Kurs ishi bajardi: Ibrohimov Sh. Qabul qildi: Botirov E. Toshkent-2023 mundarija kirish I bob. O’rta osiyo me’moriy obidalarining turlari va ahamiyati
Download 174.24 Kb.
|
Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHI
- II BOB.MEMORIY OBIDALARNING TADQIQOTLARDA YORITILISHI…………………………………………………………………...24
- XULOSA…………………………………………………………………………43 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..44 Kirish Mavzuning dolzarbligi
- Mavzuning o’rganilganlik darajasi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUSTA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI Mavzu: Mustaqillik yillari tadqiqotlarida O’rta Osiyo me’moriy obidalari tarixi KURS ISHI Bajardi: Ibrohimov Sh. Qabul qildi:Botirov E. Toshkent-2023 MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………………. 3 I BOB.O’RTA OSIYO ME’MORIY OBIDALARINING TURLARI VA AHAMIYATI……………………………………………...………………………5 1.1.Ta’limiy va diniy muassasalarning o’rganilishi……………..............................5 1.2.Davolash va shifo maskanlarining yoritilishi…………………………………16 II BOB.MEMORIY OBIDALARNING TADQIQOTLARDA YORITILISHI…………………………………………………………………...24 2.1.Yurtimizning mashxur obidalari bo’yicha tadqiqotlar Samarqand va Buxoro misolida……………………………………………………………………..…….24 2.2.Xiva hududidagi me’moriy obidalar ilmiy tadqiqotlar mavzusi sifatida…….34 XULOSA…………………………………………………………………………43 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..44 Kirish Mavzuning dolzarbligi: O’zbekistonning Mustaqillik davri taraqqiyoti ijtimiy-siyosiy hayotimizning barcha sohalarida bo’lgani kabi ilm-fan sohasida ham tarixiy o’zgarishlarni yuzaga chiqardi. Qadimiy merosimiz ildizlarini ko’rsatish, o’tmishdagi boy an’analarni milliy qadriyat va manaviy boyliklarimizni yangi jamiyat qurilishiga tadbiq etish bugungi hayotimizning bosh vazifalaridan biriga aylandi. Mavzuning o’rganilganlik darajasi: Mustaqillik yillarida O’zbekistonning ottmishdagi ba’zi bir binolari va inshootlari tarixini o’rganishga doir ilmiy ishlar, kitoblar, risola va maqolalar nashr etildi. Jumladan, Xoji Ismatulloh Abdulloh o'zining “Markaziy Osiyoda Islom madaniyati” (Toshkent, 2005) nomli kitobida Markaziy Osiyoda bunyod etilgan islom obidalari haqida qisqacha ma'lumotnoma berib o’tgan. P.Sh.Zohidovning “Me’morlar san’ati” (Toshkent, 2004) kitobida ham O’rta Osiyoning o’tmishdagi me’moriy obidalari haqida ma’lumotlar mavjud. B.Valixo’jaev respublikamizdagi mavjud oliy ta’lim tizimining tarixi ancha qadim zamonlarga borib taqalishini o’zining “Samarqandda oliy talim-madrasayi oliya-universitet tarixidan lavhalar” (Samarqand, 2003) monografiyasida ilk bor asoslab bergan. K.Kattaevning Samarqand madrasalari va Shohizinda maqbaralari majmuasi xususidagi izlanishlari ham katta ahamiyatga molikdir. Sh.G’affarov esa Chor Rossiyasi istibdodi davrida Turkistondagi ta’limtarbiya tizimi tarixini (Samarqand, 2001) Yoritib bergan, M.Mamadazimovnmg Ulug'bek va uning rasadxonasi liqidagi risolasida (Toshkent, 1994) alloma yaratgan nodir ilmiy rraskanga tavsif berilgan. A.O'ralqv va M.Xojixonovning “Temuriylar ma'naviyati va madaniyat” (Samarqand, 1996) kitobida Temuriylar va Boburiylar davrida bunyod etilgan me’moriy obidalar, jamoat binolari va inshootlari haqida fikr yuritilgan. Mazkur 4 qo’llanma mualliflari O’rta Osiyoning o’tmishdagi ta’lim-tarbiya va ilm-fan maskanlari haqidagi kitobini 2005 yilda chop ettirgan. Markaziy, Osiyoning o'rta asrlardagi davolash va shifobaxsh muassasalari me'morchiligi tarixiga A.O’O’ralovning 2003-yilda rus tilida nashr etgan monografiyasi to’liq bag'ishlangan. Ko'rib turibmizki, yuqorida nomlari tilga olingan mualliflarning asarlarida O’rta Osiyo yoki O'zbekistondagi o’mishda bunyod etilgan bino va inshootlar, me’moriy obidalarnmg ayrim turlari yoki alohida guruhlari tahiil qilingan xolos. O’zbekistorining o’tmishdagi jamoat binolari va inshootlarining barcha turlarini o’ziga qamrab Bo’lgan, ularning shakllanish va rivojlanish jarayonini aks ettirishga bag’ishlangan kitob yoki o’quv adabiyoti hozirgacha yaratilmagan. Download 174.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling