilhom hayajonidan nafasida titroq paydo bo‘ldi. Nazarida, Navoiy uning yelkasi osha bu yangi satrni o‘qiyotgandek edi. U odamlarga Navoiydek ko‘p yaxshilik qilgan siymoning hech qachon yomonlik ko‘rmasligini istar, endi shu istagini she’riga ham singdirmoqchi bo‘lardi. Bobur to‘rtinchi satrni boshlaganda savdarboshi eshikdan bosh egib, qo‘rqa-pisa: — Mirzo hazratlari, — dedi. — Meni tinch qo‘ying demabmidim? — Qulingizni afv eting... — Yana ne tashvish? — Amirzodam buyurgan edilar. Agar mulla Binoiyni keltirsalar, darhol xabar bering, degan edingiz. — Shoir Binoiy Shahrisabzdan kelibdirmi? — Qosimbek janoblari keltirmishlar. Bobur bu xabarni eshitdi-yu, yozishdan to‘xtab, qalamni miz chetiga qo‘ydi. Pastdagi qabulxonaga tushib borayotganda Binoiyning taqdiriga oid murakkab voqealar xayolidan takror o‘ta boshladi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling