Kurs ishi bajardi: Ibrohimov Sh. Qabul qildi: Botirov E. Toshkent-2023 mundarija kirish I bob. O’rta osiyo me’moriy obidalarining turlari va ahamiyati


Davolash va shifo maskanlarining tadqiqotlarda yoritilishi


Download 174.24 Kb.
bet6/12
Sana03.04.2023
Hajmi174.24 Kb.
#1322648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi

2.Davolash va shifo maskanlarining tadqiqotlarda yoritilishi
Tarixiy obidalar va madaniy merosimiz haqida ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar o’tkazib, ko’plab kitoblar yozilgan bo’lsada, jamoat binolari tarixining hali fanga noma’lum va atroflicha o’rganilmagan sohalari ham behisob. Shuni hisobga olib, 2000 yildan boshlab, O’zbekiston Respublukasi Fanlar Akademiyasining Tarix, Arxeologiya va O’zbekiston Respublukasi badiiy Akademiyasining San’atshunoslik institute va olimlar bilan birgalikda “O’zbek davlatchiligi tarixi” deb atalgan; so’nggi bronza davridan hozirgi zamongacha bo’lgan 3 ming yillik ulkan tarixiy davrni qamrab olunchi fundamental ilmiy adqiqotni yaratishga kirishildi. Ayniqsa, taniqli olim T.Shirinov O’zbekistonda ilk davlatlar “voha davlatchiligi”, “shahar-davlatlar” Mesopatamiya, Misr, Xitoy, Mezoamerikadagi “Noma” davlatchiligi kabi bo’lgan degan go’yani ilgari surdi16.
Haqiqatdan, ham tarixiy tahlil shuni ko’rsatadiki, davlatchilik jamiyat da o’z ichli qoniniyatlari asosida paydo bo’ladi, rivojlanadi. Ya’ni davlat tizilmasi tashqaridan tahhor holda ko’chirilmaydi, ma’lum jamiyat bag’rida tig’iladi. O’zbek davlatchiligi taraqqiyoti ham bundan mustasno emas. Ana shunday jumboq sahifalardan biri davolash va shifobaxsh muassasalarning shakllanishi shaharlarda joylashishi, o’tmishda xalq orasida tutgan o’rni va roli, ularning me’morchilik va qurilish tarixidir. Jamoat binolarining bu xildagi namunalari qatoriga shifoxonalar, dorixonalar, hammomlar, garmobalar, shifobaxsh chashmalar hamda qator balnedavo muassasalari (bularga mineral suvlar, qum va balchiqlar yositasida davolaydigan muassasalar, obzanxonalar ham) kirgan. Ma’lumki, o'tmishda (VIII asriardan bosblab) Sharq mamkatlarida, shuningdek, Xitoy, Hindiston, Misr, Iroq, Eron, Turkiya, O'rta Osiyo va Kavkaz ortida tabobat ilmi ancha yaxshi rivojlanga va shu boisdan ham davolash niuassasalari xalq orasida e’tibor qozongan. Masalan, hozirgi O'zbekiston hududida X asrda tibbiy ilmlar ancha riivojlanib, XI asrda va keyinchalik Buxoro, Samarqand, Ko'hna Urganch, Toshkent kabi yirik sharlar o'z shifoxonalariga ega bo'lgan. Sharq mamlakatlari xalqlari esa tabobatga oid turli xil tibbiy muassasalar va shiioxorialardan juda qadim zamonlardan boshlab foydalanib kelganlar. Tarixchi I.To'xlievning yozishicha, Sharqiy Turkiston va O'rta Osiyo xalqlarida islom dinigacha (VII - VIII asrlarga qadar) keng tarqalgan budda ibodatxonalarida ilohiy bilimlar bilan birga gramatika, musiqa, yer, shamollar va yulduzlar harakatiga oid bilimlar ham o’qitilgan. Shunisi qiziqki, buddizm keng tarqalgan davrlarda Sharqiy Turkistonda katta yoshdagi erkaklarnung uchdan bir qismi savodxon bo'lgan. Sharqda qo’llanayotgan tibbiy yordam va xizmat turlari hali o'rta asr Evropasuga ma'lum emas edi. VIII asrdayoq Suriya va Misrda yirik shifoxonalar - bemoristonlar tashkil qilinib, ularda yotib davolanish imkoni bo'lgan. Shifoxonalar qurilishiga hokimlar, mansabdorlar, tibbiyot arboblari bocshu qosh bo'iganlar. Sharqning buyuk siymolari ulug' tabiblar Abu Vakg-Roziy va Abu Ali ibn Sinolar ham o'z davrida Jamoa binoalari qurilishishiga jiddiy yondoshganlar. Ar-Roziy Bag’dodda, Ibn Sino esa Hamadonda, shifoxotialar qurdirgan. Mazlum xalqqa atab "Dorush-shifo'lar qurish, tibbiyot sohiblarini tayyorlash, tabobat xizmatini to'g'ri yo'lga qo'yish xayrli xizmatlar qatorlga kirib, el-yurt va hokimlar tomonidan qo'llabquvvatlangan. “Islom sultonlari va ulug' hokimlar el sog'ligini yaxshilash uchun davlat homiyligi ostida dori-darmonlar va kimyoviyl malham moddalar yig'dilar. Bu ishga bilimdon tabiblami jalb etib qulay va yorug' shifoxonalar qurdilar'” - deb yozgan edi XIII asrning iste’dodli arboblaridan biri Rashididdin. Eronriing taniqli ilmiy markazlaridan bo'lmish Ray, Isfaxon, Hamadon, Movarounnahrning Samarqand, Qo'qon va Urganch shaharlarida X- XI asriarda yirik shifoxonalar bo'lib, ularda xalq e’iborini qozongan tabiblar faoliyat ko'rsatganlar. Bag'dod shahri o'rta asriarda Sharq tabobat ilmining yirik markazlaridan biri bo'lgan. Bu yerda X asrda beshta shifoxona qurilishi tashkil etilgan bo'lib, ularni o'z davrining mashhur tabibi Sinan Ibn Sabot boshqargan. Shifoxonalarning ikkitasi Dajla daryosi bo'yiga, manzarali ya xushhavo joylarga qurilgan. Mazkur davolash muassasalarida bosh tabib va tabiblardan tashqari sanitarlar, xizmatchilar, qoroyullar, xo'jalik ishlarini boshqaruvchilar, osoyishtalik va tartib saqlovchilar singari shtatlar, ham belgilangan. Bag’dod shifoxqnalarini tashkil etganlar orasida shahar hokimi Adud ad-Daula ham bo'lgan. U o'zi qurdirgan shifoxonaga 24 ta yetuk tabibni yig'ib, ularga homiylik qilgan va o'z davrining mashur tabibi Abul Hasan ibn Gilmizni kasalxonaga bosh tabib etib tayinlagan. Tabiblar, odatda, bir necha tillarni bilganlar. Bu ularga bemorlar bilan suhbatlashishda, tibbiyotdan lalabalarga dars berinshda qo'l kelgan. Bag’dod kasalxonalarida ko'z kasalliklarini davolash yaxshi yo'lga qo'yilgan. U yerda telbalar uchun ham maxsus shifoxona tashkil etilib, u shahardan bir oz chetroqda jovlashtirilgan. Poytaxt Bag’doddan uzoqda joylashgan Shiroz, Isfaxon, Vosit kabi shaharlar ham o’z shifoxonalariga ega bo'lgan. U yerlarda tabiblik mahoratiga ega bo’lganligi haqidagi shahodatnomasi bor mutaxassislar ishlaganlar. Qadimgi arboblaming shifoxonalar oldiga mashshoqlarni tezib kelib turish odati bo'lgan, chunki musiqa dardning oldini ga va charchoqni yo'qotishga yordam bergan. Jamoat shifoxonalarini islom mamlakatlarida qurish butun asrlar davrida davom etib kelgan. Masalan, XIII asr o’rtalarida Xaleb shahrida (Suriya) jamoat kasalxbnasi mavjud bo’lib, XV asrda yana yangisi Arg’un al-Komiliy shifoxonasi qurilgan. Mazkur kasalxona bir necha hovlilan biriktiiruvchi katta bir bino (kompleks) ko'rinishida bo'lib, alohida hovlilar atrofida yotib va qatnab davolanuvchi bemorlar uchun maxsus xonalar, oshxonalar va boshqa yordamchi xonalar joylashgan Kasalxona binosi ziynatli, muqarnas, tupbarggul tarzidagi bezaklar, marmar va fayansdan ishlangan sadaf naqshlar bilan bezftilgan. Islom mamlakatlaridagi shifoxonalar va tibbiy xizmat turlari Movaraunnahr va Xuroson shaharlariga ham xos bo'lgan. Hozirgi O'rta Osiyo respublikalari hududida - o'z davrining' ulug' allomalari (Beruniy, Amir Temur, Husayn Boyqaro, Alisher 37 Navoiy, Ibn Sino) va qator hokimlar xalq orasida sog'liqni saqlash ishlari bilan shug'ullanib shifoxonalar qurdirganSamarqand shifoxonasi qoshida yuqoridagi vaqfda ko’rsatilishicha, qatnab, davolanuvclu kasallar uchun kichik shifoxona (“nimak bemoriston”), ya'ni darmonxona ham tashkil qilingan17.
Shifoxona nizomida bu yerda nafaqat kasallar, balki nogironlar, majruhlar, qarovsiz qolgan qariyalar ham manzil topganlar, deb aytilgan. Samarqand shifoxonasining qancha vaqt faoliyat ko'rsatganligi noma’lum, ammo u XIII asrga Chingizxon bosqini davrida yakson qilingan ko'rinadi. Hozirgi davrda bu binodan, afsuski, nishona ham qolgan emas.Samarqand shifoxonasi kabi davolash muassasasi Xorazmnung qadimgi joylahsgan hududidan ham topilgan18.

Download 174.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling